Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Tolibon

Ushbu maqola yaxshi maqolalar sarasiga kiradi.
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tolibon
pushtucha: طالبان

Tolibon harakatining bayrogʻi
Mafkurasi Devbandiylik
Panislomizm
Pushtunvali
Diniy millatchilik
Aksilgʻarbchilik
Etnik mansubligi asosan pushtunlar, undan tashqari arablar, tojiklar, hazoralar, balujlar, panjobilar va b.
Diniy mansubligi islom, sunniylik, hanafiylik mazhabi
Shiori Allohdan oʻzga iloh yoʻqdir, Muhammad uning elchisidir
Liderlari Axtar Mansur[1]
Haybatulloh Oxundzoda
Abdul Gʻani Barodar
Shtab-kvartirasi Afgʻoniston Afgʻoniston
Pokiston Pokiston
Qatar Qatar (avval)
Faoliyat hududi Afgʻoniston Afgʻoniston
Pokiston Pokiston
Tuzilgan vaqti 1994-yil
Hamkorlari

Al-Qoida Al-Qoida (2020-yilgacha)
Vaziriston Vaziriston
Oʻzbekiston islomiy harakati (2015-yilgacha)
Sharqiy Turkiston islomiy harakati Sharqiy Turkiston islomiy harakati (avval)
Tehrik-e Taliban Pakistan Tehrik-e Taliban Pakistan (avval)
Islom jihodi ittifoqi (avval)
Lashkari Toyiba (avval)

Pokiston Pokiston (1996—2001-yillar va 2021-yildan hozirgacha)
Dushmanlari

Davlatlar va davlat tashkilotlari
Afgʻoniston Afgʻoniston Islom Davlati (1994—2002)
Afgʻoniston Muvaqqat Afgʻoniston Islom Davlati (2002—2004)
Afgʻoniston Afgʻoniston Islom Respublikasi (2004—2021)[2]
Qoʻshma Shtatlar AQSh (2001—2021)
Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya (2001—2021)
NATO NATO (2001-2021)[3]
Pokiston Pokiston (2021-yilgacha)
Nodavlat tashkilot yoki guruh hisoblangan dushmanlari
Afgʻoniston Shimoliy ittifoq (2001-yilgacha)
Iroq va Shom islom davlati Iroq va Shom islom davlati (2015-yildan)[4][5][6][7][8]
Afgʻoniston Afgʻoniston Afgʻoniston milliy qarshilik fronti (2021-yildan)
Oʻzbekiston islomiy harakati (ISHID ittifoqdosh fraksiyasi)[9]
Afgʻoniston Islom Amirligi Oliy Kengashi (AIAOK)[10]
Jamiyati islomiy[11]
Junbishi Milliy[11]

Hezbe Wahdat[12]
Ishtirok etgan nizolari

Afgʻonistondagi fuqarolar urushi (1992—1996)
Tojikistondagi fuqarolar urushi (1992—1997)[13]
Afgʻonistondagi fuqarolar urushi (1996—2001)

Afgʻonistondagi urush (2001—2021)
Sayti alemarahenglish.af
2020-yil 16-aprel holatiga koʻra „Tolibon“ qoʻl ostidagi hududlar oq rangda koʻrsatilgan

Tolibon yoki toliblar (pushtucha: طالبان — oʻquvchilar, dars oluvchilar) — 1994-yilda Afgʻoniston pushtunlari tomonidan tuzilgan islomchi, radikal, diniy-siyosiy harbiylashgan harakat.

1996—2001-yillarda Afgʻonistonni („Afgʻoniston Islom Amirligi“) hamda 2004-yildan Pokistonning shimoliy qismidagi Vaziriston hududini boshqargan. 2001-yil Afgʻonistonga AQSh harbiylari kirib kelishi ortidan „Tolibon“ hokimiyatiga chek qoʻyilgandi. 2021-yil AQSh harbiylari Afgʻonistondan chiqib ketishi oqibatida keng koʻlamli hujumlar uyushtirgan va 2021-yil 15-avgustdan buyon Afgʻonistonni boshqarayotgan[14] (Afgʻoniston islom amirligi[15]) islomchilik harakati. Toliblar boshqaruvidagi Afgʻoniston islom amirligi (1996—2001) oʻz vaqtida Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Pokiston tomonidan rasman tan olingan[16]. 2003-yildan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi tomonidan terroristik tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan[17].

2021-yil bahorda AQSh harbiy kuchlari Afgʻonistondan chiqarilishi eʼlon qilinganidan soʻng „Tolibon“ harakati birin-ketin hujumlar uyushtirib, Afgʻoniston hududlarini egallab bordi. Avgust oyida Afgʻoniston hududining katta qismi „Tolibon“ qoʻl ostida qoldi, 15-avgustda „Tolibon“ poytaxt Kobulni egalladi, prezident Ashraf Gʻani mamlakatdan qochishga majbur boʻldi. Shu kuni „Tolibon“ butun mamlakatni boshqarayotganini eʼlon qildi va avvalgi hukumat aʼzolarini taʼqib qilmasligini hamda hech kimni mamlakatdan chiqib ketishiga toʻsqinlik qilmasligini aytdi.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Tolibon“ (pushtucha: طالبان [ṭālibān]) soʻzi pushtu tilidan oʻzbekchaga tarjima qilinganida „oʻquvchilar“ degan maʼnoni anglatib, u „tolib“ (oʻquvchi) soʻzining koʻplik shaklidir. Bu soʻz arabcha „tolib“ (arabcha: طالب [ṭālib] — „oʻquvchi“, „talaba“) va forscha „on“ koʻplik qoʻshimchasini qoʻshish orqali yasalgan. Arabchada „tolibon“ soʻzi „oʻquvchilar“ emas, „ikkita oʻquvchi“ maʼnosini beradi. Shu sababli „Tolibon“ haqidagi maqolalarni arabchaga tarjima qilganda biroz tushunmovchilik yuz beradi. Ingliz tilida „Tolibon“ harakatining bir aʼzosi haqidagi gapda ham „tolib“ emas, „tolibon“ soʻzi ishlatiladi. Masalan, John Walker Lindh „amerikalik tolib“ emas, „amerikalik tolibon“ deb yoziladi. Pokistonning ingliz tilida chiqadigan gazetalarida „Tolibon“ning bir emas, bir nechta aʼzosi haqida gap ketayotgan boʻlsa „Tolibonlar“ (inglizcha: Talibans) shaklida yoziladi.

Oʻzbek tilida esa „Tolibon“ harakatining bir aʼzosi „Tolibon“ jangarisi, „Tolibon“ harakati aʼzosi, „Tolibon“ vakili shaklida; birdan ortiq aʼzosi „Tolibon“ jangarilari, „Tolibon“ harakati aʼzolari, „Tolibon“ vakillari shaklida yoziladi, „Tolibon“ harakatining birdan ortiq aʼzosi aslo „Tolibonlar“ shaklida yozilmaydi.

1996-yil qishda Afgʻoniston hududlarining turli guruhlarga tegishliligini koʻrsatuvchi xarita:
Yashil — „Tolibon“;
Koʻk — Ahmadshoh Masʼud
Pushti — Abdul Rashid Doʻstum
Sariq — Hezb-i Wahdat

1995-yil Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan moliyalashtirilishi taxmin qilingan[18] toliblar Afgʻonistonning Helmand viloyatini qoʻlga kiritadilar, Hikmatyor Gulbiddin askarlari ustidan gʻalaba qozonadilar ammo Ahmadshoh Masʼud diviziyasi tomonidan Kobul ostonasida toʻxtatiladilar. Ular Afgʻonistonning uchdan bir qismini (janubi-sharqini) boshqaradilar.

1996-yil 27-sentabrda toliblar Kobulni jangsiz egallaydilar va Afgʻoniston Islom Amirligiga asos soladilar. Oʻz qoʻl ostilaridagi yerlarda shariat qonunlarini joriy etadilar. „Tolibon“ tuzumiga qarshi Ahmadshoh Masʼud va Burhoniddin Rabboniy boshchiligidagi, asosan tojiklardan tarkib topgan Shimoliy ittifoq hamda Abdul Rashid Doʻstum boshchiligidagi oʻzbeklar qarshi chiqadilar. Terrorchi Usoma bin Lodinning yashirinishiga yordam berganliklari va Bomiyondagi Budda haykallarini portlatishganidan soʻng jahon hamjamiyati ularni terorchi sifatida taniy boshladi.

2001-yil 11-sentabrda AQShda sodir etilgan terrorchilikdan soʻng, AQSh Afgʻoniston Islom Amirligiga qarshi aksilterror harakatlarini boshlab yubordi va Shimoliy ittifoq harakati yordamida „Tolibon“ tuzumini agʻdardi. Toliblar togʻlarga va Pokistonning Vaziriston provinsiyasiga chekindilar va Hoji Umar boshchiligida qayta birlashdilar. 2000-yillardan boshlab Vaziriston „Tolibon“ harakatining markazi hisoblanadi.

2006-yil 14-fevralda „Tolibon“ Shimoliy Vaziriston hududini Pokistondan mustaqil deb, u yerda Vaziriston Islom Amirligi tuzilganini eʼlon qildilar. Keyinroq, Pokiston armiyasining qarshi kurashlariga qaramay, ular Janubiy Vaziristonni ham egallab, oʻz hududlarini kengaytirdilar.

2007-yil 17-dekabrda pokiston toliblari Tehrik-e Taliban Pakistan guruhi bilan qoʻshildilar. Tehrik-e Taliban Pakistanga vaziristonlik pushtunlardan Maxsud Baytulla boshliq boʻldi[19].

2009-yil fevralda toliblar Pokistonning Svat vodiysida 30 nafar Pokiston politsiyasi va harbiylarini asirga oldilar[20] va Pokiston hukumatidan Svat vodiysida shariat qonunlari oʻrnatilishini talab qildilar, hukumat bunga rozi boʻldi. Keyinroq toliblar Buner okrugini ham qoʻlga kiritdilar[21].

2013-yil 1-noyabrda harbiy dron tomonidan berilgan zarbadan soʻng Maxsud Baytulla vafot etgani haqida Pokiston maxsus xizmati vakili maʼlumot berdi[22].

„Islom jihodi ittifoqi“ islomchi guruhi amiri Horun abu Muhammadning soʻzlariga koʻra 2014-yil soʻngiga kelib, „Tolibon“ Afgʻonistonning qariyb 70 % hududini boshqargan, jumladan, Helmand, Qandahor, Paktiya, Oʻruzgon, Nuriston, Kunar, Badaxshon, Zobul, Gʻazni va b[23].

2014-yil 31-may kuni „Tolibon“ soʻnggi amerikalik asir Bowe Bergdahlni Guantanamoda saqlanayotgan va avval Amirlikda yuqori lavozimlarni egallagan 5 nafar maxbusga almashdi[24]. Obmen vizval neodnoznachnuyu reaksiyu po vsemu miru[25].

Germaniya Federativ Respublikasining sobiq stats sekretari Andreas von Bülow 2012-yil 13-yanvarda „Der Tagesspiegel“ nashriga bergan intervyusida „Tolibon“ harakati AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi ishtirokida tuzilgani haqida gapirdi[26]:

AQSh maxsus xizmatlarining salmoqli yordami bilan Afgʻoniston va Pokistonda 30 mingdan kam boʻlmagan musulmon jangarilari maxsus tayyorgarlik koʻrdi, ular orasida oʻz vatanini va gʻoyasini har qanday yoʻl bilan himoya qilishga tayyor boʻlgan fanatiklar guruhi ham bor edi.
Va ulardan biri Usoma bin Lodin edi. Bir necha yil avval shunday yozgandim: „MRBning bu yaratigʻidan Afgʻonistonda „Tolibon“ yetishib chiqdi, ularni amerikaliklar va saudiyaliklar puliga maktablarda Qurʼon yodlatib tayyorladilar.

AQShning Afgʻonistonda SSSRga qarshi kurashish uchun 80-yilldarda tayyorlagan jangarilari, jumladan, toliblar haqida matbuotda ayrim iddaolar keltilgan[27][28] ammo aytib oʻtish kerak-ki, 80-yillarda „Tolibon“ harakati hali mavjud emas edi.

2016-yil 21-mayda amerikalik harbiylar „Tolibon“ lideri Mansur Axtar boʻlgani taxmin qilingan avtomobilga dron yordamida raketa zarbasi berdi. 22-may kuni „Tolibon“ning yuqori lavozimdagi qoʻmondonlaridan biri mulla Abdul Rauf va Afgʻoniston bosh vaziri Abdulla Abdulla Mansur Axtarning oʻlganligi haqidagi xabarni tasdiqladilar. Raketa zarbasi Afgʻoniston va Pokiston chegara hududida amalga oshirilgan.

2017-yil avgustda „Tolibon“ AQSh prezidenti Donald Trumpga AQSh harbiylarini Afgʻonistondan olib chiqib ketish haqida maktub yoʻlladi[29].

2018-yil 9-iyunda „Tolibon“ va Afgʻoniston hukumati vaqtinchalik sulh eʼlon qildilar. Bu sulh 15-iyunga qadar davom etdi[30]. 22-iyun tunida toliblar birinchi boʻlib Afgʻoniston harbiylariga qarata oʻq uzdilar[31].

2019-yil avgust oyida „Tolibon“ harakatining mulla Barodar Oxund boshchiligidagi delegatsiyasi va Afgʻoniston Islom Respublikasi hukumati vakillari Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish maqsadida Toshkentda uchrashuv oʻtkazishdi[32]. „Tolibon“ delegatsiyasining Oʻzbekistondagi safari 5 kun davom etgan, mulla Barodar boshliq guruh Samarqand va Buxoroga ham borgan. Ularni viloyat hokimlari tantanali ravishda kutib olgan[33].

2019-yil soʻngida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va „Tolibon“ harakati vakillari Rossiyada Afgʻoniston Islom Respublikasi hukumati bilan yarashuv doirasidagi uchrashuvlardan birini oʻtkazdi. 14 kishilik toliblar delegatsiyasiga mulla Barodar Oxund boshchilik qildi[34].

2021-yilning yozida Afgʻonistondan AQSh harbiylarining olib chiqilishi ortidan „Tolibon“ harakatining keng qamrovli hujumlari boshlandi. Oqibatda 2021-yilning 15-avgustida Afgʻonistonning deyarli butun hududida „Tolibon“ harakatining hukmronligi oʻrnatildi.

Qoʻl ostidagi hududlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tolibon Hirotda. 2001-yil

„Tolibon“ qoʻlga kiritgan birinchi hudud Pokistonning Janubiy Vaziriston provinsiyasi edi. 2004-yil „Tolibon“ harakati u yerdan pokistonliklarni siqib chiqarib, oʻz hukmronligini oʻrnatgan edi. 2006-yil 14-fevralda „Tolibon“ rasman Vaziriston Islom Amirligi tuzilganini eʼlon qildi. Bu amirlik haligacha BMTga aʼzo birorta davlat tomonidan tan olinmagan va jahon hamjamiyati u yerlarni Pokiston hududi deb hisoblaydi.

2021-yil 15-avgustda Kobul qulagach „Tolibon“ Afgʻonistonning deyarli butun hududini qoʻlga kiritdi va oʻz hokimiyatini oʻrnatdi. Hozirgi kunda toliblar hokimiyati BMTga aʼzo biror davlat tomonidan toʻliq tan olinmagan, diplomatik aloqalar toʻlaqonli yoʻlga qoʻyilmagan.

Bomiyon Buddalaridan biri „Tolibon“ tomonidan portlatilishidan oldin va keyin

„Tolibon“ning rasmiy dini islomning ash'ariylik yoʻnalishidir. Unga koʻra bu mafkuraga qarshi chiquvchi har qanday kuch (vosita, inson) — adashgan va sazoyi qilinishi kerak. „Tolibon“ oʻz qoʻl ostidagi hududlarda shariat qonunlarini oʻrnatadi va amal qilinishini qatʼiy nazoratga oladi. Toliblar televideniye, musiqa va musiqiy asboblar, rassomlik sanʼati, alkogol, kompyuter va internet, shaxmat, oq rangli oyoq kiyim („Tolibon“ bayrogʻi oq rangda), jinsiy aloqaga oid ochiq mulohazalar va b. koʻplab narsalarni taqiqlaydilar[35]. Erkaklar belgilangan uzunlikda soqol oʻstirishlari kerak. Ayollarga ishlash, erkak shifokor qabulida davolanish, jamoat joyida va begona erkaklarning oldida yuzlarini ochib yurish, erlari yoki erkak jinsli qarindoshlari hamrohligisiz jamoat joylarida yurish taqiqlanadi. Ayollarning taʼlim olishiga ham keskin qarshilik qilingan (2001-yilda toliblar qoʻl ostidagi hududlarda maktabga boradigan qizlar 1 % ni tashkil etgan).

2001-yil 26-fevralda mulla Umar mamlakatdagi barcha gʻayriislomiy yodgorliklarni yoʻq qilish toʻgʻrisida farmon chiqardi[36]. Farmonga muvofiq, oʻsha yilning mart oyida Toliblar III va VI asrlarga oid Bomiyon qoyalariga oʻyib ishlangan ikki ulkan Budda haykalini portlatdilar. Bu esa „Tolibon“ning dunyo hamjamiyati tomonidan qoralanishiga sabab boʻldi[37]. „Tolibon“ning bu harakatlari bir qator musulmon mamlakatlarida ham jamoatchilik tomonidan qoralangan[38]. Toliblar ayollarning taʼlim olishini taqiqlash tarafdori. Koʻpincha maktablar toliblar nishoniga aylanadi. 2008-yilda Pokistonning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan Svat vodiysida ular 170 dan ortiq maktablarni vayron qilgan. Qayd etilishicha, ushbu maktablarda 55 mingga yaqin oʻgʻil va qiz bolalar taʼlim olib kelgan[39].

Ichki siyosati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 7-sentabrda „Tolibon“ harakati Afgʻoniston muvaqqat hukumatining yangi tarkibini eʼlon qildi. Unga koʻra:

  • Bosh vazir v. b. — Hasan Oxund („Tolibon“ boshqaruv kengashi raisi, 1996—2001-yillarda Tashqi ishlar vaziri boʻlgan);
  • Bosh vazir oʻrinbosari v. b. — mulla Abdul Gʻani Barodar („Tolibon“ harakati siyosiy ofisi boshligʻi);
  • Bosh vazirning ikkinchi oʻrinbosari v. b. — Abdul Salom Hanafiy (siyosiy ofis boshligʻi oʻrinbosari);
  • Mudofaa vaziri v. b. — Muhammad Yoqub (toliblar yoʻlboshchisi oʻrinbosari);
  • Ichki ishlar vaziri v. b. — Sirojiddin Haqqoniy;
  • Istihborat vaziri v. b. — Abdulhaq Vosiq;
  • Tashqi ishlar vaziri v. b. — Amir Xon Muttaqiy („Tolibon“ harakatining sobiq boshqaruv vakili);
  • Iqtisodiyot vaziri v. b. — Muhammad Hanif;
  • Moliya vaziri v. b. — Hidoyatulloh Badriy;
  • Afgʻoniston Markaziy banki boshligʻi v. b. — Hoji Muhammad Idris[40].

Tashqi siyosat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya bilan aloqalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Tolibon“ rahbariyati 1999-yil kuzida Ikkinchi chechen urushi paytida Rossiya federal kuchlariga qarshi kurashayotgan chechen jangchilariga 4 million dollar va 24 ta koʻchma zenit-raketa tizimlarini yuborishga qaror qildi[41]. 2000-yil yanvar oyida „Tolibon“ning Pokistondagi vakili Checheniston mustaqilligini tan olishini va Aslan Masxadov hukumati bilan diplomatik aloqalar oʻrnatishini eʼlon qildi[42]. 2000-yil fevral oyida „Tolibon“ning rasmiy gazetasi „Shariat“, musulmon davlatlarini Rossiyaga qarshi urush (jihod) eʼlon qilishga chaqirib, „Islomiy mamlakatlar haq yoʻldagilarning Chechenistonda jihodda qatnashishiga imkon berishi kerak“, — deb yozdi[43].

2001-yil kuzida AQSh va Buyuk Britaniya „Tolibon“ga qarshi harbiy amaliyotlarni boshlab yuborganlaridan keyin „Tolibon“ vakillari Tojikistonning Afgʻoniston bilan chegarasini qoʻriqlayotgan Rossiya harbiylariga mulla Umar nomidan muloqotga chiqib, rasmiy Moskva bilan kelishgan holda Amerika agressiyasiga qarshi kurashish taklifini berishdi. Rossiya bunga ijobiy javob qaytarmadi[44].

Oʻzbekiston rasmiylarining munosabati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston hukumati doim Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish tarafdori ekanligini bildirgan[45][46][47]. Shu maqsadda Toshkentda „Tolibon“ va Afgʻoniston hukumati oʻrtasida bir necha raunddan iborat tinchlik kelishuvlari amalga oshirilgan. Xususan, 2018-yil mart oyida Toshkentda Afgʻoniston hukumati va „Tolibon“ harakati oʻrtasida tinchlik oʻrnatish maqsadida deklaratsiya imzolangan[48]. Oʻzbekiston „Tolibon“ guruhi oldiga oʻzaro munosabatlarda ayrim shartlarni qoʻygan. Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatilla Irgashevning soʻzlariga koʻra, „Tolibon“ning qoʻshni mamlakatlarga tahdid qilmasligi, „Tolibon“ Afgʻoniston hududida xalqaro terrorchi tashkilotlarga oʻrin (joy) bermasligi va ularni kaltaklamasligi, ularga yordam bermasligi — bular asosiy shartlardan hisoblanadi[49]. 2021-yil 25-iyunda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov „Tolibon“ harakatini terrorchi tashkilot deb hisoblamasligi haqida maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, „Tolibon“ oʻz mamlakati hududidan tashqarida hech qanday terroristik akt uyushtirmagan[50].

Terroristik aktlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2008-yil 14-yanvar kuni „Tolibon“ kuchlari Kobuldagi mehmonxonaga hujum uyushtirdilar, oqibatda 6 kishi halok boʻldi.
  • 2009-yil 8-oktabrda xudkush terrorchi Kobuldagi Hindiston elchixonasi oldida minalangan mashinani portlatdi. 17 lishi (2 politsiyachi va 15 nafar tinch aholi) vafot etdi, 80 nafardan ortiq odam jarohat oldi. „Tolibon“ vakillari terakt uchun javobgarlikni oʻz boʻyinlariga oldilar[51][52].
  • 2009-yil 28-oktabrda xudkush terrorchi Karachi shahri markaziy koʻchasida oʻzini portlatib yubordi. U paytda bu yerda koʻpsonli musulmon shialarning Ashuro marosimi oʻtayotgan edi. Terakt oqibatida 43 kishi halok boʻldi, 60 dan ortiq odam jarohat oldi. Terakt uchun javobgarlikni „Tolibon“ harakati oʻz boʻyniga oldi[53].
  • 2010-yil 6-avgust kuni Afgʻonistonning Badaxshon viloyatida toliblar International Assistance Mission xalqaro hayriya tashkilotining afgʻonistonliklarga tibbiy yordam koʻrsatayotgan 10 nafar qurolsiz ishchisini oʻldirishdi. Oʻldirilganlar orasida 6 nafar amerikalik, 1 nafar britaniyalik ayol, 1 nafar germaniyalik ayol va 2 nafar afgʻonistonliklar bor edi[54].
  • 2010-yil 3-sentabrda falastinliklarni qoʻllab-quvvatlash xalqaro kuni munosabati bilan Pokistonning Kvetta shahrida oʻtkazilgan mitingda portlash uyushtirildi. Oqibatda 54 kishi halok boʻldi, 197 kishi jarohatlandi. Terakt uchun javobgarlikni pokistonlik toliblar oʻz zimmasiga oldi[55].
  • 2010-yil 5-noyabrda Pokistonning Darra Adam Khel shahrida juma namozi paytida xudkush terrorchi masjid ichida oʻzini portlatib yubordi. 50 nafarga yaqin odam vafot etdi, 100 nafardan ortiq odam jarohat oldi. Terakt uchun javobgarlikni pokistonlik toliblar bilan bogʻliq jangari guruh oʻz zimmasiga oldi[56].
  • 2010-yil 11-noyabrda Karachi shahridagi politsiya binosi oldida minalangan yuk mashinasi portlab ketdi. 20 ga yaqin kishi vafot etdi, 100 dan ortiq kishi jarohat oldi. Terakt uchun javobgarlikni pokistonlik toliblar oʻz zimmasiga oldi[57].
  • 2011-yil 9-mart kuni Pokistonning Peshovar shahri yaqinida „Tolibon“ bilan kurashib kelgan faolning turmush oʻrtogʻini dafn etish marosimi oʻtkazilayotgan payt xudkush terrorchi oʻzini portlatib yubordi. 40 ga yaqin kishi halok boʻldi, 60 dan ortiq kishi jarohatlandi. Terakt uchun javobgarlikni pokistonlik toliblar oʻz zimmasiga oldi[58][59].
  • 2011-yil 3-aprelda Pokistonning Dera Ghazi Khan shahridagi diniy majmuada diniy bayram boʻlayotgan paytda 2 nafar xudkush terrorchi oʻzlarini portlatib yubordilar. Taxminan 41 kishi vafot etdi, 100 dan ortiq odam jarohat oldi. Terakt uchun javobgarlikni pokistonlik toliblar oʻz zimmasiga oldi[60].
  • 2011-yil 31-oktabr kuni Afgʻonistonning Qandahor shahrida uyushtirilgan portlash oqibatida 3 nafar BMT ishchisi, mahallik politsiya boshligʻi va yana bir necha kishi vafot etdi. Terakt uchun javobgarlikni „Tolibon“ harakati oʻz zimmasiga oldi[61][62].
  • 2012-yil 4-sentabrda Afgʻonistonning Nangarhor viloyatida kechayotgan dafn marosimida xudkush terrorchi oʻzini portlatib yubordi, terakt oqibatida 20 kishi halok boʻldi, 50 dan ortiq odam jarohatlandi. Teraktning barcha qurbonlari mahalliy tinch aholi vakillari edi. Terakt uchun javobgarlikni „Tolibon“ harakati oʻz zimmasiga oldi[63].
  • 2014-yil 17-yanvar kuni Kobuldagi livan oshxonasi oldida xudkush terrorchi oʻzini portlatib yubordi. Oqibatda 21 kishi halok boʻldi. Terakt uchun javobgarlikni „Tolibon“ harakati vakillari oʻz zimmasiga oldi[64][65].
  • 2018-yil 20-yanvar kuni jangarilar Kobuldagi „Interkontinental“ mehmonxonasiga qurolli hujum uyushtirdilar. Hujum oqibatida 43 nafarga yaqin odam halok boʻldi. Hujum uchun javobgarlikni „Tolibon“ harakati oʻz zimmasiga oldi[66].

Yosh bolalar ham „Tolibon“ harakatining qurboniga aylangan holatlar maʼlum. 2007-yil Paktika viloyatida toliblar ingliz tilini oʻrgangani uchun bir maktab oʻquvchisini otib oʻldirishgan[67]. 2010-yil toliblar Helmand viloyatida 7 yoshli bolani josuslikda ayblab qatl etdilar[68]. 2011-yil politsiyada ishlovchi kishi ular tarafiga oʻtmagani uchun toliblar uning 8 yoshli bolasini osib oʻldirdilar[69].

2021-yil. Qayta kuchayish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2021-yil Afgʻonistondan AQSh harbiylarini olib chiqish eʼlon qilinganidan keyin „Tolibon“ hujumlari koʻrsatilgan xarita

2021-yilda AQSh va Buyuk Britaniya harbiylari Afgʻonistondan toʻliq olib chiqilishi eʼlon qilindi. Afgʻoniston hukumati va mintaqa mamlakatlari bu xabar ularni xavotirga solayotganini yashirmadilar. Afgʻonistondan tinchlikparvar kuchlar chiqarilishi ortidan „Tolibon“ harakati kuchayib bordi. Xususan, ular Afgʻonistonning asosan turkmanlar va oʻzbeklar yashaydigan shimoliy viloyatlariga hujumlarni amalga oshira boshladilar.

Voqaelar xronologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 24-fevral kuni Afgʻonistonning Gʻazni viloyatida joylashgan harbiy bazada kuchli portlash sodir etildi. Guvohlar bu ishni „Tolibon“ harakati uyushtirganini aytishgan, ular harbiy bazagacha yer ostidan tunnel qazib, u yerga portlovchi moddalarni joylashtirgan. Portlash toʻlqinidan baza yaqinida joylashgan uylar ham vayronaga aylangan[70].
  • 1-aprel kuni Helmand viloyatining Vashir tumanida Afgʻoniston harbiy vertolyoti qulab tushdi. „Tolibon“ vakili Qori Muhammad Yusuf vertolyotning qulatilishida „Tolibon“ning ishtiroki borligini aytdi. Voqea oqibatida bir necha kishi halok boʻlganini maʼlum qildi[71].
  • 3-aprel kuni Foryob viloyatida Afgʻoniston harbiylari tomonidan „Tolibon“ harakatining 3 nafar qoʻmondoni oʻldirildi[72].
  • 3-may kuni „Tolibon“ Farax viloyatining Bala-Baluk tumanidagi harbiy bazaga maxsus qazilgan tunnel orqali borib, portlash sodir etdi, portlash oqibatida 20 nafar askar halok boʻldi[73].
  • 5-may kuni „Tolibon“ Bagʻlon viloyatidagi Burqa tumanini egalladi[74].
  • 12-may kuni „Tolibon“ Kobul yaqinidagi Narx tumanini egalladi[74].
  • 19-may kuni Afgʻoniston harbiylari 12 ta provinsiyada maxsus operatsiya oʻtkazib, „Tolibon“ning 251 nafar janchisini oʻldirdi, 193 kishi jarohatlandi. Harbiylar shuningdek, yoʻllarda oʻrnatilgan 67 ta qoʻlbola portlovchi moddani zararsizlantirdi[75].
  • 21-may kuni „Tolibon“ Lagʻmon viloyatidagi Davlat-shox tumanini egalladi[74].
  • 25-may kuni Afgʻoniston harbiylari Nangarhor, Zabul, Qandahor viloyatlarida maxsus operatsiya uyushtirib, „Tolibon“ning 140 nafar jangchisini oʻldirdi, 75 nafar jangchini yaraladi[76].
  • 3-iyun kuni „Tolibon“ning 222 nafar jangchisi oʻldirildi, 126 aʼzosi jarohatlandi[77].
  • 7-iyun kuni „Tolibon“ Afgʻonistondagi Gʻor viloyatining Shahrek tumanini va Oʻruzgan viloyatidagi Gizob tumanini qoʻlga kiritdi[78].
  • 8-iyun kuni Faryob viloyatidagi Davlatobod tumani ham „Tolibon“ jangarilari tomonidan bosib olindi[79].
  • 12-iyun kuni „Tolibon“ Gʻor viloyatidagi Toʻlak tumanini qoʻlga kiritdi[80].
  • 14-iyun kuni „Tolibon“ Farro viloyatining Lashjuan tumanini qoʻlga kiritdi[81]. Shuningdek, Saripul viloyatining Sancharak va Gusfandi tumanlarini qamal qildi[82].
  • 15-iyun kuni Afgʻoniston harbiylari Qunduz viloyatining Xonobod va Taxor viloyatining Chaxi-Ab tumanlarini „Tolibon“ nazoratidan qaytarib olishdi[83]. Yana, shu kuni Qunduz, Taxor, Nangarhar, Qandahor, Faryob, Nimroz va Badahshon viloyatlarida boʻlgan janglarda „Tolibon“ning 160 nafar jangchisi oʻldirildi, 108 nafari yaralandi[84].
  • 17-iyun kuni Afgʻonistonning Zabul viloyatida joylashgan Shinki tumani oqsoqollar vositachiligi bilan „Tolibon“ qoʻliga jangsiz topshirildi[85].
  • 18-iyun kuni Faryob viloyatining Davlatobod va Shirin Tagab tumanlari „Tolibon“ jangchilaridan butunlay tozalandi[86].
  • 22-iyun kuni „Tolibon“ harakati tezkor hujumlar qilib Afgʻonistondagi 17 ta tumanni qoʻlga kiritdi[87]. Shu kuni Sherxon-Bandar tumaniga qilingan hujumlar oqibatida 134 nafar afgʻonistonlik harbiy „Tolibon“dan qochib Tojikiston hududiga oʻtdi[88].
  • 24-iyun kuni Hirot viloyatida „Tolibon“ning 130 lishidan iborat guruhi hukumat qoʻshinlariga taslim boʻldi va „Tolibon“ harakatiga qarshi kurashishini maʼlum qildi[89].
  • 28-iyun kuni „Tolibon“ Balx viloyatining Tojikiston bilan chegara hududini egalladi. 17 nafar afgʻonistonlik harbiy Tojikistonga qochib oʻtdi[90].
  • 29-iyun kuni Balx viloyatining Kaldor tumani „Tolibon“ harakatidan ozod qilindi[91].
  • 4-iyul kuni „Tolibon“ harakatining hujumlari oqibatida 300 harbiy Tojikistonga qochib oʻtdi, Tojikiston chegarachilari ularning chegaradan oʻtishiga qarshilik qilmadi va Tojikiston hukumati ularni qoʻllab-quvvatlashini aytdi[92]. Shu kuni harakat jangarilari soʻnggi 24 soat ichida Afgʻonistonning 13 ta hududini oʻz nazorati ostiga olgani maʼlum qilindi. Iyul holatiga koʻra, mamlakatning 370 ta tumanidan 110 tasi „Tolibon“ nazoratiga oʻtgan.[93].
  • 5-iyul kuni Afgʻonistonning „Tolibon“ harakati vakili Suhayl Shohin mamlakatda boʻlgan barcha chet el qoʻshinlari belgilangan muddatgacha Afgʻonistonni tark etishi kerakligini aytdi va mamlakatda qolgan xorijiy harbiy kontingentlarning bosqinchi sifatida qabul qilinishini taʼkidladi[94].
  • 6-iyul kuni Afgʻonistonning Bogʻlon viloyatida „Tolibon“ harakati Bogʻlon texnika va kasb-hunar institutini yoqib yubordi[95].
  • 8-iyul kuni „Tolibon“ harakati Afgʻonistonning Badgʻis viloyati Qalʼai Nav shahridagi qamoqxonaga hujum qilib, barcha mahbuslarni ozod qildi[96]. Shuningdek, „Tolibon“ jangarilari Panj daryosi orqali Tojikiston va Afgʻonistonni bogʻlaydigan koʻprik ustiga oʻz bayrogʻini oʻrnatdi[97].
  • 9-iyul kuni Afgʻonistonning Taxor viloyatidagi „Tolibon“ har bir oila bitta qizini harakat aʼzolariga nikohlab berishi kerakligini maʼlum qildi[98].
  • 12-iyul kuni „Tolibon“ harakati Afgʻonistondagi Oʻzbekiston bilan chegaradosh hudud — Balx viloyatida joylashgan Hayraton shahriga hujum qildi[99].
  • 13-iyul kuni „Tolibon“ harakati Afgʻonistonda boʻlib turgan turk askarlari yuzasidan ogohlantirish bilan chiqdi[100]. Xuddi shu kuni Afgʻoniston xavfsizlik kuchlari „Tolibon“ harakatining bosh qoʻmondonlaridan biri Pasha (Pacha) nomi bilan tanilgan jangarini yoʻq qildi[101].
  • 16-iyul kuni Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I „Tolibon“ harakatiga murojaat qilib, uni barcha terroristik guruhlar bilan aloqalarni uzishga chaqirdi[102].
  • 19-iyul kuni Qatarda boʻlib oʻtgan Afgʻonistonaro muzokaralarda Afgʻoniston hukumati va „Tolibon“ harakati vakillari butun Afgʻoniston boʻylab koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq holda virusga qarshi emlanayotgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash uchun barcha zarur choralar koʻrishga kelshib oldi[103].
  • 23-iyul kuni „Tolibon“ Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish uchun mamlakatda yangi hukumat tuzish kerakligi va prezident Ashraf Gʻani isteʼfoga chiqishi zarurligini aytdi[104] va shu kuni kuni Hirot viloyatining Karrux tumanida Afgʻoniston xavfsizlik va mudofaa kuchlari tomonidan oʻtkazilgan qoʻshma operatsiya natijasida „Tolibon“ning 25 nafar jangchisi oʻldirildi, 10 nafari esa jarohatlandi[105].
  • 28-iyul kuni Afgʻonistonning Hirot shahri atrofida afgʻon xavfsizlik kuchlari va „Tolibon“ oʻrtasida toʻqnashuvlar kuchaydi[106].
  • 31-iyul kuni Germaniya hukumati vakillari Dohada „Tolibon“ harakati aʼzolari bilan yashirin uchrashuv oʻtkazdi[107].
  • 2-avgust kuni Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani parlamentdagi chiqishi chogʻida „Tolibon“ harakati avvalgidan koʻra koʻproq zoʻravonga aylanganini aytganidan soʻng „Tolibon“ harakati Ashraf Gʻanining „vaqti tugagani“ni aytdi[108].
  • 3-avgust kuni AQSh harbiy kuchlari Helmand viloyati markazi Lashkargoh shahrida „Tolibon“ harakati aʼzolarini bombardimon qildi[109] va shu kuni Afgʻoniston harbiylari 15 ta viloyatda oʻtkazilgan operatsiyalar davomida rekord miqdordagi „Tolibon“ harakati aʼzolarini oʻldirdi. Ular 455 nafar tolibni oʻldirgan[110].
  • 4-avgust kuni Afgʻonistonning Helmand viloyatida yuz bergan afgʻon harbiylari va „Tolibon“ harakati oʻrtasidagi toʻqnashuv oqibatida 40 nafar tinch aholi vakili halok boʻldi, 118 kishi yaralandi[111] va shu kuni Afgʻoniston hukumati 2020-yil AQSh bosimi ostida qoʻlga olingan „Tolibon“ harakatining 5 ming aʼzosini, jumladan, Afgʻonistonning Helmand viloyati markaziga hujum uyushtirgan „Tolibon“ harakati liderini ozod qilgan. Tinchlik sulhiga koʻra ozod qilingan „Tolibon“ harakati qoʻmondonlaridan biri Mavlaviy Tolib yana minglab mahbuslar bilan „Tolibon“ tarafiga oʻtib jang qila boshladi[112]. Shuningdek, AQSh harbiylari „Tolibon“ harakatining qurol-yarogʻlari va avtomobillar omboriga hujum qildi. Havo hujumi harakatning Lashkargoh shahridagi omboriga qarata uyushtirildi[113].
  • 6-avgust kuni „Tolibon“ harakati Afgʻonistonning sobiq vitse-prezidenti marshal Doʻstumning uyini yoqib yubordi[114]. Shu kuni Kobulda Afgʻoniston hukumatining axborot va media markazi rahbari Davaxan Minapal oʻldirildi[115].
  • 7-avgust kuni Qunduz viloyatining Dasht Archi tumanida Afgʻoniston hukumati qoʻshinlari bilan janglarda 14 nafar tolib bilan birga „Tolibon“ harakati gubernatori oʻldirildi.[116]. Shu kuni „Tolibon“ harakati jangarilari Juzjon viloyati markazi — Shibirgʻon shahrini egallab oldi[117].
  • 8-avgust kuni AQSh Afgʻonistonga „Tolibon“ harakatiga qarshi kurashish uchun „B-52 Stratofortress“ bombardimonchi samolyotlarini yubordi[118]. Shu kuni „Tolibon“ harakati Afgʻonistonning eng yirik shaharlaridan biri boʻlgan Qunduz shahrini egallab oldi[119] hamda Afgʻonistondagi oʻzbeklar jamiyati yetakchisi marshal Abdul Rashid Doʻstumning Juzjon viloyatidagi uyiga bostirib kirib, barcha qurollarini talon-toroj qildi[120].
  • 9-avgust kuni Afgʻonistonning Kobul shahrida „Paktiya Gag“ radiostansiyasi rahbari Toʻfan Omar oʻldirildi, mamlakat janubidagi Helmand viloyatida bir jurnalist oʻgʻirlab ketildi. Mahalliy hukumat vakillari mazkur voqeada „Tolibon“ harakati jangarilarini aybladi[121].
  • 11-avgust kuni „Tolibon“ harakati Afgʻonistonning Farah shahrini qoʻlga kiritdi[122]. Shuningdek, Afgʻonistonning Tojikiston va Oʻzbekiston bilan chegaralari „Tolibon“ nazorati ostiga oʻtdi. „Tolibon“ yetakchilari harakatning qoʻshni davlatlarga hujum qilmasligiga vaʼda berdi[123]. Shu kuni Afgʻonistonning sobiq vise-prezidenti, Afgʻonistondagi oʻzbeklar jamiyati yetakchisi marshal Abdul Rashid Doʻstum „Tolibon“ harakatiga qarshi kurashish maqsadida Kobuldan Mozori Sharifga maxsus samolyotda uchib ketdi[124]. Afgʻonistonning moliya vaziri Xolid Painda „Tolibon“ harakatining hujumi fonida lavozimidan ketib, mamlakatni tark etdi[125]. „Tolibon“ harakati Qandahor shahridagi qamoqxonani egallab olib, yuzlab mahbuslarni ozod qildi[126].
  • 12-avgust kuni Afgʻoniston hukumati qoʻshinlari qaytarib olgan Shibirgʻon va Farah shaharlaridagi aeroportlarni „Tolibon“ qayta bosib oldi[127]. Shuningdek, Afgʻonistondagi oʻzbeklar jamiyati yetakchisi marshal Abdul Rashid Doʻstumning oʻgʻlini „Tolibon“ harakati asirga olgani maʼlum qilindi[128]. Shu kuni „Tolibon“ harakati delegatsiyasining Qatardagi siyosiy idorasi rasmiy vakili Suhayl Shohin Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Qobulovga Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilishga masʼulligini bildirdi[129]. „Tolibon“ harakati Afgʻonistonning ikkinchi eng yirik shahri — Qandahorni egalladi[130] hamda Afgʻonistonning gʻarbiy qismida joylashgan Hirot shahrini oʻz nazoratiga oldi[131].
  • 13-avgust kuni „Tolibon“ harakati Marshal Doʻstumning oʻgʻli, serjant Yormuhammad Doʻstumni qoʻlga olganini eʼlon qildi. Marshal vakilining aytishicha, 7-avgustga oʻtar kechasi, Shibirgʻon shahriga hujum qilinganda Yormuhammad bu hududdan harbiy vertolyot bilan Mozori Sharifga olib ketilgan[132]. „Tolibon“ harakati Helmand viloyatining maʼmuriy markazi boʻlgan Lashkargoh shahrini egallaganini maʼlum qildi[133] va mamlakat poytaxti Kobulga yaqinlashdi. Jangarilar poytaxtdan 50 km uzoqlikda joylashgani maʼlum qilindi[134]. Shu kuni Oʻzbekiston, Turkmaniston va Rossiya diplomatlari Qatarda „Tolibon“ harakatining siyosiy masalalar boʻyicha komissiyasi rahbari bilan muzokara oʻtkazdi[135].
  • 14-avgust kuni „Tolibon“ Balx viloyati markazi Mozori-Sharif shahrini egalladi. Hujum oqibatida afgʻon kuchlari Oʻzbekiston bilan chegaraga qochishga majbur boʻldi[136].

