Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Ummu Salama bint Yaʼqub al-Maxzumiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ummu Salama bint Yaʼqub al-Maxzumiy
أم سلمة بنت يعقوب المخزومي
Abbosiy xalifaning xotini
Egalik 750–754
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari
Toʻliq nomi
Ummu Salama bint Yaʼqub ibn Salama ibn Abdulloh ibn al-Valid al-Maxzumiy
Uy Banu Maxzum (tugʻilgan)
Umaviylar and Abbosiylar (nikoh orqali)
Otasi Yaʼqub ibn Salama
Dini Islom

Ummu Salama binti Yaʼqub al-Maxzumiy (arabcha: أم سلمة بنت يعقوب المخزومي) – Abbosiylar sulolasining asoschisi, birinchi abbosiy xalifasi al-Saffohning asosiy rafiqasi. Ummu Salama xalifalik tarixida har ikkala Umaviylar va Abbosiylar sulolasi vakili bilan nikoh orqali aloqada boʻlgan yagona ayol hisoblanadi.

Ummu Salama binti Yaʼqub ibn Salama ibn Abdulloh ibn al-Volid Quraysh qabilasining Banu Maxzum urugʻidan Valid ibn al-Validning (Xolid ibn Validning ukasi) toʻrtinchi avlodi boʻlgan[1]. Otasi Yaʼqub ibn Salama Ayyub ibn Salamaning ukasi edi. Ummu Salamaning otasi va amakisi Banu Maxzumning koʻzga koʻringan vakillaridan boʻlishgan.

Ummu Salama umrining dastlabki yillarini Makka va Madinada oʻtkazgan. U xalifa al-Volid ibn Abdulmalikning oʻgʻli, Umaviylar shahzodasi Abdulazizga (h. 705–715) turmushga chiqqan, biroq uning eri 728 yoki 729-yillarda vafot etgan. Keyinchalik Ummu Salama xalifa Hishom ibn Abdulmalikning oʻgʻli Umaviylar shahzodasi Maslama (h. 724–743) bilan oila qurgan, biroq Maslama ham 740-yillarda vafot etgan. Ummu Salamaning Maslamadan Said ismli oʻgʻli boʻlgan. Said ilk Abbosiylar xalifaligi davrida roviy boʻlgan[2].

Maslamaning vafotidan keyin Ummu Salama birinchi abbosiy xalifasi as-Saffahga (h. 750–754) turmushga chiqqan[1]. As-Saffoh Ummu Salamaga uylangan vaqtda hali xalifa boʻlmagan edi. As-Saffoh Ummu Salamani qattiq yaxshi koʻrgan, boshqa xotinlari orasida hech kimni Ummu Salamadek koʻrmagan. To xalifalikni qabul qilguniga qadar barcha masalalarda xotini bilan maslahatlashgan. As-Saffoh va Ummu Salamaning Muhammad ismli oʻgʻli va Rayta bint as-Saffoh ismli qizi boʻlgan. 761-yilda xalifa al-Mahdiy Xurosondan qaytgach, Raytaga uylangan, Rayta uning birinchi xotini boʻlgan[3]. Shunday qilib, Ummu Salama al-Mahdiyning qaynonasiga aylangan.

754-yilda as-Saffoh vafotidan keyin Ummu Salama abbosiylarning boshqa aʼzosiga turmushga chiqqan boʻlishi mumkin.

Yaʼqub ibn Salamaning qizi Ummu Salamaning xalifa Hishomning oʻgʻli Maslama va birinchi abbosiy xalifasi as-Saffah bilan nikoh orqali qarindoshlik aloqalari boʻlgan[1]. Har ikkalasidan ham farzand koʻrgan. Qizi Rayta abbosiylarning uchinchi xalifasi al-Mahdiyga turmushga chiqqan va Ubaydulloh va Ali ismli oʻgʻillarini dunyoga keltirgan[4].

No. Oila aʼzolari Qarindoshligi
1 Yaʼqub ibn Salama Otasi
2 Ayyub ibn Salama Amakisi
3 Saʼid ibn Maslama Maslama bilan boʻlgan nikohidan tugʻilgan oʻgʻli
4 Muhammad ibn Abdulloh as-Saffoh As-Saffoh bilan boʻlgan nikohidan tugʻilgan oʻgʻli
5 Rayta bint Abdulloh as-Saffoh As-Saffoh bilan boʻlgan nikohidan tugʻilgan qizi
6 Al-Mahdiy Kuyovi
7 Ubaydulloh ibn al-Mahdiy Nevarasi
8 Ali ibn al-Mahdiy Nevarasi
9 Al-Abbos ibn Abdulloh as-Saffoh Oʻz yoki oʻgay oʻgʻli
  1. 1,0 1,1 1,2 Elad 2016.
  2. Bosworth 1994.
  3. Abbott 1946.
  4. Hinds 1991.