Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Urush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Urush – ijtimoiy guruhlar, millat (xalq)lar, davlatlar oʻrtasidagi nizolarning kuch, odatda, qurolli kuchlar yordamida qal qilinishi. U.da asosiy va hal qiluvchi vosita sifatida qurolli kuchlardan, shuningdek, kurashishning iqtisodiy, siyosiy, gʻoyaviy va boshqa vositalaridan foydalaniladi. U.lar davlatlar olib boradigan ichki va tashqi siyosat natijasidir. U. kelib chiqishining omillari turlicha boʻlib, bu omillar U.ning xususiyati va sodir boʻlgan davriga bogʻliq. Har qanday krili toʻqnashuvni U. deb boʻlmaydi. U. Ol dindan tayyorgarlik koʻrilgan, muayyan maqsad yoʻlida olib boriladigan harbiy harakatlardir. U. holati davlatlar oʻrtasida qurolli toʻqnashuvsiz ham mavjud boʻlishi mumkin. Masalan, ikki davlat oʻrtasida U. harakatlari toʻxtatilgandan keyin ular oʻzaro sulh tuzishmasa, U. holati davom etaveradi. Biroq, endi ular oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlar yuz berishi shart emas. U.larni quyidagicha tasniflash mumkin: jahon U.lari; mahalliy U., fuqarolar urushi; milliy ozodlik U.lari Jahon U. lari dunyoda yetakchilik daʼvosini qiladigan davlatlarni qamrab oladigan katta harbiy kuchlarning qurolli toʻqnashuvidir. Mahalliy U.lar, asosan, ikki yoki bir necha mamlakatlar oʻrtasida olib boriladigan U.lardir. Bunday urushlarning kelib chiqishi ham tomonlarning olib boradigan siyosati va uning natijalariga bogʻliq. Milliy ozodlik U.lari mamlakatni mustamlakachilik zulmidan ozod boʻlishi uchun olib borilgan. Tarixda U.lar dunyo siyosiy xaritasining qayta shakllanishiga, chegaralarni qaytadan belgilanishiga sababchi boʻlgan. U.lar tufayli koʻp davlatlar oʻzin i saqlab qolmay, imperiyalarga qoʻshilib ketgan. U.lar ayrim davlatlarning parchalanishi, boʻlinishiga olib kelib, ularni parokanda ahvolga solib qoʻygan.

U.larning sanoatlashuvi (yaʼni qurollanish sohasida, shuningdek, qurolli kuchlarni „harbiy mashina“ sifatida tashkil qilishda sanoat i.ch.i usullarini qoʻllash) mahalliy U.larning umumjahon U.iga aylanishiga sabab boʻldi. 20-asr boshlanishidan avval eng yirik U.larda ham aholining kichik qismi, odatda, jangda bevosita qatnashayotgan askarlar va jang sodir boʻlayotgan yer aholisi ishtirok etar edi. Birinchi jahon urushi koʻp jihatdan harbiy kuchlarning rivojlanishini belgilab berdi. Bu U. ham miqyosi, ham ishtirok etgan davlatlar soni jihatdan nomiga yarasha edi. Undagi kurbonlar soni avval sodir boʻlgan U.lardagidan koʻp baravar ortib ketdi. Bu U.dan soʻng insoniyatga qirgʻin keltiruvchi qurollar yaratilishiga zoʻr berila boshlandi. Ikkinchi jahon urushida va undan keyingi harbiy harakatlarda nafaqat harbiy, balki tinch aholi orasidagi qurbonlar soni akl bovar qilmas darajada katta boʻldi. Umuman, tadqiqotchilar keyingi 3 asrda ming va undan ortiq odam halok boʻlgan. U.larni hisoblab chiqib, quyidagi raqamlarni qayd etishadi: 18-asrda 68 ta, 19-asrda 205 ta, 20-asrda 237 ta U. boʻlgan, ularda qurbon boʻlganlar soni 18-asrda 4,4, 19-asrda 8,3 va 20-asrda 100 mln. kishidan ortgan. Soʻnggi 5,5 ming yil mobaynida esa, jami 14,5 mingga yaqin katta va kichik U. (shu jumladan, 2 ta jahon U.i) boʻlgan, ularda 3,6 mlrd.dan ortiq kishi halok boʻlgan, epidemiyalar va ocharchilikdan ulgan. Hozirgi sharoitda 1980-yillar oxiridan „sovuq urush“ tugaganligi munosabati bilan jahon yadro U. i xavfi kamaydi. Biroq lokal U. deb atalgan U.lar – diniy, hududiy va milliy janjallar, qabilaviy adovat va boshqa bilan bogʻliq harbiy nizolar davom etmokda. Jahon hamjamiyati davlatlar oʻrtasida kuch bilan xavf solish va kuch ishlatishni inkor etuvchi munosabatlar tizimini vujudga keltirishga intilib keladi. 1945-yilda BMT Ustaviga U.dan xalqaro muammolarni hal etishning vositasi sifatida voz kechish prinsipi kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida U.ni targʻib qilganlik uchun javobgarlik belgilangan (150-modda).