2021-yil 15-avgust. Kobulni egallash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

15-avgust kuni „Tolibon“ harakati Afgʻoniston poytaxti Kobul shahriga hujum boshladi. Kobulga kirish hududida Afgʻoniston harbiylari va „Tolibon“ kuchlari oʻrtasida kuchli toʻqnashuv boshlandi. Shuningdek, shahardagi Puli Charxiy qamoqxonasidan mahbuslar ozod qilindi[137]. Afgʻoniston ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati „Tolibon“ harakati Afgʻoniston poytaxtiga hujum boshlaganini ommaviy axborot vositalariga eʼlon qildi. „Tolibon“ poytaxt gʻarbidagi Kobul universitetini ham oʻz nazoratiga oldi va Kobul tumanlaridan birida oʻz bayrogʻini oʻrnatdi. Qatardagi „Tolibon“ yetakchisi Afgʻonistondagi toliblardan Kobulda zoʻravonlik qilishdan tiyilishni, mamlakatni tark etishga qaror qilgan har bir kishiga xavfsiz oʻtishni taʼminlashni va ayollarni qoʻriqlanadigan hududlarga borishlarini soʻragan[138].

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani yaqin orada oʻz isteʼfosi haqida eʼlon qilishi haqida xabarlar tarqaldi. Gʻanining lavozimni tark etishining asosiy sababi Afgʻonistondagi vaziyat ekani taʼkidlandi va prezident „Tolibon“ harakatiga taklif qilmoqchi boʻlgan sulh rejasi doirasida ketish imkoniyatini koʻrib chiqayotgani aytildi[139]. „Tolibon“ harakati Afgʻonistonning beshinchi yirik shahri hisoblangan Jalolobodni egallab oldi. Nangarhor viloyatidan deputat Abrarulla Murodning maʼlum qilishicha, shahar oqsoqollar buyrugʻi bilan „Tolibon“ga taslim boʻlgan[140].

15-avgust kechga yaqin „Tolibon“ Kobul boʻyicha bayonot berib, shaharga bostirib kirmasligi, kuch ishlatilmasligi, aksincha hokimiyat tinch yoʻl bilan oʻzgarishini maʼlum qildi. Hokimiyatning „Tolibon“ga oʻtish jarayonini taʼminlash uchun muzokaralar olib borildi[141].

Gʻani mamlakatdan ketganidan soʻng „Tolibon“ harakati butun Afgʻoniston hududini nazorat qilayotganini eʼlon qildi. „Tolibon“ oʻz bayonotida mamlakat poytaxtida hech qanday jangovar harakatlar yoʻqligi, harakat butun Afgʻoniston ustidan nazorat oʻrnatganini aytdi[14].

  1. Jibran Ahmad Afghan Taliban names a new leader, but peace talks delayed (Wayback Machine saytida 2015-11-23 sanasida arxivlangan) // Reuters, 30.07.2015
  2. „Rare look at Afghan National Army's Taliban fight“. BBC News. Qaraldi: 2014-yil 18-avgust.
  3. „Taliban attack NATO base in Afghanistan – Central & South Asia“. Al Jazeera. Qaraldi: 2014-yil 18-avgust.
  4. „ISIS reportedly moves into Afghanistan, is even fighting Taliban“ (2015-yil 12-yanvar). 2015-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-mart.
  5. „ISIS, Taliban announced Jihad against each other“ (2015-yil 20-aprel). Qaraldi: 2015-yil 23-aprel.
  6. „Taliban leader: allegiance to ISIS 'haram'“. Rudaw (2015-yil 13-aprel). Qaraldi: 2015-yil 23-aprel.
  7. In ISIS, the Taliban Face an Insurgent Threat of Their Own // The New York Times, 05.06.2015
  8. Samuel Oakford The Taliban Tells the Islamic State to Get the Hell Out of Afghanistan // Vice News, 17.07.2015
  9. „Taliban say gap narrowing in talks with US over Afghanistan troop withdrawal“. Military Times (2019-yil 5-may).
  10. Qazi, Shereena „Deadly Taliban infighting erupts in Afghanistan“ (en). www.aljazeera.com (2015-yil 9-noyabr).
  11. 11,0 11,1 „Afghanistan's warlord vice-president spoiling for a fight with the Taliban“. The Guardian (2015-yil 4-avgust).
  12. Ibrahimi, Niamatullah. 2009. "Divide and Rule: State Penetration in Hazarajat (Afghanistan) from Monarchy to the Taliban", Crisis States Working Papers (Series 2) 42, London: Crisis States Research Centre, London School of Economics
  13. Jonson, Lena. Tajikistan in the New Central Asia, 25 August 2006. ISBN 978-1-84511-293-6. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr. 
  14. 14,0 14,1 „«Толибон» ҳаракати Aфғонистон бутунлай ўз назоратига ўтганини маълум қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  15. „«Толибон» ҳаракати Афғонистон Ислом Амирлиги декларациясини эълон қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
  16. Security Council Committee established pursuant to resolution 1267 (1999) concerning Al-Qaida and the Taliban and Associated Individuals and Entities, 2007-03-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-06-26
  17. Барабанов В. А.. Российский ВПК: история и современность : монография. Альфа, 2002 — 238-bet. 
  18. Serenko A. N. Taliban pered ugrozoy raspada (Wayback Machine saytida 2009-02-16 sanasida arxivlangan) // Informatsionniy portal „Afganistan.ru“, 20.12.2007
  19. V Pakistane talibi zaxvatili 30 politseyskix i soldat // Interfaks, 04.02.2009
  20. „Клинтон увидела в Пакистане «смертельную угрозу» для мира“. Lenta.ru (2009-yil 23-aprel). Qaraldi: 2010-yil 14-avgust.
  21. Amerikanskiy bespilotnik unichtojil lidera pakistanskix talibov // Rossiyskaya gazeta, 01.11.2013
  22. Intervyu s voennim amirom Ittixad islamskogo djixada (Wayback Machine saytida 2014-04-07 sanasida arxivlangan) // sodiqlar.info, 26.03.2014
  23. Afganistan: edinstvenniy voennoplenniy iz SShA osvobojden // Русская служба Би-би-си, 31.05.2014
  24. Bouman M. Zakonodateli trebuyut otvetov na voprosi ob osvobojdenii Bergdala (Wayback Machine saytida 2014-06-06 sanasida arxivlangan) // Голос Америки, 05.06.2014
  25. „Da sind Spuren wie von einer trampelnden Elefantenherde“ (de). Der Tagesspiegel (2002-yil 13-yanvar). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-noyabr.
  26. Joseph Fitchett. „What About the Taliban's Stingers?“ (en). International Herald Tribune (2001-yil 26-sentyabr). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-noyabr.
  27. ROBERT PEAR. „Arming Afghan Guerrillas: A Huge Effort Led by U.S..“ (en). The New York Times (1988-yil 18-sentyabr). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-noyabr.
  28. „Талибы призвали Трампа вывести войска из Афганистана“. РИА Новости (2017-yil 15-avgust).
  29. „Талибы впервые за 17 лет объявили временное перемирие с правительством Афганистана“. Бульвар Гордона. Qaraldi: 2018-yil 20-avgust.
  30. „15 members of uprising force killed in Taliban attacks“. Pajhwok Afghan News. Qaraldi: 2018-yil 20-avgust.
  31. „BBC: “TOLIBON” HARAKATI DELEGATSIYASINING OʻZBEKISTONGA TASHRIFI – MAMLAKAT DIPLOMATIYASI VA TASHQI SIYOSATINING JIDDIY MUVAFFAQIYATIDIR“. Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi. Qaraldi: 2019-yil 14-avgust.
  32. „Tolibon Oʻzbekistonda: muzokaralar qanday o'tdi?“. Amerika ovozi. Qaraldi: 2019-yil 16-avgust.
  33. „В Москву вновь приехали талибы, они встретились с Лавровым“. svoboda.org. Радио Свобода (2019-yil 28-may). Qaraldi: 2019-yil 6-iyun.
  34. Amy Waldman. A Nation Challenged: the Law; No TV, no Chess, No Kites: Talibanʼs Code, from A to Z. // New York Times, 22.11.2001
  35. * Talibi razrushat pamyatniki „neislamskix“ religiy // Utro.ru, 27.02.2001
  36. * Tulskiy M. ООН против талибов // Nezavisimaya gazeta, 01.03.2011
  37. * Musulmanskie strani osudili akt unichtojeniya talibami buddistskix pamyatnikov arxitekturi (Wayback Machine saytida 2013-05-12 sanasida arxivlangan) // RBK, 01.03.2002
  38. Khan J. (Writing by Kamran Haider; Editing by Robert Birsel and Sugita Katyal) Pakistani Taliban blow up schools in Swat (Wayback Machine saytida 2018-11-12 sanasida arxivlangan) // Reuters, 19.01.2009
  39. „Талибы сформировали временное правительство Афганистана“. РИА Новости. 2021-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  40. Talibi dayut Chechne $4 milliona i 24 „Stingera“ // Segodnya, 02.11.1999
  41. Aleksandr Ptashkin. „Taliban“ priznal Chechnyu. Kto priznayot „Taliban“? // Trud, 18.01.2000)
  42. Talibi obʼyavili Rossii svyaщennuyu voynu (Wayback Machine saytida 2012-07-26 sanasida arxivlangan) // Lenta.ru, 15.02.2000
  43. Pavel Tarasenko. Moskva otkazalas drujit s talibami protiv SShA // Kommersantʼ-Online, 20.01.2012)
  44. „Karimov Afgʻoniston boʻyicha tashabbusni qoʻlga olmoqchi“. Amerika ovozi. Qaraldi: 2009-yil 25-iyun.
  45. „Islom Karimov Afgʻoniston boʻyicha xalqaro anjumanlarda ishtirok etadi“. BBC. Qaraldi: 2011-yil 14-oktabr.
  46. „Oʻzbekiston va Afgʻoniston munosabatlarida yangi sahifa“. UzA. Qaraldi: 2017-yil 5-dekabr.
  47. Malik Mansur. „Toshkent Afgʻoniston tinchlik muzokaralarining markaziga aylanmoqda“. Amerika ovozi. Qaraldi: 2018-yil 31-avgust.
  48. „Ўзбекистон «Толибон» гуруҳи олдига қандай шартлар қўйгани очиқланди“. Bugun.uz. 2023-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-iyun.
  49. YouTube logotipi TIA&TW - The New Uzbekistan - Foreign Affairs YouTubeda // ThisIsAmericaTV. 25-Jun. 2021-yil
  50. Taliban kill 17 in Indian embassy bombing in Kabul
  51. „Bombing at Indian Embassy in Kabul Kills 17“. 2014-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
  52. „Пакистанские талибы взяли на себя ответственность за взрыв в Карачи“. Qaraldi: 2011-yil 15-aprel.
  53. „Талибы взорвали сотрудниц благотворительной организации в машине“. Qaraldi: 2011-yil 10-aprel.
  54. „Пакистанские талибы взяли на себя ответственность за теракт в Кветте“. Qaraldi: 2011-yil 7-avgust.
  55. „Талибы взорвали мечеть в Пакистане: более 50 погибших“. Qaraldi: 2011-yil 10-aprel.
  56. Пакистанские талибы взяли на себя ответственность за теракт в Карачи
  57. „Талибы взяли ответственность за взрыв в Пешаваре, унесший до 40 жизней“. Qaraldi: 2011-yil 15-aprel.
  58. „Талибы взяли на себя ответственность за теракт в Пакистане“. Qaraldi: 2011-yil 15-aprel.
  59. „Талибы взяли на себя ответственность за теракт в Пакистане — СМИ“. Qaraldi: 2011-yil 10-aprel.
  60. Deadly blast hits Kandahar
  61. Taliban attack targets U.S. agency in Kandahar
  62. При взрыве в Нангархаре погибли не менее 20 мирных жителей
  63. „В теракте в Кабуле погиб гражданин России“. Qaraldi: 2014-yil 18-yanvar.
  64. „IMF and UN officials killed in Kabul restaurant attack“. Qaraldi: 2014-yil 18-yanvar.
  65. „Ночной кошмар в Кабуле. Хроника теракта, в котором погибли украинцы“. Qaraldi: 2021-yil 20-fevral.
  66. „В афганской провинции Пактика талибы убили школьника за изучение английского языка“. 2012-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
  67. Афганские талибы казнили за шпионаж семилетнего ребёнка
  68. Боевики движения Талибан казнили восьмилетнего ребёнка
  69. „Афғонистон қуролли кучлари базасида кучли портлаш содир бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 24 февраль.
  70. „Афғонистонда ҳарбий вертолёт қулаши оқибатида 3 киши ҳалок бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 1 апрель.
  71. „Афғонистонда ҳарбий вертолёт қулаши оқибатида 3 киши ҳалок бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 3 апрель.
  72. „«Толибон» Афғонистондаги ҳарбий базани портлатиб юборди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 3 май.
  73. 74,0 74,1 74,2 „«Толибон» Афғонистондаги туманлардан бирини қўлга олди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 21 май.
  74. „Афғонистонда бир кунда «Толибон»нинг 250 дан ортиқ аъзоси ўлдирилди“. Bugun.uz. 2021-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
