Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

qaramoq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qa-ra-moq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

QARA- 'koʻrish uchun koʻzni yoʻnaltir—', ' nazar tashla-'. Hamdam dadasiga qaraganicha uzoh turib qoldi (Abdulla Qahhor). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu feʼl asli qara— tarzida talaffuz qilingan (ДС, 424); keyinchalik oʻzbek tilida a unlilari ä unlilariga almashgan: qara— > qärä—.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Koʻrish uchun koʻzni biror tomonga, narsa yoki kimsaga yoʻnaltirmoq, koʻz tashlamoq, nazar solmoq; boqmoq. ◆ At-rofga qaramok■ Soatga qaramoq■ Bulutlar-ga karamok. Tikilib karamoq■ Kulib qara-mok■ Xoʻmrayib qaramoq. n Hakimboyvachcha yalt etib ukasiga karadi. Oybek, Tanlangan asarlar. Hamdam dadasiga karaganicha, uzok turib qoldi. A. Qahhor, Ayb kimda? ◆ -Menga kara, xotin! — dedi hoji jiddiy tusda. Oʻzbek oyim qaradi. A. Qodiriy, „Oʻt-gan kunlar“ .

2 Fikran nazar tashlamoq, koʻz tikmoq, boqmoq, koʻz oldiga keltirmoq. Oʻtmishga bir karang. Kelajakka ishonch bilan karamok-

3 Koʻzdan kechirmoq, nazar solmoq, tek-shirmoq. ◆ Xatni qarab chikdim, aytilgan gaplarda jon bor. "Sharq yulduzi" . ◆ [Homid:] Eshikning zanjiriga bir qarab kelingiz-chi, imon topkur Jannat ona. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Ular bir necha koʻchani qunt bilan qarab chiqib, choyxona topolmadilar. Oybek, „Quyosh qoraymas“ . ◆ Qizing qani, de-dim. "Uyda edi, qayoqqa borardi", dedi. U yoq-ni qaradik, bu yoqni qaradik, yoʻq. Shu qo-rongʻida qayoqqa boradi? Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

4 Yuzlanmoq, yuzini (betini) bir tomonga qaratmoq. ◆ Uyalib, yerga qaradi. yaya Dodam indamay, teskari qarab oldilar. E. Raimov, „Ajab qishloq“ . Nuri derazaga qa-rab, hovlida Yormatning qorasi oʻchar-oʻchmas, Gulnorga dedi.. Oybek, Tanlangan asarlar. ◆ Yigit koʻkka qarab, tinch uxlar edi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

5 Eʼtiborda, munosabatda boʻlmoq, yon-dashmoq. ◆ Ammo eng katta nuqsoni shunda ediki.. oʻqiganlariga tanqidiy yondashib, oʻz nuqtai nazaridan qaramasdi. S. Karomatov, „Oltin qum“ . ◆ Siz bu ehtimolga qanday qaray-sizlar? A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Nima uchun bola tarbiyasiga sovuqqonlik bilan qaragan oʻqituvchiga qonun yoʻq, chaqir bu yoqqa Ham-damni! A. Qahhor, „Asarlar“ .

6 Ish-mashgʻulot, kimsa yoki narsaning tarbiyasi va sh.k. bilan mashgʻul boʻlmoq; shugʻullanmoq; koʻz-quloq boʻlmoq; davola-moq, parvarish qilmoq. ◆ Otga qaramoq. Ekinga qaramoq. Bolaga qarab turmoq. yat Mana, siz, bitta oʻzingiz oʻttiz ikkita mashinaga qarar ekansiz. A. Qahhor, „Iillar“ . ◆ Endi ishingga qara, bolam.. S. Siyoyev, „Yorugʻ-lik“ . Saidmurod aka uch kun ham xotinining tepasidan jilmadi, hoʻl-qurugʻiga oʻzi qa-radi. N. Qobil, Bemorlar. ◆ -Endi mening ho-lim yoʻq senlarga qaraydigan, — deb buvim yigʻlab yubordilar. E. Raimov, „Ajab qishloq“ . ◆ Hamma qoʻli boʻshaganda yigʻlaydi, sen yigʻi-dan boʻshamaysan. Na oʻzingga qaraysan, na uy-ga. A. Qahhor, „Asror bobo“ .

7 Eʼtibor bermoq, nazarda tutmoq, hi-sobga olmoq. ◆ Birovning raʼyiga qaramoq. Qosh-qovogʻiga qaramoq. n ◆ Uy qiladigan boʻlsangiz, mening ham ixtiyorimga qarang-da. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . ◆ Oʻzing nega onamizning roziliklariga qaramagan eding? A. Qahhor, „Ogʻriq tishlar“ . ◆ Eri unga [Zay-nabga] oylab, yillab qaramay qoʻyganida ham, u "ix" deb tovush chiqarmadi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

8 s. t. Yeb-ichmoq, olmoq. ◆ Mehmonlar, ovqatga qarab oʻtiringlar. shsh Dani, non ol, uzumga qara. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

9 Bogʻliq boʻlmoq, ahamiyati boʻlmoq. ◆ Aql yoshga qaramaydi. yash -Ha, uch yarim mehnat ishlaydigan odamga oʻxshamaydimi ? -Jussa-ga qaramas ekan-da. -Nega, jussaga ham qaraydi. Jussasi yomonmi ? A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . ◆ Yaxshi er-xotin boʻlish qoʻlning qattiq-yumshoqligiga ham qaramas ekan-ku! A. Qahhor, „Maston“ .

10 Kimsaga ergashmoq, taqlid qilmoq, unga boqib, uning belgi-xususiyatlari boʻ-yicha ish tutmoq. ◆ Sizga qarab oʻzini sipoh tutyapti. Odamning husniga qarama, aqliga qara. sht Boshqalarga qarash kerakmas, bosh-qalar bizga qarasin, koʻrsin, oʻylasin. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .

11 Yuzi, betkay tomoni bilan biror narsaga yoki tomonga roʻbaroʻ turmoq. ◆ De-razalari janubga qaragan uy. Toqqa qara-gan shiypon.

12 Ixtiyorida boʻlmoq (tasarrufi, bo-qimi va sh.k. jihatdan). ◆ Bu bogʻlar qoʻshni tumanga qaraydi. yat Bedapoyaning naryogʻi uchinchi brigadaga qaraydi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . ◆ Yetti bolam bor. Onam bor, xotinim — hammasi boʻlib oʻn kishi menga qaraydi. J. Sharipov, „Xorazm“ .

13 Muhokamasini tashkil etmoq, mu-hokamasini oʻtkazmoq; koʻrmoq. ◆ Sud sizning ishingizni ertaga qaraydi.

14 Kutmoq, poylamoq, koʻz tutmoq. ◆ Biz sizga ikki soatcha qaradik. m ◆ Sening chi-qarishingga qarab, qoʻsh mahalini oʻtkazib yuboraymi? A. Qahhor, „Qoʻshchinor chirok-lari“ .

15 (deb soʻzi bilan qoʻllanadi) ..deb tu-shunmoq, bilmoq, hisoblamoq, oʻylamoq. ◆ Hammani oʻziga doʻst deb qaramoq. n ◆ Hozi ham, Asad qori ham jadid maktablariga qarshi edi, ular bu xil maktablarga diniy maktablarning goʻrkovi deb qarar edilar. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . ◆ Bu xotinlar-dan hech biri qilayotgan ishiga, kasb-koriga sababi tirikchilik deb qaramaydi. A. Qahhor, „Xotinlar“ .

16 (2-sh. buyr. m. shaklida — qarang, qara) Ajablanish, oʻylamaganlik, kutmaganlik maʼnosini (eʼtiroz, norozilik yoki mam-nunlik maʼnosi bilan) bildiradi. ◆ Aksiga bugun yomgʻir yoqqanini qarang. yash Xoinlik qilib qoʻyib, yana munofiqlik qilganini qarang-a! B. Rahmonov, „Bahor arafasi“ . ◆ Xayolni qarang, axir sizga parafin olib kelgan edim-ku! S. Karomatov, „Oltin qum“ . ◆ Baraka topkurni qarang, taqsir.. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ . ◆ Nayrangbozlikni qara, evi bilan boʻladi-da! Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

17 (1-va 3-sh. shart mayli shaklida — qarasam, qarasa) "Eʼtibor bersam", "diq-qat qilsam" maʼnosini bildiradi. Bir mahal karasam, temir yoʻlda ketayapman. E. Raimov, Ajab qishloq. Shunaqa qilib, qa-rasak, ellikboshi qoʻymaydigan.. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. ◆ Jonfigʻon uning oʻqishiga "notavon koʻngil.. orzuga ayb yoʻq" degan nazar bilan qarab yurar ekan, bir vakt karasaki, Malohat kursni bitirib, gruzovoy [yuk mashinasi/ minib yuribdi. A. Qahhor, „Qanotsiz chittak“ .

18 koʻm. fl. vazifasida. Yetakchi feʼldagi ha-rakatning sinab koʻrish, bilish, tajriba, sinovdan oʻtkazish harakati ekanini bildiradi. ◆ Tabib.. tovokdagi kusuqni hidlab qaradi.. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . Oʻrmon-jon bu yillarni surishtirib karasa, tosh-qin taxminan har oʻn-oʻn ikki yilda bir martaba boʻlar ekan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. ◆ Hushyor paytlarida u oʻzining ahvolini oʻylab qarar, nazarida, dahshatli tush koʻrayotganga oʻxshab ketar edi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .

Yer ostidan (yoki tagidan) qaramoq Yuzi-ni yerga qaratgan holda qaramoq. ◆ Uning ol-didagi hammol, yomon nazar bilan yer ostidan qarab, yuzini teskari burdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . Yerga qaramoq Noqulay, xijolatli holga tushmoq. ◆ ..bitta-yarimta eshitgudek boʻlsa, biz yerga qararlik boʻl-maylik, oʻltirishning katta iltimosi siz-dan — shu! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . Koʻ-zingga qara K- koʻz 3. Ola qaramoq k- ola. Ogʻziga qaramoq q. ogʻiz. Tik qaramoq Tap tortmay, dadil yuzlanmoq, qaramoq. ◆ Dil-fuza salom ham bermay, uning koʻziga tik qaradi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ . ..umrida birinchi marta eriga tik karab: -Kim sizni tushungan odam deydi! — dedi. Mirmuhsin, Topilgan husn. Qarab tur Doʻq-poʻpisa, jazolash haqidagi taʼkidni bildiradi. ◆ Qarab tur, dadang kelsin! Shunday tanobingni torttirayki.. N. Safarov, „Olovli izlar“ . Mahalladagilardan biriga: -Hali karab tursin! — dedi. Shukrullo, Ja-vohirlar sandigʻi. Qarab turmoq 1) koʻz-qu-loq boʻlib, nazorat qilib turmoq. Men bozorga borib kelguncha, bolalarimga karab turing, koʻshni; 2) kutmoq, kutib turmoq. Pulingiz yoʻk boʻlsa, nega nevarangizni pul topguncha koʻmmay, karab turmadingiz. B. Rahmonov, Bahor arafasi; 3) faoliyatsiz, hech qanday munosabatsiz holda boʻlmoq. - ◆ Ona shoʻrlik bolasi uchun oʻzini oʻtga tashlaydi. Men ham qarab turmayman, dedi Gʻulom-jon. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o. Olimjon aka, siz chora koʻravering, karab turmang. Oybek, Tanlangan asarlar. Podshoh bizning doʻstlarimizni oʻkqa tutsa ham, karab tura beramizmi? "Yoshlik".

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҚАРАМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]