Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Bulletin of Gulistan State University Volume 2020 Issue 4 Article 18 12-30-2020 FROM THE HISTORY OF UZBEKISTAN'S COOPERATION WITH UNESCO Obid Rakhimovich Nazarov Gulistan State University, o.nazarov@mail.ru Rustam Abduvaid oglu Nematov Gulistan State University Follow this and additional works at: https://uzjournals.edu.uz/gulduvestnik Part of the Higher Education Administration Commons Recommended Citation Nazarov, Obid Rakhimovich and Nematov, Rustam Abduvaid oglu (2020) "FROM THE HISTORY OF UZBEKISTAN'S COOPERATION WITH UNESCO," Bulletin of Gulistan State University: Vol. 2020 : Iss. 4 , Article 18. Available at: https://uzjournals.edu.uz/gulduvestnik/vol2020/iss4/18 This Article is brought to you for free and open access by 2030 Uzbekistan Research Online. It has been accepted for inclusion in Bulletin of Gulistan State University by an authorized editor of 2030 Uzbekistan Research Online. For more information, please contact sh.erkinov@edu.uz. * GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI * * Gumanitar -ijtimoiyfanlar seriyasi, 2020. № 4 * УДК 1(09).297.16 FROM THE HISTORY OF UZBEKISTAN'S COOPERATION WITH UNESCO O’ZBEKISTONNING YUNESKO BILAN HAMKORLIK ALOQALARI TARIXIDAN ИЗ ИСТОРИИ СОТРУДНИЧЕСТВА УЗБЕКИСТАНА С ЮНЕСКО Назаров Обид Рахимович, Неъматов Рустам Абдуваид ўғли Гулистон давлат университети,120100. Сирдарё вилояти, Гулистон шаҳри E-mail:o.nazarov@mail.ru, rustam.nematov.1991@mail.ru Abstract.In the articleUzbekistan's accession to international documents developed and adopted within the framework of UNESCO contributes to the international legal protection of our cultural heritage by the world community, Uzbekistan's scientific potential, science, culture, historical programs, unique archeological and architectural complexes, national and spiritual masterpieces. Along with the wide range of opportunities to promote and increase the effectiveness of their work in this area, the further development of our legislation in this area, as well as the further development of education, science, culture, information and communication technologies in Uzbekistan. and focuses on opportunities to help it stay strong in its place among influential states. The reason is that the state independence of Uzbekistan is a legitimate result of the hard and arduous struggle of our people for many years. Now the fate of our people is in their hands, they are working hard to strengthen the independence of their country. As an independent state, Uzbekistan has become a party to international conventions and influential world organizations such as the UN, OSCE and ILO. Since gaining its independence, Uzbekistan has taken the path of establishing and developing interstate relations with influential countries around the world, defining the main directions of foreign policy and finally joining UNESCO, one of the 15 specialized organizations of the United Nations. The results of the cooperation since its accession in October to the present are described in the article. The article also covers the relations of our country with UNESCO and its history during the period of national independence. Finally, Uzbekistan's integration into the world community, mutually beneficial political, diplomatic, economic and cultural ties with the world's largest, developed countries are widely covered. The most important thing is that in a short historical period, Uzbekistan has taken a worthy place in the world community, rising to the level of a state with its own independent voice on global issues. Key words:UN, UNESCO, "Silk Road - the way of communication", UNICEF, UNCTAD, GATT, UNEVOC, OSCE, ILO, International Convention, "Songs of the East". Аннотация. В Международных документах разработанном и принятым в сфере присоеденение Узбекистана в ЮНЕСКО способствует международно-правовой защите нашего культурного наследия мировым сообществом, научного потенциала Узбекистана, науки, культуры, исторических программ, уникальных археологических и архитектурных комплексов, национальных и духовных шедевров. Наряду с широким спектром возможностей по продвижению и повышению эффективности своей работы в этой сфере, дальнейшее развитие нашего законодательства в этой сфере, а также дальнейшее развитие образования, науки, культуры, информационных и коммуникационных технологий в Узбекистане. и фокусируется на возможностях, которые помогут ему оставаться сильным среди влиятельных государств.Поскольку государственная независимость Узбекистана является естественным 3 * GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI * * Gumanitar -ijtimoiyfanlar seriyasi, 2020. № 4 * результатом напряженной и трудной борьбы нашего народа на протяжении многих лет. Теперь судьба нашего народа в своих руках, они много работают над укреплением независимости своей страны. Как независимое государство Узбекистан стал участником международных конвенций и влиятельных мировых организаций, таких как ООН, ОБСЕ и МОТ. С момента обретения независимости Узбекистан встал на путь установления и развития межгосударственных отношений с ведущими странами мира, определив основные направления внешней политики и, наконец, присоединился к ЮНЕСКО, одной из 15 специализированных организаций ООН. О результатах сотрудничества с момента присоединения в октябре до настоящего времени рассказывается в статье. В статье также освещаются отношения нашей страны с ЮНЕСКО и ее история в период национальной независимости. Наконец, широко освещается интеграция Узбекистана в мировое сообщество и взаимовыгодные политические, дипломатические, экономические и культурные связи с крупнейшими и наиболее развитыми странами мира. Самое главное, что за короткий исторический период Узбекистан занял достойное место в мировом сообществе, поднявшись до уровня государства с собственным независимым голосом по глобальным вопросам. Ключевые слова: ООН, ЮНЕСКО, «Шелковый путь - путь общения», ЮНИСЕФ, ЮНКТАД, ГАТТ, ЮНЕВОК, ОБСЕ, МОТ, Международная конвенция, «Песни Востока» YUNESKO doirasida ishlab chiqilgan va qabul qilingan xalqaro hujjatlarga O’zbekistonning qo’shilishi madaniy boyliklarimizning jahon hamjamiyati tomonidan xalqaro huquqiy himoya qilinishiga, O’zbekistonning ilmiy potensiali, fani, madaniyati, tarixiy dasturlari, noyob arxeologik va me’moriy majmualarini, milliy va manaviy durdonalarini targ’ib qilishga va bu sohadagi ishlarining samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar ochib berilishi bilan birga ushbu sohaga tegishli qonunchiligimizning yanada rivojlanishiga, shuningdek, O’zbekistonda ta’lim, fan, madaniyat, informatika va kommunikatsiya texnologiyalarining yanada taraqqiyot sari rivojlanib, jahondagi eng ilg’or va nufuzli davlatlar qatoridagi o’z o’rnida muhkammal qolishiga yordam beradigan imkoniyatlarga e’tibor qaratilgan. Sababi, O’zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida olib borgan og’ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasidir. Endilikda xalqimizning o’z taqdiri o’z qolida, o’z mamlakatining mustaqilligini mustahkamlash yo’lida astoydil mehnat qilmoqda. O’zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro Konventsiyalarga va BMT, EXHT, XMT kabi jahonning nufuzli tashkilotlarigi a’zo bo’ldi.[1] O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan kunidan boshlab jahondagi nufuzli mamlakatlar bilan davlatlararo aloqalar o’rnatish va uni rivojlantirish yo’lini tutdi, tashqi siyosatning asosiy yo’nalishlarini belgilab oldi va nihoyat BMT ning 15 ta ixtisoslashgan tashkilotlaridan biri-YUNESKO ga 1993-yilning 29-oktyabrida a’zo bo’lgan davrdan boshlab, hozirgi kungacha bo’lgan xamkorlik natijalari maqolada bayon etilgan. Shuningdek, maqolada vatanimizning milliy istiqlol davridagi YUNESKO tashkiloti bilan aloqalarini va uning tarixini yoritishga kengroq o’rin berilgan. Va nihoyat, O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, dunyodagi yirik, rivojlangan mamlakatlar bilan o’zaro manfaatli siyosiy-diplomatik, iqtisodiy, madaniy aloqalari keng yoritilgan. Eng asosiysi O’zbekiston tarixan qisqa muddatda jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashi, global masalalarda o’zining mustaqil ovoziga ega bo’lgan davlat darajasiga ko’tarilishiga oid ma’lumotlar o’rin egallagan. Tadqiqot obekti va qo’llanilgan metodlar O’zbekiston bilan YUNESKO hamkorligi masalasi o’rganilganda, ushbu hamkorlikning barcha qirralari kabi, uning xalqaro huquqiy jihatlarini o’rganish ham bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 4 * GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI * * Gumanitar -ijtimoiyfanlar seriyasi, 2020. № 4 * O’zbekistonning BMT homiyligidagi ta’lim, fan va madaniyat bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993-yil 29-oktabrda YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida O’zbekistonni YUNESKO ga a’zolikka qabul qilinishi olamshumul voqea hisoblanadi. 1994-yil dekabrda respublikamizda YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo’lib, tarkibiga ta’lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a’zo bo’ldi. YUNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o’rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bergan holda "Ipak yo’li - muloqot yo’li" deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. 1995-yil iyul oyida YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning O’zbekistondagi rasmiy tashrifi chog’ida 1995-yil iyul oyida mazkur institut ochildi. Shu tariqa, O’zbekistonning YUNESKO bilan xamkorligiga keng imkoniyatlar yaratildi, natijada YUNESKO bilan fan, madaniyat, maorif sohalarida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, YUNESKO bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996-yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag’ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri YUNESKOning madaniy qadriyatlar ro’yxatiga kiritildi. 1997 yilda jahon madaniyatning durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va ko’rgazmalar o’tkazildi. Bu O’zbekiston bilan BMTning nufuzli xalqaro tashkiloti YUNESKO o’rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bo’ldi. BMTning ixtisoslashgan muassasalari tizimi mavjud bo’lib O’zbekiston ularning deyarli barchasining faoliyatida ishtirok etmoqda. Shu jumladan, ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha BMTning Ixtisoslashgan tashkiloti bo’lmish YUNESKO ning faoliyatida ishtirok etish O’zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiston bilan YUNESKO hamkorligi masalasi o’rganilganda, ushbu hamkorlikning barcha qirralari kabi, uning xalqaro huquqiy jihatlari va tarixiy ildizlarini o’rganish ham bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Olingan natijalar va ularni tahlili Yurtimizdagi tarixiy obidalar, qadimiy shaharlar, yozma va og’zaki xalq ijodiyoti, umuman, o’zbek xalqining boy merosiga hamda O’zbekistondagi islohotlar jarayoniga mazkur tashkilotda qiziqish juda katta. Muqaddas qadamjolarni ta’mirlash, ulug’ ajdodlarimizdan qolgan merosni asrabavaylash, o’rganishga qaratilayotgan e’tiborni tashkilot doimo e’tirof etib keladi. Bundan tashqari, O’zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar - Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, Xalqaro bolalar jamgarmasi (YUNISEF), Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo’yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro Olimpiada qo’mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoki va boshqa tashkilotlarning a’zosi, ular bilan hamkorlik qilmoqda. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, uning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar - Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko’maklashmoqdalar. Xalqaro savdo markazi (YUNKTAD), Tariflar va savdo Bosh bitimi (GATT) bilan hamkorlik qilinmoqda.[2] YUNESKO doirasida ishlab chiqilgan va qabul qilingan xalqaro hujjatlarga O’zbekistonning qo’shilishi madaniy boyliklarimizning jahon hamjamiyati tomonidan xalqaro huquqiy himoya qilinishiga, O’zbekistonning ilmiy potensiali, fani, madaniyati, tarixiy dasturlari, noyob arxeologik va me’moriy majmualarini, milliy va manaviy durdonalarini targ’ib qilishga va bu sohadagi ishlarining samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar ochib berish bilan birga ushbu sohaga tegishli qonunchiligimizning yanada rivojlanishiga, shuningdek, O’zbekistonda ta’lim, fan, madaniyat, 5 * GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI * * Gumanitar -ijtimoiyfanlar seriyasi, 2020. № 4 * informatika va kommunikatsiya texnologiyalarining yanada taraqqiyot sari rivojlanib, jahondagi eng ilg’or va nufuzli davlatlar qatoridagi o’z o’rnida mukamal qolishiga yordam beradi. YUNESKO bilan hamkorlikni takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrdagi 629-sonli qarori asosida tashkil tashkil etildi.[3] Komissiyaning asosiy maqsadi va vazifalari, faoliyati hamda moliyaviy mablag’lari bo’yicha axborot muassasaing nizomida aks ettirilgan.[4] Mazkur YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan hukumat tashkilotining samarali faoliyatini alohida ta’kidlash joizki, o’tgan davr mobaynida milliy komissiya tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirlarda dunyo ilm fani rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk bobokalonlarimiz, ko’hna shaharlarimiz yubileylarini va boshqa nufuzli madaniy tadbirlarni o’tkazishda YUNESKO tashkiloti hamkorligida amalga oshirmoqdalar. Bu ajdodlarimiz iste’dodiga, boy-ma’naviy merosiga, tariximizga hurmat-ehtirom ifodasidir. Jumladan, o’tgan davr mobaynida Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Ahmad Farg’oniy, Imom Buxoriy, Kamoliddin Behzod kabi ulug’ allomalarimiz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Marg’ilon, Toshkent singari shaharlarimiz, shuningdek, “Alpomish”, “Avesto” adabiy yodgorliklari va Xorazm Ma’mun Akademiyasining tarixiy sanalarining milliy komissiyamizning YUNESKO tashkiloti hamkorligida yuksak darajada nishonlanganligi fikrimizning yorqin tasdig’idir. Darhaqiqat, O’zbekiston va YUNESKO o’rtasidagi hamkorlik jadal rivojlanib borishiga xususan, 2020-yilning 23-sentabrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida O’zbekiston bilan YUNESKO o’rtasidagi hamkorlikni ayniqsa ilm-fan madaniyat sohasida keng qamrovli ikki tomonlama hamkorlikni qo’llab-quvvatlashga oid quyidagi fikrlarni bayon qildi. “Ma’lumki, mintaqamizning ko’hna va boy madaniy merosi global ahamiyatga ega. Biz 2021-yilda YUNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahrida “Markaziy Osiyo jahon tsivilizatsiyalari chorrahasida” degan mavzuda xalqaro forumni o’tkazishga tayyormiz”[3] degan takliflari O’zbekiston va YUNESKO o’rtasidagi samarali hamkorligining isboti deb hisoblash mumkin. Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda YUNESKO bilan xalqaro munosabatlarni yo’lga qo’yish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi o’zining tinchliksevar, yaxshi qo’shnichilik, o’zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egallab kelmoqda. Xulosa Xulosa shundan iboratki, hozirgi kunda Vatanimizning milliy istiqlol davridagi YUNESKO tashkiloti bilan aloqalari kengroq o’rganildi va olingan ma’lumotlar tahlil qilinib quyidagilar tavsiya etiladi. Ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya sohalari, shuningdek xalqaro huquqni takomillatirishda BMT homiyligidagi YUNESKO ning roli va ahamiyatini tadbiq etish quyidagi nazariy va amaliy xulosalarga kelishga imkon beradi: YUNESKO hozirgi kunda, jahondagi eng yirik, ko’zga ko’ringan tashkilotlardan biri sifatida va nafaqat ta’lim, fan, madaniyat sohasini, balki ushbu sohalar bilan aloqador bo’lgan boshqa sohalarni ham qamrab oluvchi xalqaro tashkilotga aylanishi bilan xarakterlanadi. YUNESKO ning maqsadi insoniyatning aql-zakovati va ahloqiy birligiga asoslangan barqaror tinchlikni barpo etish bo’lib, u eng muhim insonparvarlik masalalariga ijodiy yondashadigan o’ziga xos, betakror xalqaro tashkilot hisoblanadi. Uning faoliyati dunyo madaniyatini rivojlantirishga, barqaror taraqqiyot va inson taraqqiyoti uchun xalqaro ilmiy dasturlar tuzishiga ko’maklashadi, milliy madaniyatlarning ravnaq topishiga yordam beradi. 6 * GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI * * Gumanitar -ijtimoiyfanlar seriyasi, 2020. № 4 * Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonning BMT homiyligidagi ta’lim, fan va madaniyat bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib borayotganligi mamlakatimizning xalqaro jamiyatdagi o’rnining mustahkamlanib, obro’-e’tibori ortib borayotganining yanada bir dalilidir.. Xullas, O’zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo’lga qo’yish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar amalga oshirilmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. O’zbekiston: Mustaqillik odimlari. T., O’zbekiston 1995. 45-46 betlar. 2. www.lex.uz Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrdagi 629-son qaroriga 2-ilova. 3. Mualliflar jamoasi. Birlashgan Millatlar tashkiloti. Toshkent, 2011. 176-177 bet. 4. www.en.unesco.org\newsmessage-mr-jan-hladik-unesco-representative-uzbekistan-and-headunesco-tashkent-office-occasion. References 1. O’zbekiston: Mustaqillik odimlari. T., O’zbekiston 1995. 45-46 betlar. 2. www.lex.uz Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29 dekabrdagi 629-son qaroriga 2-ilova. 3. Mualliflar jamoasi. Birlashgan Millatlar tashkiloti. Toshkent, 2011. 176-177 bet. 4. www.en.unesco.org\newsmessage-mr-jan-hladik-unesco-representative-uzbekistan-and-headunesco-tashkent-office-occasion. 7