Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Jump to content

yetti

From Vikilug‘at

Oʻzbekcha (uz)

[edit]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[edit]

yet-ti

Aytilishi

[edit]

Etimologiyasi

[edit]

YETTI ’olti bilan sakkiz oraligʻidagi butun miqdor’. Ye t t i oʻlchab, bir kes (Maqol). Qadimgi tzfkiy tilda ham shu maʼnoni bildirgan bu soʻz 'maʼlum bir manzilga borib ol-’ maʼnosini anglatgan yet-feʼlidan -i qoʻshimchasi bilan yasalgan (ESTYa, IV, 168; PDP, 388; DS, 259), bu soʻz tarkibidagi t tovushi keyin-chalik qatlangan: yet— + i = yeti > yetti.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[edit]

Maʼnosi

[edit]

1 7 raqami va shu raqam bilan ifodalangan son, miqdor. ◆ Yetti kishi. Yetti soʻm. Yetti metr. Yetti mehnat kuni. Yetti oʻlchab, bir kes. Maqol . ◆ Yomondan qorovul qoʻy-sang, yov yetti boʻlar. Maqol .

2 etn. Vafotning toʻrtinchi kuni oʻtka-ziladigan marosim, maʼraka. ◆ Kecha, odatga muvofiq, nari-beri yetti qilindi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

3 Ayrim soʻzlar bilan qoʻllanib, maʼ-noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. ◆ Yetti uxlab tushimga kirmagan. Yetti qovun pishigʻi bor. yat Mullajon amaki yetti mahallaning katta ustasi. E. Raimov, „Ajab qishloq“ . ◆ "Bolaning koʻngliga qarab rasvo qilyapsizlar, yetti xuftonga qadar yurishga chakki oʻrgandi. Oydin . ◆ Nomi yetti qishloqqa ketgan Buvnisa xonim-a! R. Fayziy, „Choʻlga bahor keldi“ .

Yetti bukilmoq Ortiq darajada izzat-hurmat qilmoq, oʻta sigʻinmoq. Yetti yot begona q. yot 1. Yetti iqlim q. iqlim. Yetti ogʻayni Yaqqol koʻrinib turadigan, choʻmich-simon oʻrnashgan, yetti yulduzdan iborat shimoliy burj (yulduzlar turkumi); Yetti qaroqchi, Katta ayiq. Yetti pusht q. pusht 2. Yetti xuftongacha q. xufton 2. Kichik yetti ogʻayni Qutbga yaqin, choʻmichsimon joylash-gan, yetti yulduzdan iborat shimoliy burj (yulduzlar turkumi); Kichik yetti qaroqchi, Kichik ayiq.

Sinonimlari

[edit]

Antonimlari

[edit]

ETTI. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[edit]

Sifat

[edit]

yetti

yetti
1
semь; ◆ yetti raqami tsifra semь, semyorka; ◆ bunday narsani men yetti uxlab, tushimda ham koʻrgan emasman (bukv. ya semь raz spal, no vo sne takoy veщi ne videl) takoy veщi ya i vo sne ne videl; ◆ yetti oʻlchab, bir kes posl. semь raz otmerь, odin raz otrejь; ◆ pak-pakana boʻyi bor, yetti qavat toʻni bor zagadka rostom nizenьkiy, a na nyom semь xalatov (lukovitsa); sootv. semьdesyat odyojek, i vse bez zastyojek; Yetti Ogʻayni astr. (bukv. semero bratьev) Bolьshaya Medveditsa; Yetti Qaroqchi razg. (bukv. semero razboynikov) to je, chto Yetti Ogʻayni; Kichik Yetti Ogʻayni astr. Malaya Medveditsa;
2 rel. pominanie umershego na chetvyortыy denь posle smerti (chislo 7 slagaetsya iz 3-x nochey i 4-x dney).


Raqam

[edit]

yetti (7)

Tillarda

[edit]