Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Valyadolid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ValyadolidIspaniyadagi shahar, Valyadolid provinsiyasining maʼmuriy markazi. Pisuerga daryosi va Kastiliya kanali boʻiida. Aholisi 344 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Muhim temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Avtomobilsozlik va traktorsozlikning yirik markazi. Alyuminiy, toʻqimachilik, kimyo, keramika sanoati rivojlangan. Teri qayta ishlana-di, zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Universitet (1346 yildan) bor. V. 10-asrdan maʼlum. Kastiliya qirollarining sobiqrezidensiyasi. Meʼmoriy yodgorliklardan Santa-Mariya la Antigua (11—14-asrlar), San-Pablo (15-asr) cherkovlari saqlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil