Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Al-Hodiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Al-Hodiy, Asl ismi Muhammad Muso ibn Muhammad Mahdiy (766-786) — Abbosiylar sulolasining toʻrtinchi hukmdori (785-786). Mahdiyning taxtga daʼvogar ikki oʻgʻli boʻlib, ularning biri Jurjon voliysi Hodiy, boshqasi Ozarbayjon voliysi Horun edi. Mahdiy oʻzidan soʻng birodarkushlik boʻlmasligi uchun, Hodiyga maktub yuborib uni ukasi Horun foydasiga taxtdan voz kechishni buyurgandi. Lekin Hodiy otasining gapiga quloq solmadi. Mahdiy oʻlgach taxtga oʻzi oʻtirdi. Horun akasini xalifa sifatida tan oldi. Hodiy qisqa hukmronligi davrida Makkada yashayotgan Ali avlodlaridan koʻpchiligini qatl ettirdi. Oqibatda vaziri Xayzuron tomonidan zaharlab oʻldirildi.