Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

issiq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

is-siq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

ISSIQ I 'harorati maʼlum meʼyordan yuqori’. Qoʻllaring muncha i s s i h ? Bu sifat qadimgi turkiy tilda 'harorati koʻtaril-’ maʼnosini anglatuvchi ïsï-feʼlidan (ЭСТЯ, I, 670) -gʻ qoʻshimchasi bilan yasalgan (ДС, 220), keyinchalik oʻzbek tilida bu soʻz tarkibidagi s undoshi qatlangan, soʻz oxiridagi gʻ undoshi q undoshiga almashgan, ï unlilarining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: ïsï- + gʻ = ïsïgʻ > ïssïgʻ > issiq.

ISSIQ II ’harorat’. Kasalning i s s i gʻ i ba— land edi. Bu ot issiq sifatidan maʼno taraqqiyoti yoʻli bilan oʻsib chiqqan: ’belgi’ —> ’shunday belgiga ega narsa'.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

ot Jism tarkibidagi mole-kulalar harakati (yonish, kimyoviy reaksiya va sh.k.) natijasida yuzaga keladigan va jismlarni qizdiradigan, isitadigan ki-netik energiya; issiqlik, harorat. Quyoshning issigʻi. Olovning issigʻi. n ◆ Issiq birmuncha boʻshashgandek tuyulsa ham, dimlik zaptida edi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . ◆ Sharofat-xon.. supaning chetiga kelib oʻtirdi, oq shohi roʻmoli bilan yelpinib, issiqdan shikoyat qil-di. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

2 ot Kasallikda yuzaga keladigan (koʻta-riladigan) harorat; isitma. Oftob oyim erining soʻzini kuchlab tushdi: Issigʻi bor, yuzi ham qizarib, boʻrtib turibdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Issigʻim koʻpligidan suv ustiga suv ichar edim. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.

3 sft. Yuqori haroratli, biror manba harorati bilan isigan, qizigan; issiq holatli. ◆ Issiq suv. Havo issiq. n ◆ Shundoq issiq kunda qora qoʻylak kiyishidan azador-ligi bilinib turardi. S. Ahmad, „Ufq“ . ◆ Sher-bek uning qoʻlini issiq kaftlari orasiga oldi. S. Anorboyev, „Oqsoy“ .

4 sft. Issikdikni saqlaydigan, issiq tutadigan. ◆ \Egnida\ Issiq va yangi palto, oyogʻida ichi jun botinka, qorakoʻl qalpoq, qorni toʻq.. Mirmuhsin, „Umid“ . ◆ Issiq kiy-ingan yoʻlovchilar dam-badam burun va quloq-larini ushlab, oʻz tashvishlari bilan yugurib-yelardilar. Oʻ. Usmonov, „Sirli sohil“ .

5 ot Qozon ovqati, pishirilgan (is-siq) taom. ◆ Yaxshiyam shu qoʻshning bor ekan, du-gonang. Boshim yostiqqa tekkanda, oʻzi, bo-lalari oʻtib, bir qoshiq issiq qilib beradi, doʻxtir chaqirib keladi. S. Nurov, „Narvoy“ . ◆ Kechadan beri [Kumushning] ichiga issiq kir-gani yoʻq. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Hamma-miz deyarli har kun bir qoshiq issiqqa muh-tojmiz. A. Qodiriy, „Kichik asarlar“ .

6 sft. koʻchma Kishiga xush keladigan; yoqimli. ◆ Yulduzxon unga yengilgina bosh irgʻadi va bir kulib qaradiki, Muhiddin shu vaqtga-cha qizlar kulgisining bu qadar jozibali, chiroyli, issiq boʻlishini sira uchratmagan edi. R. Fayziy, „Choʻlga bahor keldi“ . ◆ Luqmoncha xuddi yumalaganday yugurib, medpunktga kirib bo-rarkan, Elchibek u ni chaqirib, bir issiq gap aytgisi keldi. A. Muxtor, „Tugʻilish“ .

Issiq joy (yoki oʻrin) Oʻzi yashayotgan, oʻzi oʻrgangan joy (oʻrin). ◆ Mavlon bilan Navroʻz oʻz issiq joylarini tashlab.. kol-xozning paxtasini gʻayrat bilan terayotgan yoshlarning ishlaridan hayron qoldilar. S. Ayniy, „Qullar“ . ◆ Sababi boʻlmasa, kim issiq oʻrnini tashlab, qum tepaliklari orasida sargardon boʻlib yuradi! Mirmuhsin, „Meʼmor“ . Issiq jon Tirik organizm, jumla-dan, odam hayotida har xil holatlarning yuz berishi mumkinligini bildiradi, shuni qayd etadi. ◆ Issiq jon. Men ogʻrib yotarman, bir qoshiq suvga muhtoj boʻlarman. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ . ◆ Issiq jon deydilar, jon boʻlsa boʻlar, Payt kelsa, chechak ham sar-gʻayar, soʻlar. A. Oripov, „Yillar armoni“ . Is-siq urishi (yoki elitishi) Organ izmga uzoq vaqt (davomli) issiq havo yoki infraqi-zil nurlar taʼsir etishi oqibatida orga-nizmda issiqlik boshqarilishining izdan chiqishi bilan yuzaga keladigan oʻtkir patologik holat. ◆ Yozda, saratonda yoki issiq binoda uzoq ishlaganda, issiq elitishi mum-kin. "OʻzME" . Issigʻida Vaqti gʻanimatda. Buva naridan-beri choyini ichib, yana yoʻlga tushdi. Omonatni issigʻida egasiga topshi-rish kerak-ku.. Mirmuhsin, Bir xumcha til-la. Yo bu uydan issigʻida keting, yo xulqingiz-ni tuzatib oling! H. Gʻulom, Toshkentlik-lar. Istarasi issiq q. istara Koʻzga issiq koʻrinmoq 1) maʼqul va yoqimli koʻrinmoq. ◆ Dadasi deyman, doʻstingiz Olimjonni juda maqtab yubordi-yu.. qizingiz bir narsani bi-lar ekan-da, haytovur, shu yigit koʻzimga issiq koʻringan edi. O. Yoqubov, „Chin muhab-bat; 2) tanishdek koʻrinmoq“ . ◆ Hoy, menga qarang, koʻzimga issiq koʻrinasiz. Yopiray, Karim aka, meni tanidingizmi? N. Safarov, „Sharq tongi“ . Odamning yuzi issiq Koʻz koʻzga tushganda, har qanday holatda ham odamning (insonning) eʼtibori sakdani-shini qayd etadi. ◆ Mahmud bobo boshliqni topib olib, boplab soʻkmoqchi edi. Lekin odamning yuzi issiq-da, unga duch kelib, koʻzlari koʻziga tushgach, ancha boʻshashdi. Gazetadan . Te-mirni issigʻida bosmoq ayn. temirni qizi-gʻida bosmoq q. temir.

=== Sinonimlari ===q aynoq

Antonimlari

[tahrirlash]

ИССИҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

Sifat

[tahrirlash]

issiq

issiq
1
теплота; жар, жара, зной; // тёплый; горячий; жаркий, знойный; // тепло; жарко; ◆ bugun juda ham ~ сегодня очень жарко;◆ kun ~ день жаркий; kun issigʻida на жаре; ◆ ~ joy тёплое место; жильё; issigʻi baland у него высокая температура; у него жар;◆ ~ kiyimlar тёплые (зимние) вещи, тёплая одежда; ◆ ~ muomala тёплое обхождение, ласковое обращение; ◆ ~ soʻzlar тёплые, проникновенные слова;
2 перен. приятный, милый привлекательный; красивый (о человеке); ◆ yuzi ~ у неё милое лицо; ◆ Yor koʻziga ~ koʻrinay, Balki ishqi oshar degansan (С. Жўра) Ты говорила: „Я хочу показаться красивой милому, Может быть он полюбит ещё сильнее“; ◆ koʻzga ~ koʻrinmoq 1) показаться приятным; 2) показаться знакомым;
3 физ. теплота; * issigʻida ketaver (букв. уходи по горячему) уходи, пока не поздно; issigʻingda qot! бран. чтоб ты пропал!; ◆ ~ jon живое существо.