Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Venern

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

VenernShvesiya janubidagi koʻl. Dengiz sathidan 44 m balandlikda. Mayd. 5,5 ming km2 (Yevropada Ladoga va Onega koʻllaridan keyin 3-oʻrinda). Uzunligi 140 km, eni 80 km ga yaqin, chuq. 100 m gacha. Koʻl oʻrni tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan. Qirgʻoqlari past, kuchli yemirilgan, orol koʻp. Koʻlga 30 dan ortiq daryo quyiladi va birgina Gyota-Elv daryosi oqib chiqadi. V. dekabr — yanvar da muz bilan qoplanib, aprelda muzdan boʻshaydi. Kemalar katnaydi. V. Gyoteborg — Stokgolm ichki suv yoʻli (Gyotaka-nal)ning bir qismidir. Eng yirik portlari — shimolida Karlstad, sharqda Mariyestad va janubi-gʻarbda Venersborg .

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil