Turkash xoqonligi
Turkiy xalqlar tarixi XIV asrga qadar |
---|
Turk xoqonligi 552-744 |
Xazar xoqonligi 618-1048 |
Sirtor 628-646 |
Kangar birlashmasi 659-750 |
Turk Shahi 665-850 |
Turkash xoqonligi 699-766 |
Kimaklar xoqonligi 743-1035 |
Uygʻur hoqonligi 744-840 |
Og'uz Yabg'u davlati 750-1055 |
Qarluk Yabg'u davlati 756-940 |
Qoraxoniylar davlati 840-1212 |
Kansa Uyg'ur davlati 848-1036 |
Qocho 856-1335 |
Bijanak xoqonligi 860-1091 |
Gʻaznaviylar imperiyasi 963-1186 |
Saljuqiylar davlati 1037-1194 |
Dashti qipchoq 1067-1239 |
Xorazmshohlar imperiyasi 1077-1231 |
Keraitlar 11th century-13th century |
Dehli sultonligi 1206-1526 |
Qarluqidlar 1224-1266 |
Oltin Oʻrda 1240s-1502 |
Mamluklar davlati 1250-1517 |
Turkash xoqonligi — ilk oʻrta asr turkiy davlatlaridan biri (699— 766). 7-asrning oxirida Gʻarbiy Tyanshanda koʻchib yurgan turkash qabilalarining boshligʻi Uchelig (699—706), Yettisuvdagi Tan imperiyasi gumashtasi Xusrav Burishodni quvib chiqardi va Chochdan Jungʻoriyagacha oʻz hokimiyatini oʻrnatdi. Natijada yangi turkiy davlat tashkil topdi. Uchelig 2 qarorgohga asos soldi. Biri Navokat sh. Chu daryosi boʻyida, ikkinchisi Kungut sh. Ili daryosi boʻyida joylashgan edi. Davlat 20 tuman — tutuqlnkdan iborat edi. Har birini hokim — tutuq boshqarardi. Uchelig gʻarbiy turklar hukmdorlarining sobiq „oʻn oʻq eli xoqoni“ unvonini qabul qildi. Shu bilan birga u „turkash xoqon“ unvonini ham joriy etdi. Turkash xoqonlari oʻz tangalarini zarb qilganlar. 711—715 yillarda Turkash xoqonligi Sharqiy Turk xoqrnligiga qaram boʻlib turdi. 715 yil Suluk Chobishchurxoqon (715—737) davlat mustaqilligini qaytadan tikladi. U asosan, bosqinchi arab qoʻshinlari bilan urushlar olib borishga majbur boʻlgan. Uning vafotidan keyin (737) Turkash xoqonligida „sariq“ va „qora“ turkash qabilalari oʻrtasida oʻzaro urushlar boshlanib ketgan va 766 yil davlat qarluqlar tomonidan tugatilgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gumilyov L. N., Drevniye tyurki, M., 1967; Istoriya Vostoka, T., 1995.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |