Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Marokash (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marokash

Marokash — Marokash davlatining jan.-gʻarbiy qismidagi shahar. Baland Atlas togʻlarining shim. etagida. Marokash viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1 mln. kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakat jan. qismining muhim iqtisodiy markazi. Oziq-ovqat, kimyo, toʻqimachilik, yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Savdohunarmandchilik markazi. Qoʻlda gilam, badiiy matolar toʻqiladi, yogʻoch va teridan turli buyumlar yasaladi. Qishki kurortlari bor. Turistlar kup keladi.

Shaharga 1062 (baʼzi maʼlumotlarga koʻra, 1060) yilda asos solingan. M. karvon yoʻllari kesishgan yerda joylashganligidan tez orada yirik savdo markaziga aylangan. 1554—1659-yillarda Marokash davlatining poytaxti. W12 yilda Marokash ustidan Fransiya protektorata oʻrnatilgach, M.ning siyosiy mavqei pasaydi.

Meʼmoriy yodgorliklardan Qutubiya masjidi (1153), Bin Yusuf madrasasi (1565), Baqiya saroyi (1894—1900), maqbaralar ansambli (16-asr 2-yarmi) va boshqa saqlangan. Muzeylar, universitet bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil