Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

aro

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

a-ro

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

ARO q. ora
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1. yuq.usl. ayn. Ora. ◆ Erdi bu soʻzda Toʻtiyu Bulbul, Ki yetishdi arogʻa Qirgʻovul. Nishotiy, „Qushlar munozarasi.“ ◆ Manga qildi bori fikri xiyonat, Arodinkoʻtarib dinu diyonat. S. Qosimiy, „Sadoqatnoma.“ ◆ Xiroj toʻlar edi Shosh fuqarosi, Choʻzildi, uzilmay janglar arosi. Shayxzoda, „Toshkentnoma.“

2. koʻm. Orasi, orasida. ◆ Oh urib maydon aro Rustam kabi solsam urish. "Nurali. " ◆ Lashkar arosida oʻgʻlonni koʻrdim. "Nurali. "

3. kt. Koʻplik shaklidagi otlarga qoʻshilib, shu soʻz bildirgan narsalar "oʻrtasida", "oʻrtasidagi" maʼnosini bildiradi. ◆ Respublikalararo, davlatlararo, xoʻjaliklararo.

Sinonimlari

[tahrirlash]
  1. ora

Antonimlari

[tahrirlash]

OʻTIL

Tarjimalari

[tahrirlash]

aro
1
высок. среди, по (см. также ora);
2 входит в состав сложных слов: xalqaro международный; shaharlararo междугородный.