Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

bobo

Vikilug‘atdan olingan

Astuleoncha (ast)

Ot

bobo  (koʻplik bobos)

Galisiycha (gl)

Ot

bobo  (koʻplik bobos)

Ispancha (es)

Ot

bobo

Portugalcha (pt)

Ot

bobo

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

bo-bo

Aytilishi

Etimologiyasi

BOBO 'otaning yoki onaning otasi’, ’buva’. Oʻglim b o b o s i b i l a n bozorga ketdi. Qadimgi turkiy tilda ba:ba tarzida talaffuz qilingan bu soʻz asli 'onaning otasi’ maʼnosini anglatgan, keyinchalik maʼnoda kengaynsh voqe boʻlib, ’otaning otasi’ maʼno — sini ham anglnta boshlagan (ЭСТЯ, II, 12); qadimgi tur — kiy tildayoq a: unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolgan (ДС, 76), oʻzbek tilida a unlilari â unlilariga al— mashgan: ba:ba > baba > bâbâ. Soʻzlashuv nutqida bu soʻz buvä tarzida aytiladi: bâbâ > bâbä > bâvä > buvä.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
0. — ota; buva; oqsoqol

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Otaning yoki onaning otasi (nabiraga nisbatan).◆  Boboning tol ekkani — oʻziga nom ekkani. Maqol. n◆  Bobom burgut boqish bilan menga qaradilar. S. Ahmad, Yulduz.◆  Bola bobosini ikki-uch kun koʻrmay ichikib qolgan. S. Ahmad, Ufq.

2 (faqat koʻpl. shaklida) Oʻtmishda yashab oʻtgan qarindosh kishilar, ajdodlar.◆  Agar Bobur mirzo Samarqandni tezroq egalla-masalar, bobolardan qolgan saltanat begona sulola i/shiga oʻtib ketgusidur. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.◆  Bobolardan soʻzladim, ammo Bir zot borkim, baridan suyuk. A. Oripov, Yurtim shamoli.

3 Hurmat yuzasidan qariyalar nomiga qoʻshib ishlatiladi. Murod darrov turib,

◆ Hoji bilan cypautdu va nazokat bilan unga joy koʻrsatdi: -Keling, Hoji bobo! Koʻrin-maysiz, kelmaysiz? A. Qahhor, Yillar.◆  Utar boboning otasi Gadoyniyoz bobo ham xon tabibi edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik.◆  Qolaversa, oʻzimizning shoir bobomiz Boborahim Mashrabning haq, haqiqat, adolat haqidagi.. gʻazallarini kim bilmaydi? K. Yashin, Hamza.◆  Rais bobo ularning yonginasiga kelib, otdan tushdi, toʻriq yoʻrgʻani oʻz holiga qoʻyib, dasturxon yoniga horgʻin choʻkdi. N. Fozilov, Diydor.

4 Aziz-avliyolar nomiga qoʻshib ishlatiladi.◆  Shayx Zayniddin bobo. Zangi bobo. m Xizr bobo qoʻlingni baland qilsin. U. Ismoilov, Saylanma.

5 tar. Oʻtmishda Buxoroning katta da-halarini nazorat qiluvchi bosh mirshab unvoni.

6 folk. Oqsoqol, otaxon.◆  Kambagʻallar Togʻayni bobo koʻtargan edi. U kambagʻallarga bosh boʻlib turgan edi. "Rustamxon".

7 Bobo (erkaklar ismi).

Qor bobo, qorbobo 1) odamning qordan yasalgan shakli va bolalarning shu bilan bogʻliq oʻyini.◆  Bolalar katta qilib Qor bobo yasashdi; 2) archa bayramida qish ramzida yasangan (oq poʻstin va oq qalpoq kiygan) va yangi yil bayramlarini qizdiruvchi kishi. ◆ Birdan eshik ochildi, Kirib keldi Qorbobo. 3. Diyor, Asarlar.

Sinonimlari

Antonimlari

БОБО. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

bo-bo

Ot

bobo (koʻplik bobolar)

Etimologiyasi

Maʼnoviy xususiyatlari

OʻTIL

bobo
1
дед, дедушка; ◆ qor bobo дед-мороз;
2 прадед; ◆ bizning ota-bobolarimiz наши предки;
3 прибавляется к именам стариков при почтительном обращении к ним или упоминании о них; ◆  Asror bobo дед Асрар;
4 рел. прибавляется к именам святых: ◆  shayx Zayniddin bobo ;
5 ист. полицейский чин, ведавший одним из главных кварталов Бухары;
6 фольк. староста, старейшина (обездоленных); ◆ Kambagʻallar Togʻayni bobo koʻtargan edi. U kambagʻallarga bosh boʻlib turgan edi («Рустам») Бедняки избрали Тагая старостой. Он руководил ими.