Sayohatnoma (Evliya Chelebi)
| |
Muallif | Evliya Chelebi |
---|---|
Mamlakat | Usmoniylar imperiyasi |
Til | Usmoniy turk tili |
Janr | Sayohatnoma turidagi asar |
Yozilgan yili | XVII asr |
Kitoblar soni | 10 jild (Kitoblar_soni) |
Sayohatnoma (سياحت نامه) yoki Evliya Chelebi sayohatnomasi (اوليا چلبى سياحتنامه سى) —turk sayohatchi yozuvchisi Evliya Chelebi tomonidan XVII asrda yozilgan sayohat kitobi. Mazkur asar 10 jilddan iborat. Asar ilk bor 1848-yilda „Muntehabat -i Evliya Chelebi“ nomi bilan Qohiraning Buloq nashriyotida chop etilgan. „Ikdam“ gazetasi egasi Ahmed Jevdat Bey va Nejib Asim Bey 1896-yilda Istanbulda asarning Petrov Pasha kutubxonasidagi nusxasi asosida nashr qildirishni boshladilar. Shu tarzda 1902-yilgacha asarning faqatgina ilk olti jildi nashr etilgan. 1928-yilda Turk tarix anjumani tomonidan asarning yettinchi va sakkizinchi jildlari chop etilgan. Qolgan ikki jildi esa Turkiya Respublikasi Maorif Vazirligi tomonidan 1935-1938 yillar davomida yangi alifboda nashr etilgan. „Sayohatnoma“ 1814-yilda Hammer tomonidan topiladi. Bundan soʻng koʻplab chet ellik olimlar Chelebi haqida tadqiqotlar olib bordi. Asarni bir necha tillarga tarjima qilib nashr ettirdi. 1996-yilda Oʻrxan Shaik Goʻkyay asarning birinchi jildini Lotin alifbosiga oʻgiradi. Keyin esa asar koʻplab insonlar tomonidan oʻrganila boshladi[1].
Asar 2013-yil iyun oyida YuNESKOning Jahon xotirasi roʻyxatiga kiritiladi[2]. Evliya Chelebi tarixni oʻrganishda juda katta ahamiyatga ega maʼlumotlarga boy asar yozib qoldirgan[3][4].
Sujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mazkur asarda muallif shaxsan guvoh boʻlgan va koʻrgan voqealar oddiy va sodda tilda bayon qilgan. Oddiy xalq oson tushuna oladigan shaklda yozilgan. Shuningdek muallif xalq tushunadigan iboralardan keng foydalangan.
Evliya Chelebi oʻzi sayohat qilgan joylarni oʻziga xos uslub bilan tasvirlagan, XVII asrning oz sonli yozuvchilaridan biri hisoblanadi. Yozuvchining mazkur oʻn jilddan iborat „Sayohatnoma“ asari, uning barcha sayohat qilgan va koʻrgan joylari haqida juda muhim maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Asar turk madaniyati tarixi va sayohat adabiyotida juda muhim oʻringa ega. Unda XVII asr Usmoniylar geografiyasi, oʻsha davrda gaplashilgan turk tili va shevalari, ularning xususiyatlari, borgan joylarining umumiy holati, geografiyasi, tarixi, xalqning fazilatlari, tili, dini, kiyinish uslubi, sanʼati, kundalik hayot tarzi, solishtirma geografiyasi, sanʼati tarixi va etnografiyasi haqida qimmatli maʼlumotlarga ega. Usmoniylar jamiyatidagi musulmon va musulmon boʻlmagan aholi oʻrtasidagi munosabatlar, musulmon boʻlmagan aholining kundalik hayot tarzi, iqtisodiy va madaniy ahvoli, ibodat qilish joylari, iymoni va eʼtiqodi, turli madaniyatlarga xos hikoyalar, qoʻshiqlar, xalq sheʼrlar, aytishuvlar, masallar, xalq oʻyinlar, turli shevalardagi farqlar, ularning kiyinish tarzi, toʻy va turli marosimlari, iymon va eʼtiqodlari, qoʻshnichilik aloqalari, ijtimoiy munosabatlari, sanʼati va hunarmandchiligi haqida maʼlumotlar keltirilgan. Muallif sayohat qilgan mintaqalarining uylari, masjidlari, karvonsaroylari, mehmonxonalari, hammom, suv inshootlari, cherkov, monastir, qal’a kabi farqli inshootlarning xususiyatlari: ularning qurulish yillari, qurilish tarzi, ularni qurgan va qurdirgan insonlar, qayta taʼmirlagan insonlar haqida maʼlumotlar bayon qilingan. Shuningdek borgan joylari pazandachiligi va ular bilan bogʻliq boy maʼlumotlar, borgan joylarining boshqaruv tizimi, oddiy va boy oilalari, ziyolilari, shoirlari, sanʼatkorlari, turli soha vakillari haqida batafsil maʼlumot berilgan. XVII asrda Usmoniylar foydalangan transport vositalari ham tilga olingan. Usmoniylar oshxonasi boʻyicha tadqiqotlat olib borgan Marianna Yerasimos, „Sayohatnoma“da 44 turdagi palov, 40 turdagi shoʻrva, 23 turdagi ziravor, 90 turdagi baliq, 80 turdagi uzum, 27 turdagi nok, 50 ga yaqin non turlari tilga olinganligini aniqlagan[1].
Asar jildlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asarning jildlari quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan:
- Birinchi jildida: Istanbul va uning atrofi haqida maʼlumotlar;
- Ikkinchi jildida: Bursa va uning atrofi; yozuvchining 1640-yil aprelida Amasya, Ünye, Batumi, Trabzon, Samsun, Kavkaz, Krit ;1645-yilda Erzurum, Ozarbayjon va Gruziya ga qilgan safarlari haqida maʼlumotlar;
- Uchinchi jildida: Damashq — Suriya, Falastin — Urmiya, Sivas, Al-Jazira, Armaniston, Rumeliya, (Bolgariya va Dobruja) haqida maʼlumotlar;
- Toʻrtinchi jildida: Van, Tabriz, Bagʻdod, Basra Mardin safarlari haqida maʼlumotlar;
- Beshinchi jildida: Van va Basra sayohatining oxiri, Ochakov sayohati, Rakochi va Rossiya safarlari, Anadolu isyonchilariga qarshi harakat, Chanoqqal’a orqali Bursaga qaytish, Moldaviyaga borish, Transilvaniyaga sayohat, Bosniyaga borish, Dalmatiya ekspeditsiyasi, Sofiyaga qaytish haqida maʼlumotlar;
- Oltinchi jildida: Transilvaniya ekspeditsiyasi, Albaniyaga ketish, Istanbulga qaytish. Vengriya ekspeditsiyasi, Uyvarni zabt etilishi, muallifning 40 000 tatar bilan Avstriya, Germaniya, Niderlandiya va Boltiq dengiziga sayohati, Belgradga qaytish, muallifningGertsegovinaga joʻnatilishi, Ragusaga sayohati, Qaradagʻga ekspeditsiyasi, Kanije va Kanizsa -Xorvatiyaga ekspeditsiyasi haqida maʼlumotlar;
- Yettinchi jildida: Avstriya, Qrim, Dogʻiston, Desht-i Qipchoq, Ashtarxon.safarlari haqidagi maʼlumotlar;
- Sakkizinchi jildida: Qrim, Krit, Saloniki, Rumeli safarlari haqida maʼlumotlar;
- Toʻqqizinchi jildida: Kütahya, Afyon, Manisa, Izmir, Xios, Kushadasi, Aydin, Amasya, Tire, Denizli, Mugʻla, Bodrum, Egey orollari, Isparta, Antaliya, Alaniya, Karaman, Silifke, Tarsus, Adana, Maraş, Urfa, Kilis, Antep Raqqa, Halab, Latakiya, Damashq, Bayrut, Sayda, Safed, Nablus, Quddus, Madina, Makka va uning atrofidagi joylarga sayohatlar haqidagi maʼlumotlar;.
- Oʻninchi jildida: Misr va Sudanga sayohat;ari haqida maʼlumotlar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Elektron kitob: Evliya Chalabiyning sayohat kitobi (9-jild), Istanbul Davlat bosmaxonasi 1935, archive.org, 2013-yil 2-aprelda ochilgan
- Elektron kitob: Evliya Chelebi Sayohat kitobi (10 jild), (Usmonli), Ikdam bosmaxonasi, Istanbul 1896, archive.org, 2013 yil 2 aprelda kirish
- Elektron kitob: Muntahabat-i Evliya Chalabiy (Evliya Chalabiy asarining birinchi jildidagi masjidlar boʻlimi), (Usmonli), Istanbul 1890, archive.org, 2013 yil 2 aprelda kirish
- Elektron kitob: XVII asrda Yevropa, Osiyo va Afrikadagi sayohatlar hikoyasi EVLIYA EFENDİ (1834) jild. I (ingl.), archive.org, 2013-yil 3-aprelda foydalanilgan
- Elektron kitob: XVII asrda Yevropa, Osiyo va Afrikadagi sayohatlar hikoyasi EVLIYA EFENDİ (1834) jild. II (ingl.), archive.org, 2013-yil 3-aprelda foydalanilgan
- Evliye Chalabiy qalamidan Kilis, kilis.pol.tr, 2013-yil 3-aprelda ochilgan
- Evliya ChelebiDAN BURSA, btch.org.tr, 2013-yil 3-aprelda ochilgan
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Sorularla Evliya Çelebi, Hacettepe Üniversitesi Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü, 2011-Ankara, Ülkü Çelik Şavk“. 12 nisan 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11 ocak 2015.
- ↑ „Evliya Çelebi Seyahatnamesi UNESCO Dünya Belleğinde, Kültür Varlıkları ve Müzeler Genel Müdürlüğü web sitesi, Erişim tarihi:08.02.2014“. 8 kasım 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8 şubat 2014.
- ↑ http://www.radikal.com.tr/yazarlar/hakki-devrim/evliya-celebi-atti-mi-dersiniz-682174/
- ↑ „Arşivlenmiş kopya“. 13 kasım 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19 ocak 2022.