Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Suv ombori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Suv ombori (Birlashgan Qirollik)

Suv ombori — toʻgʻonlar yordamida suvni yigʻish va saqlash uchun quriladigan sunʼiy suv havzasi. Kompleks foydalanishga moʻljallangan Suv ombori xalq xoʻjaligidagi bir qancha tarmoqlar (sugʻorish, suv taʼminoti, elektr energiyasi, kemachilik, baliqchilik, toshqinlarga qarshi kurashish va boshqalar) ehtiyojini qondiradi. Yil davomida daryo oqimlarining oʻzgarib turishi va uning hudud boʻylab notekis taqsimlanganligi Suv ombori barpo etishga zarurat tugʻdiradi. Suv ombori oqimni fasllar va yillar boʻyicha tartibga soladi, kanal va boshqa suv oʻtkazish inshootlari bilan birga hududlar boʻylab qayta taqsimlashga imkoniyat yaratadi.

Suv ombori katta xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgani sababli 20-asr oxiriga qadar Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya va Okeaniyada 130 dan ortiq juda yirik suv omborlari barpo etilgan. Tanzaniyadagi OuyenFols (hajmi 250 km³, suv yuzasi maydoni 69000 km²), Kanadadagi Daniel Jonson (tegishlicha 142, 1940); Rossiyadagi Bratsk (169; 5500) Suv ombori jahondagi eng yirik suv omborlari hisoblanadi.

Oʻrta Osiyo hududida suv omborlari, asosan, ekinzorlarni sugʻorish, energetika va suv taʼminotini yaxshilash uchun quriladi. Oʻrta Osiyo hududida 75 ta Co. mavjud (2004). Ularning yalpi umumiy hajmi qariyb 50 mlrd. m³. Amudaryo va Sirdaryo havzalarida yirik suv omborlari (Toʻxtagʻul, Qayroqqum, Chordara, Chorvoq, Norak, Tuyamoʻyin va boshqalar) qurilgan. Suv omborlari qurilishi natijasida Oʻzbekistonda 4,3 mln.ga dan ortiq yerda sugʻorma dehqonchilik qilish, suv resurelaridan gidroenergetika va baliqchilik maqsadlarida yanada kengroq foydalanish imkoniyatlari yaratildi.

Suv xoʻjaligi maqsadlarida barpo etiladigan Suv omborining toʻliq hajmi Z qismdan: foydalanib boʻlmaydigan (ishlatilmaydigan), foydali va rezerv (jadal boʻshatiladigan) hajmdan iborat. Foydalanib boʻlmaydigan hajm toʻliq hajmning bir qismi boʻlib, normal ish sharoitlarida oqimni tartibga solish uchun ishlatilmaydi; uning balandligi foydalanib boʻlmaydigan sath hajmi deyiladi. Bu satxdan yuqoridagi suv foydali hajm (yoki quyilish prizmasi)ni hosil qiladi. Foydali hajmga mos keladigan suv sathi normal sath deyiladi. Normal satxdan yuqorisi rezerv suv hajmi hisoblanadi, suv tashlagich inshootlari orqali toshqin suvlarini oʻtkazib yuborishga xizmat qiladi. So. daryo oqimini mavsumiy va koʻp yillik tartibga soladigan turlarga boʻlinadi. Mavsumiy tartibga soladigan Co. aniq yillik toʻlish va sarflanish sikliga ega. Oqimni koʻp yillik tartibga soluvchi So. sersuvlik yillarida ortiqcha suvni yigʻib, suv kam boʻlgan yillarda esa yigʻilgan suvdan foydalanishga imkon beradi. Oʻrta Osiyo hududidagi So. dan sugʻorish mavsumida suv foydalanib boʻlmaydigan hajm darajasigacha olinadi. Koʻpincha vegetatsiya davrida mavsumiy tartibga solinadigan Suv omborining foydali hajmi toʻla ishlatiladi.

Havzaning joylashishiga qarab daryo oʻzanidagi (toʻgʻon oʻzanni va vodiydagi oqimning bir qismini toʻsadi) va toʻldiril ad i gan Suv omboriga (oʻzandan chetdagi tabiiy yoki sunʼiy havzadan foydalaniladi) boʻlinadi. Suv omboridagi asosiy inshootlar — toʻgʻon (suvni toʻsuvchi), suv chiqargich (suvdan foydalanuvchilarga suv berish) va ehtiyot tashlama (ortiqcha suvni chiqarib yuborishni taʼminlaydi). Toʻldiriladigan Suv omborida, bulardan tashqari, havzani chegaralovchi dambalar, suv keltirgich va chiqargich kanallar ham boʻladi.

So. ni loyqa bosishi juda xavfli. Baʼzi hollarda loyqa bilan toʻlishi sababli Co. butunlay ishdan chiqadi. Loyqa bosish jarayoniga daryoda toʻgʻon qurilgandan soʻng oqiziqlarshgʻt choʻkishi sabab boʻladi. Oqiziqlarning asosiy manbalari suvdagi loyqa, tuproq, shamol va suv eroziyasi mahsulotlari. Oʻrta Osiyodagi So. ni juda tez loyqa bosadi. Masalan, Qashqadaryoda qurilgan Chimqoʻrgʻon Co. 20 yilda 60 mln. m³, Gʻuzordaryodagi Pachkamar So. 9 yilda 17 mln. m³, Janubiy Surxon Suv omborining toʻrtdan bir qismi 25 yilda loyqa bilan toʻddi; Sirdaryodagi Uchqoʻrgʻon Suv ombori hajmi 19 yil davomida 60% ga qisqardi.

Co. ning loyqa bosishiga qarshi kurashda quyidagi choralar qoʻllanadi: oqim loyqalanadigan toshqin vaqtida So.da suv sathi pasaytirilib, juda loyqa daryo suvi katta tezlikda oʻtkazib yuboriladi; aylanma kanallar barpo etiladi, soʻngra choʻkib qolgan okiziq (pulpa)lar zemsnaryadlar bilan chiqarib tashlanadi, suv yoʻlida okiziklarni choʻktiradigan tindirgichlar quriladi; muallaq oqiziqlar koʻp boʻlgan loyqa oqim toʻgʻon tagidagi maxsus suv tashlagich orqali chiqarib yuboriladi.

  • Husanxoʻjayev Z.X., Gidrotexnika inshootlari, T., 1978; Vodoxraniliha mira, M., 1979; Avakya n A.B., Saltankin V.P., Sharapov V.A., Vodoxraniliha, M., 1987; Nikitin A.M., Vodoxraniliha Sredney Azii, L., 1991; Hikmatov F.H., Sirliboyeva Z.R., Aytbayev D.P., Koʻllar va suv omborlari, T., 2000.

Abbos Sodiqov.