behuzur
Pak qiz
Ot
[tahrirlash]behuzur
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]be-hu-zur
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]BEHUZUR Behuzur boʻl- feʼli tarkibida ishlatiladigan bu kesimlik 'yoʻk' maʼnosini ifodalaydigan tojikcha be- old qoʻshimchasini (ТжРС, 544) 'orom', 'tinchlik' maʼnosshsh anglatadigan arabcha huzur I otiga (ARS, 179) qoʻshib hosil qilingan (ТжРС, 70); Behuzur boʻl- feʼli 'yomon kayfiyatli xolatda boʻl-' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 110).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
be.. + huzur
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]Bezovta, halovatsiz. ◆ Tuni bilan aloq-chaloq tush koʻrib chiqqani uchunmi, oʻzini behuzur sezdi. "Yoshlik".
- Behuzur boʻlmoq; Oʻzini allanechuk yomon his etmoq. ◆ [Elmurod] Behuzur boʻlib, saraton issigʻiga chidamagan semiz odamday toʻlgʻandi. P. Tursun, „Oʻqituvchi.“
- Koʻngli behuzur boʻlmoq; Koʻngli allanechuk yomon boʻlmoq. ◆ Denisov.. koʻngli behuzur boʻlib, qattiq oʻqchidi. Oybek, „O. v. shabadalar.“
- Koʻnglini behuzur qilmoq; Koʻnglini aynitib, allanechuk yomon ahvolga solmoq. ◆ Toʻgʻrisini aytganda, gap tinglash ham koʻngilni behuzur qiladi. A. Qodiriy, „Obid ketmon.“ ◆ Nusratbekning tomogʻi achishdi, achchiq tamaki hidi va taxir taʼmi koʻnglini behuzur qildi. S. Nurov, „Maysalarni ayoz urmaydi.“ ◆ Iliqqina suv yuragini ozdirib, koʻnglini behuzur qildi. "Saodat".
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]БЕҲУЗУР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]OʻTIL
Ot
[tahrirlash]behuzur (koʻplik behuzurlar)
Ruscha ru
behuzur
чувствующий себя плохо, дурно; ◆ koʻngli behuzur boʻldi он почувствовал себя плохо, ему стало не по себе; его затошнило; ◆ behuzur qilmoq 1) причинять неприятные ощущения; беспокоить (о боли, неосознанной тревоге и т. п.); вызывать тошноту, ◆ dori koʻnglimni behuzur qilyapti от (этого) лекарства мне стало дурно.