Skilur
Skilur (yun. Skiluros) — skiflar podshosi (mil.av. 2-asr). S. davrida Skifiya tarkibiga Jan. Bug va Dnepr daryolarining quyi oqimi boʻyidagi yerlar va poytaxti Skiflar Neapoli (hozirgi Simferopol hududi) boʻlgan Qrim dashtlari kirgan (qarang Neapol). Skiflarga tobe etilgan Olviyada S. tanga zarb ettirgan, mahalliy savdogarlar yordamida gʻalla (bugʻdoy)ni xorijiy mamlakatlarga chiqargan, davlat hududini kengaytirishga, qad. shahar-davlat — Xersonesdan Qrim sohili va boshqa mulklarni tortib olib, dengizga chikishga harakat qilgan. Bunga erishish uchun u sarmatlarga mansub roksolanlar bilan harbiy ittifoq tuzgan, biroq Xersones Pont podshosi Mitridat Yevpator homiyligiga oʻtgan. Mitridat bilan boʻlgan urush davrida S. vafot etgan, Skifiya mil.av. taxminan 108—107 yillarda maglubiyatga uchragan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |