Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Viktoriya (shtat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Viktoriya — Avstraliya Ittifoqining jan.-sharqidagi shtat. Mayd. 227,6 ming km2. Aholisi 4,5 mln. kishi (1993). Maʼmuriy markazi — Melburn sh. Jan.da bal. 1986 m gacha boʻlgan Avstraliya Alp togʻlari va sohil boʻyida kambar unumdor Gipslend tekisligi bor. Shim.-gʻarbini Murrey daryosining allyuvial tekisligi egallagan. Iqlimi dengiz boʻyida subtropik va yumshoq, Melburnda yanvarning oʻrtacha temperaturasi 20", iyulniki 9". Yillik yogin 600– 1000 mm, tog tizmalarining jan. yon bagrida 2000 mm. Togʻli qismlari asosan evkalipt oʻrmonlari bilan qoplangan. Shim.ga tomon oʻrmonlar siyraklashib, butazorlar, soʻngra quruq dasht boshlanadi. Viktoriyaning maydoni kichik boʻlsa ham (mamlakat hududining 3%), iqtisodiy jihatdan rivojlangan shtat. V.da mamlakat aholisining 1/4 qismi, ekin mayd.ning 1/5 qismi joylashgan va u sanoat mahsuloti qiymatining 1/3 ni beradi. Asosiy sanoat tarmoqlari: metallsozlik va mashinasozlik. Kimyo (mineral oʻgʻitlar), neftni qayta ishlash, samolyotsozlik, toʻqimachilik, harbiy sanoat rivojlangan; jun gazlama va poyabzal korxonalari bor. Asosiy sanoat markazi — Melburn sh. Qoʻngʻir koʻmir (Yallurnda), neft (Leyks-Entransda), oltin (Bedingo va Ballaratda) qazib chiqariladi. Qishloq xo'jaligi yuksak darajada rivojlangan. Bugdoy, arpa, suli ekiladi; bogʻ va tokzorlar koʻp, vino tayyorlanadi. Chorvachiligi koʻp tarmokli, asosan sut, goʻsht-jun yetkazib berishga ixtisoslashgan. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari koʻp. Asosiy portlari — Melburn va Jilong . Melburn-da untlar va institutlar bor. Viktoriya 1907-yilda tashkil etilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil