bobo
Ot
bobo (koʻplik bobos)
Ot
bobo (koʻplik bobos)
Ot
bobo
Ot
bobo
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
bo-bo
Aytilishi
Etimologiyasi
BOBO 'otaning yoki onaning otasi’, ’buva’. Oʻglim b o b o s i b i l a n bozorga ketdi. Qadimgi turkiy tilda ba:ba tarzida talaffuz qilingan bu soʻz asli 'onaning otasi’ maʼnosini anglatgan, keyinchalik maʼnoda kengaynsh voqe boʻlib, ’otaning otasi’ maʼno — sini ham anglnta boshlagan (ЭСТЯ, II, 12); qadimgi tur — kiy tildayoq a: unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolgan (ДС, 76), oʻzbek tilida a unlilari â unlilariga al— mashgan: ba:ba > baba > bâbâ. Soʻzlashuv nutqida bu soʻz buvä tarzida aytiladi: bâbâ > bâbä > bâvä > buvä.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
0. — ota; buva; oqsoqol
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
1 Otaning yoki onaning otasi (nabiraga nisbatan).◆ Boboning tol ekkani — oʻziga nom ekkani. Maqol. n◆ Bobom burgut boqish bilan menga qaradilar. S. Ahmad, Yulduz.◆ Bola bobosini ikki-uch kun koʻrmay ichikib qolgan. S. Ahmad, Ufq.
2 (faqat koʻpl. shaklida) Oʻtmishda yashab oʻtgan qarindosh kishilar, ajdodlar.◆ Agar Bobur mirzo Samarqandni tezroq egalla-masalar, bobolardan qolgan saltanat begona sulola i/shiga oʻtib ketgusidur. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.◆ Bobolardan soʻzladim, ammo Bir zot borkim, baridan suyuk. A. Oripov, Yurtim shamoli.
3 Hurmat yuzasidan qariyalar nomiga qoʻshib ishlatiladi. Murod darrov turib,
- ◆ Hoji bilan cypautdu va nazokat bilan unga joy koʻrsatdi: -Keling, Hoji bobo! Koʻrin-maysiz, kelmaysiz? A. Qahhor, Yillar.◆ Utar boboning otasi Gadoyniyoz bobo ham xon tabibi edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik.◆ Qolaversa, oʻzimizning shoir bobomiz Boborahim Mashrabning haq, haqiqat, adolat haqidagi.. gʻazallarini kim bilmaydi? K. Yashin, Hamza.◆ Rais bobo ularning yonginasiga kelib, otdan tushdi, toʻriq yoʻrgʻani oʻz holiga qoʻyib, dasturxon yoniga horgʻin choʻkdi. N. Fozilov, Diydor.
4 Aziz-avliyolar nomiga qoʻshib ishlatiladi.◆ Shayx Zayniddin bobo. Zangi bobo. m Xizr bobo qoʻlingni baland qilsin. U. Ismoilov, Saylanma.
5 tar. Oʻtmishda Buxoroning katta da-halarini nazorat qiluvchi bosh mirshab unvoni.
6 folk. Oqsoqol, otaxon.◆ Kambagʻallar Togʻayni bobo koʻtargan edi. U kambagʻallarga bosh boʻlib turgan edi. "Rustamxon".
7 Bobo (erkaklar ismi).
- Qor bobo, qorbobo 1) odamning qordan yasalgan shakli va bolalarning shu bilan bogʻliq oʻyini.◆ Bolalar katta qilib Qor bobo yasashdi; 2) archa bayramida qish ramzida yasangan (oq poʻstin va oq qalpoq kiygan) va yangi yil bayramlarini qizdiruvchi kishi. ◆ Birdan eshik ochildi, Kirib keldi Qorbobo. 3. Diyor, Asarlar.
Sinonimlari
Antonimlari
БОБО. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
bo-bo
Ot
bobo (koʻplik bobolar)
Etimologiyasi
Maʼnoviy xususiyatlari
OʻTIL
Ruscha ru
bobo
1 дед, дедушка; ◆ qor bobo дед-мороз;
2 прадед; ◆ bizning ota-bobolarimiz наши предки;
3 прибавляется к именам стариков при почтительном обращении к ним или упоминании о них; ◆ Asror bobo дед Асрар;
4 рел. прибавляется к именам святых: ◆ shayx Zayniddin bobo ;
5 ист. полицейский чин, ведавший одним из главных кварталов Бухары;
6 фольк. староста, старейшина (обездоленных); ◆ Kambagʻallar Togʻayni bobo koʻtargan edi. U kambagʻallarga bosh boʻlib turgan edi («Рустам») Бедняки избрали Тагая старостой. Он руководил ими.
- Asturiya tili
- Astuleonchada ot soʻzlar
- Jinsi yoʻq Astuleoncha maʼnoga ega boʻlgan moddalar
- Galisiyaliklar tili
- Galisiychada ot soʻzlar
- Jinsi yoʻq Galisiycha maʼnoga ega boʻlgan moddalar
- Ispan tili
- Ispanchada ot soʻzlar
- Portugal tili
- Portugalchada ot soʻzlar
- Oʻzbek tili
- Oʻzbek tilining etimologik lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar
- Oʻzbekchada turkiy soʻzlar
- Oʻzbek tilining izohli lugʻati maʼlumotlaridan foydalanilgan maqolalar
- Oʻzbekchada ot soʻzlar