Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Kiklad orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kiklad orollari - Egey dengizining janubiy qismidagi arxipelag. 211 ta oroldan iborat. Eng yiriklari: Naksos, Andros, Tinos, Paros, Milos. Gretsiya tarkibida. Umumiy maydoni 2,6 ming km2. Relyefi togʻli, eng baland joyi 1008 m (Naksos o.da). Orollar materik kelib chiqishiga ega. Asosan, kristall jinslar va ohaktoshlardan tuzilgan. Tez-tez zilzila boʻlib turadi, harakatdagi vulkanlar bor. Iqlimi subtropik oʻrta dengiz iqlimi, qishi iliq va sernam, yozi quruq va issiq. Yillik yogʻin 500 mm. Togʻ yon bagʻirlari butalar bilan qoplangan. Vodiylarda tokzorlar, sitrus oʻsimliklar plantatsiyalari va zaytunzorlar bor. Bugʻdoy va makkajoʻxori ekiladi. Chorvachilik rivojlangan, baliq ovlanadi. Temir rudasi, boksit, marmar, Naksos o.da yirik qayroqqum konlari bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil