Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Asaka tumani

Koordinatalari: 40°40′0″N 72°15′0″E / 40.66667°N 72.25000°E / 40.66667; 72.25000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Asaka tumani
Асакинский район
tuman
Tarkibida Andijon viloyati
Maʼmuriy markazi Asaka (shahar)
Yirik shahari Asaka
Asos solingan sanasi 1926-yilda
Hokim Mo‘minov Nasibullo Nabiyevich [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 347.5 ming kishi
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 0.27 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +99874
Pochta indeksi 170200
Internet domeni uz
Avtomobil raqami kodi 60-69
Xaritada
Asaka tumani xaritada
40°40′0″N 72°15′0″E / 40.66667°N 72.25000°E / 40.66667; 72.25000

Asaka tumani — Andijon viloyatidagi tuman. Viloyatning markaziy qismida joylashgan. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Marhamat tumani bilan birlashtirilgan, 1970-yil 7-dekabrda qayta tuzilgan). Andijon viloyatining Shahrixon, Marhamat, Andijon, Oltinko‘l, Buloqboshi tumanlari va Fargʻona viloyatining Quva tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,27 ming km² (2023). Aholisi 347,5 ming kishi (2023). Asaka tumanida 1 shahar (Asaka) va 77ta mahalla fuqarolar yigʻini bor. Markazi — Asaka shahri.

Relefi tekislik, jarliklar, qir va nisbatan baland adirlardan iborat. Shimoli-sharqida Andijon, Asaka adirlari va qirlari joylashgan. Iqlimi kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26, G, yanvarniki — 2,9°. Yiliga oʻrtacha 180 — 190 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Tumanning shimoliy va shimoli-sharqidan Katta Fargʻona kanali, Shahrixonsoy, janubidan Oqboʻyra va Aravonsoylar oqib oʻtadi. Asaka tashlamasi va Obihayot sugʻorish mashi-na kanali bor. Tuproqlari, asosan, boʻz tuproq, adirlari arziq tuproq boʻlib, sugʻorib dehqonchilik qilinadi. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, shoʻra va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, chiyaboʻri, quyon yashaydi. Aholisi, asosan, oʻzbeklardan iborat. Tojik, rus, tatar, qirgʻiz, uygʻur va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² oʻrtacha 679 kishi toʻgʻri keladi (2000).

Asaka tumanida motor taʼmirlash zavodi, Asaka don mahsulotlari aksiyadorlik jamiyati, neft mahsulotlari taʼminoti korxonasi, paxta tozalash zavodi, meva va sabzavotlarni qayta ishlash, yogʻochsozlik „Turon“ xususiy korxonasi, 3 parrandachilik fabrikasi bor. Shuningdek, xususiy tadbirkorlik ham rivojlangan. Tumanda 431 kichik korxona faoliyat koʻrsatadi (2000). Asaka tumani dagi jami ekin maydoni 11070 ga. Shundan 5995 ga yerga paxta, 3902 ga yerga bugʻdoy, 47 ga yerga sabzavot ekiladi; yem-xashak ekinlari 1114 ga, meva va tokzorlar qariyb 2000 ga yerni ishgʻol qiladi (2000). Tumanda 2 jamoa xoʻjaligi (Bobur nomidagi jamoa xoʻjaligi, „Sharq haqiqati“), 8 shirkat xoʻjaligi („Yangi hayot“, „Navbahor“, „Oʻzbekiston“, „Gʻalaba“, „Oʻzbekiston mustaqilligi“, „Navroʻz“, „Asaka“, Gʻulom Yoqubov nomidagi shirkat xoʻjaligi) va „Sohibkor“ meva-tokchilik shirkatlar uyushmasi bor. Asaka tumanida 2000-yilda 19,0 ming t paxta, 30,0 ming t gʻalla yetishtirildi. Asaka tumanida Andijonning eng fusunkor va soʻlim goʻshalaridan Asaka choʻntagi joylashgan. Choʻntak Toshkanboy Egamberdiyev nomidagi madaniyat istirohat bogʻining tepa, chekka qismiga tutashgan. Shahrixonsoydan boshlangan Yov arigʻi 6 km masofada yuqorilab oqib, Choʻntakka yetganda adir yon bagʻrilari boʻylab choyxona soʻrilari ostidan oqib oʻtadi. Ariqda radiusi 6,5 m li, 110 koʻrachasi boʻlgan charxpalak aylanib turadi. Ushbu charxpalak bu yerdagi 3 ulkan charxpalakning eng kattasi boʻlib, uning yordamida bogʻning yuqori qismi sugʻoriladi. Asaka Choʻntagi atrofga nisbatan ancha baland. Shuning uchun bu joy yoz pallasida xushhavo, orombaxsh maskanga aylanadi. Tumanning barcha qishloqlarida obodonlashtirishga eʼtibor kuchaytirilgan. Qishloqlar va mahallalar markazida savdo va maishiy xizmat shoxobchalariga ega boʻlgan guzarlar tashkil qilingan. 1999/2000 oʻquv yilida 51 umumiy taʼim maktabida 37,6 ming oʻquvchi, 1 gim-naziyada 205 oʻquvchi, 2 akademik litseyda 360 oʻquvchi taʼlim oldi. 1999-yilda Asaka qishloq xoʻjaligi kolleji (300 oʻquvchi), 2000-yilda Asaka ijitmoiy-iqtisodiyot va pedagogika kolleji (600 oʻquvchi) ishga tushirildi. 500 ommaviy kutubxona, 15 klub, 4 kinoqurilma, madaniyat uyi, muzey, 885 oʻrinli 4 kasal-xona va dispanser, 4 tibbiyot punkti bor (2000). 1930-yildan „Asaka hayoti“ tuman 681gazetasi chiqadi (adadi 2900)[2].

Asaka tumani 1926-yil 29-sentabrda kuni tashkil qilingan. 1962-yil 24-dekabrdan 1970-yil 7-dekabrga qadar Marhamat tumani tarkibida boʻlgan. 1992-yilga qadar Leninsk tumani deb atalgan.

Maʼmuriy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asaka tumani Andijon viloyatining Shahrixon, Marhamat, Andijon, Xoʻjaobod tumanlari va Fargʻona viloyatining Quva tumani bilan chegaradosh. Maydoni — 0,26 ming kilometr kvadrat.

Asaka tumanida 77ta mahalla fuqarolar yigʻini mavjud.

Tumani aholisi soni — 345.5[3] ming kishi. Aholi zichligi — 1 kvadrat kilometrga 533 kishi. Aholining asosiy qismini oʻzbeklar, shuningdek, ruslar, qirgʻizlar, tatarlar, tojiklar, uygʻurlar va boshqa millat vakillari tashkil etadi.

  1. Toxir Shovvozov - 2017-yilga qadar.
  2. Erkinjon Yoqubov - 2017-yildan 2020-yilga qadar
  3. Inomjon Mamadaliyev - 2020-yil martidan sentyabr oyiga qadar.
  4. Mansurbek Alixanov - 2020-2022-yillarda.
  5. Bekzod Ummatov - 2022-2023-yillarda.
  6. Nasibillo Mo‘minov - 2023-yildan hozirgi vaqtga qadar.

Tug‘ilgan mashhurlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Sherali Jo‘rayev - O‘zbekiston xalq artisti.
  2. Avaz Oxun - qiziqchi.
  3. Sanobar Rahmonova - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
  4. Ilhom Jo‘rayev - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
  1. Asaka tumaniga yangi hokim tayinlandi
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „Aholi soni eng koʻp boʻlgan tuman va shaharlar top oʻntaligi maʼlum qilindi“ (2022-yilning 1-oktyabr holatiga). Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.