  75. „Афғонистонда бир кунда «Толибон»нинг 140 нафар аъзоси ўлдирилди“. Bugun.uz. 2021-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
  76. „Афғонистонда бир кун ичида «Толибон»нинг 200 дан ортиқ аъзоси ўлдирилди“. Bugun.uz. 2021-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
  77. „«Толибон» Афғонистондаги яна иккита туманни қўлга олганини эълон қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.
  78. „Афғонистонда яна бир туман «Толибон» қўлига ўтди“. Bugun.uz. 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.
  79. „«Толибон» ҳужум орқали Афғонистондаги яна бир туманни қўлга киритди“. Bugun.uz. 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.
  80. „«Толибон» Афғонистондаги яна бир туманни назорат остига олди“. Bugun.uz. 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.
  81. „«Толибон» ҳаракати Афғонистондаги икки туманни қамалга олди“. Bugun.uz. 2021-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-iyul.
  82. „Афғонистон ҳарбийлари 2 туманни «Толибон» ҳаракатидан қайтариб олди“. Bugun.uz. 2021-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-iyul.
  83. „Афғонистонда бир кунда «Толибон» ҳаракатининг 160 нафар аъзоси йўқ қилинди“. Bugun.uz. 2021-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-iyul.
  84. „Афғонистондаги туманлардан бири «Толибон» ҳаракатига ҳеч қандай жангсиз топширилди“. Bugun.uz. 2021-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-iyul.
  85. „Афғонистондаги икки туман «Толибон» ҳаракатидан бутунлай тозаланди“. Bugun.uz. 2021-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 18 июнь.
  86. „Aфғонистонда «Толибон» ҳаракати бир кечада 17 та туманни қўлга олди“. Bugun.uz. 2021-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 22 июнь.
  87. „«Толибон» ҳаракати билан тўқнашувдан кейин Тожикистонга қочган афғон аскарлари Афғонистонга қайтди“. Bugun.uz. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  88. „Афғонистонда «Толибон»нинг бир гуруҳи таслим бўлиб, энди ҳаракатга қарши курашиши маълум қилинди — фото“. Bugun.uz. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  89. „«Толибон» ҳаракати Тожикистон билан чегарадаги яна бир назорат пунктини эгаллаб олди“. Bugun.uz. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  90. „Афғонистондаги туманлардан бири махсус операция орқали «Толибон» ҳаракатидан озод қилинди“. Bugun.uz. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  91. „Тожикистон 300 дан ортиқ афғон аскарларини қабул қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 4 июль.
  92. „«Толибон» ҳаракати 1 суткада Афғонистондаги 13 та туманни назоратга олди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  93. „«Толибон» ҳаракати Афғонистондаги барча хорижий қўшинларга мурожаат қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  94. „«Толибон» ҳаракати Aфғонистондаги институтлардан бирини ёқиб юборди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  95. „«Толибон» ҳаракати Афғонистондаги қамоқхонани эгаллаб, барча маҳбусларни озод қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  96. „«Толибон» тожик–афғон чегарасидаги кўприкка ўз байроғини ўрнатди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  97. „«Толибон» ҳар бир оила 1 та қизини ҳаракат аъзосига турмушга бериши кераклигини айтди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  98. „«Толибон» ҳаракати Ўзбекистон билан чегарадош ҳудудга яна ҳужум қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  99. „«Толибон» ҳаракати Туркияга жиддий огоҳлантириш билан мурожаат қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  100. „«Толибон» ҳаракатининг бош қўмондонларидан бири йўқ қилинди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  101. „Хитой ТИВ «Толибон» ҳаракатига мурожаат қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  102. „Афғонистон ҳукумати ва «Толибон» ҳаракати бир масалада келишувга эришди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  103. „«Толибон» ҳаракати Афғонистон президенти истеъфосини талаб қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  104. „Афғонистонда қўшма операция давомида «Толибон» ҳаракатининг 20 дан ортиқ аъзоси ўлдирилди — фото“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-iyul.
  105. „Афғонистонда хавфсизлик кучлари ва «Толибон» ҳаракати ўртасида тўқнашувлар кучайди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  106. „Германия вакиллари Доҳада «Толибон» ҳаракати билан яширин учрашув ўтказди — ОАВ“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
  107. „«Толибон» ҳаракати Афғонистон президентининг «вақти тугагани»ни айтди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  108. „АҚШ ҳарбий кучлари «Толибон» ҳаракатини бомбардимон қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  109. „Афғонистон ҳарбийлари рекорд миқдордаги «Толибон» ҳаракати аъзоларини йўқ қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-avgust.
  110. „Афғонистонда «Толибон» ҳаракати билан тўқнашув оқибатида 40 нафар тинч аҳоли ҳалок бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
  111. „Афғонистон АҚШ босими остида «Толибон» ҳаракатининг 5 минг аъзосини озод қилди — ОАВ“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  112. „АҚШ «Толибон» ҳаракатининг қурол-яроғ омборига ҳужум қилди — фото“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-avgust.
  113. „«Толибон» ҳаракати маршал Дўстумнинг уйини ёқиб юборди — ОАВ“. Bugun.uz. 2021-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  114. „«Толибон» ҳаракати Афғонистон ҳукуматининг ахборот ва медиа маркази раҳбарини ўлдирди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  115. „Афғонистонда ҳукумат қўшинлари «Толибон» ҳаракатининг яна бир раҳбарини ўлдирди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  116. „«Толибон» ҳаракати Афғонистонда вилоят марказларидан бирини эгаллади“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  117. „АҚШ «Толибон» ҳаракатига қарши бомбардимончи самолётлар юборди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  118. „«Толибон» ҳаракати Афғонистоннинг энг йирик шаҳарларидан бирини эгаллаб олди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  119. „«Толибон» ҳаракати маршал Дўстумнинг уйига бостириб кирди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  120. „«Толибон» ҳаракати афғон радиостанцияси менежерини ўлдириб, журналистни ўғирлаб кетди — ОАВ“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  121. „«Толибон» ҳаракати Афғонистоннинг яна бир шаҳрини қўлга олди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-avgust.
  122. „«Толибон» ҳаракати Афғонистоннинг Ўзбекистон билан чегарасини назорат қилаётгани айтилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  123. „Маршал Дўстум Кобулдан тўқнашув бўлаётган Мозори Шарифга учиб кетди — фото“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  124. „Афғонистон молия вазири «Толибон» ҳаракати туфайли истеъфога чиқди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  125. „«Толибон» ҳаракати Қандаҳордаги қамоқхонани эгаллаб, маҳбусларни озод қилди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  126. „«Толибон» ҳаракати Афғонистондаги 2 та аэропортни эгаллаб олди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  127. „«Толибон» ҳаракати маршал Дўстумнинг ўғлини асир олгани айтилмоқда“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  128. „«Толибон» ҳаракати Афғонистондаги вазиятни тинч йўл билан ҳал қилишини эълон қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  129. „«Толибон» ҳаракати Афғонистоннинг иккинчи энг йирик шаҳрини эгаллади“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  130. „«Толибон» ҳаракати Ҳиротни эгаллаганини эълон қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  131. „Маршал Дўстумнинг ўғли қаерда экани маълум бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
  132. „«Толибон» ҳаракати Лашкаргоҳни ҳам эгаллаганини эълон қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  133. „«Толибон» ҳаракатининг мамлакат пойтахтига яқинлашгани айтилди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  134. „Ўзбекистон Қатарда «Толибон» ҳаракати билан музокара ўтказди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  135. „«Толибон» ҳаракати Ўзбекистонга чегарадош бўлган шаҳарни қўлга олди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  136. „«Толибон» ҳаракати Aфғонистон пойтахтига ҳужум бошлади — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  137. „«Толибон» ҳаракати Кобулга ҳужум бошлагани эълон қилинди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  138. „Aфғонистон президенти истеъфога чиқиб, мамлакатни тарк этмоқчи — ОAВ“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  139. „«Толибон» ҳаракати Aфғонистоннинг бешинчи йирик шаҳрини ўз назоратига олди — видео“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
  140. „«Толибон» ҳаракати Кобул бўйича баёнот берди“. Bugun.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.