Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Sumatra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sumatra
Geografiya
Maydoni 473 481 km2
Dengiz sathidan balandligi 12 m.
Eng baland nuqtasi Kerinchi
Ma'muriyat
Davlat Indoneziya
Demografiya
Aholisi 60 000 000[1]
Qo'shimcha ma'lumot

SumatraMalay arxipelagining gʻarbiy qismidagi orol, Katta Zond o.lari guruhida. Ekvatorning har ikki tomonida joylashgan. Indoneziya hududi. Maydoni 435 ming km². Malay arxipelagida kattaligi boʻyicha Kalimantan o.dan keyin 2oʻrinda. S.ning atrofida mayda orol koʻp. Gʻarbiy qismining relyefi togʻli; balchikli vulkanlar, granitli gumbazlar, tektonik botiqlar, karstli yassitogʻliklar bor. Eng baland joyi 3800 m. Sharqiy qismi botqokli allyuvial tekislik. Iklimi ekvatorial, sernam iqlim. Oʻrtacha oylik tra tekisliklarda 25—27°. Yillik yogʻin 1500 – 3000 mm, togʻlarda 4000 mm dan ziyod. Dare va koʻl koʻp. Tekisliklar tropik oʻrmonlar, sohil qismi mangra chakalakzorlari bilan krplangan. Togʻlarda doim yashil dub, kashtan, lavr, igna bargli daraxtlar usadi. Foydali kazilmalardan neft, tabiiy gaz, koʻmir qazib olinadi. Asosiy qishloq xoʻjaligi. ekini — sholi. Kauchukli daraxtlar, kokos palmasi, kofe, choy plantatsiyalari bor. Baliqovlanadi. 17-asrgacha S. hududida mustaqil davlatlar boʻlgan. 17-asrdan 20-asr boshlarigacha golland mustamlakachilariga tobe boʻlgan. Indoneziya Respublikasi tashkil topgach, S. uning tarkibiga qoʻshildi.

Sumatra



  1. (unspecified title)