Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Cole Palmer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cole Palmer
Palmer Manchester City jamoasi safida, 2023-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Cole Jermaine Palmer
Tavallud sanasi 6-may 2002-yil (2002-05-06) (22 yosh)
Tavallud joyi Manchester, Angliya
Boʻyi 6 fut 2 inches (1.89 m)[1]
Ampluasi Hujumkor yarim himoyachi, Qanot hujumchisi[1]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010–2020 Manchester City
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020–2023 Manchester City 19 (0)
2023– Chelsea 33 (22)
Milliy terma jamoa
2017 Angliya U-16 2 (0)
2019 Angliya U-17 3 (0)
2019 Angliya U-19 9 (2)
2021– Angliya U-21 15 (5)
2023– Angliya 9 (2)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(19-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (14-iyul uchun)

Cole Jermaine Palmer (2002-yil 6-may) – Angliyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubi va Angliya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi va qanot hujumchisi ampulalarida oʻynaydi[2][3].

Manchester city akademiyasini tamomlagan Palmer 2020-yilda professional futboldagi debyutini oʻtkazdi. Keyinchalik 2023-yilda asosiy jamoasi bilan Premyer-liga, Angliya kubogi va UEFA chempionlar ligasida gʻalaba qozoongan holda trebl qayd etgan. Palmer 2023-yil yozida 40 million funt sterling evaziga Chelsea jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Birinchi mavsumning oʻzida futbolchi londonliklar safida 22 gol va 17 ta golli uzatma qayd etgan holda Premyer-liganing eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi[4].

Palmer Angliyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalari tarkibida toʻp surgan. Shu jumladan 2023-yil UEFA U-21 Yevropa chempionatining ham gʻolibiga aylangan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cole Jermaine Palmer 2002-yil 6-mayda Manchesterning Whytenshawe shahrida tugʻilgan[5][6][7]. Otasi tish shifokorlari uchun buyimlar tayyorlovchi muhandis, onasi esa disleksiyani baholovchi mutaxassis boʻlgan[8]. Palmerning otasi salkam yigirma yil davomida Sunday league football turniridagi jamoalar safida faoliyat olib borgan. Oʻgʻli uning deyarli barcha oʻyinlarini tomosha qilishga borar edi[9]. Palmer Manchester City klubi akademiyasi bilan hamkorlikdagi xususiy St Bedeʼs kollejida tahsil olgan[10].

Palmer otasi tomondan afro-kitts avlodiga mansub boʻlgan[11]. Uning bobosi 1960-yilda migrant sifatida Angliyaga koʻchib kelgan[9]. Shu sababli Palmer oʻynaydigan poyabzallarda Angliya va Sent Kitts va Nevis davlatlarining bayrogʻi tasvirlangan boʻladi[9].

Klublardagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Palmer 2016-yilda

Manchester United klubining muxlisi boʻlishiga qaramasdan Palmer Manchester City klubining sakkiz yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasida faoliyatini boshlagan. 2019-2020-yilgi mavsumga kelib esa klubning U-18 jamoasi sardori etib tayinlangan[9][12]. U 14 yoshidan boshlab jismoniy holati professional futbol uchun juda zaifligi bilan bogʻliq bir qator tanqidlarga duch kelgan va akademiya murabbiylari uni 16 yoshida jamoani tark etishi boʻyicha taklif berishgan. Ammo akademiya direktori Jason Wilcox ularning qarorini rad etgan[9].

Manchester City

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 30-sentyabrda Palmer Liga kubogining toʻrtinchi bosqichida Burnley jamoasi ustidan mehmonda 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Manchester City safida debyut qildi[13]. U professional futboldagi birinchi golini esa 2021-yil 21-sentyabrda Liga kubogi doirasida League One jamoasi Wycombe Wonderers klubiga qarshi kechgan oʻyinda kiritgan[14]. 16-oktyabr kuni Palmer Premyer-ligada Burnley jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qildi. Aynan oʻsha kechada u klubning U-23 jamoasi safida ham maydonga tushdi va hat-trick muallifiga aylandi[15]. Futbolchi UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi debyutini esa Club Brugge qarshi 5-1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻtkazdi[16][17].

2023-yilning 6-avgustida Palmer Erling Haaland oʻrniga ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushganidan soʻng Arsenal jamoasiga qarshi FA Community Shield oʻyini finalidagi dastlabki gol muallifiga aylandi[18]. Oʻn kundan soʻng, Palmer Manchester City safidagi soʻnggi golini urdi. 2023-yilgi UEFA Superkubogi oʻyinida Sevilla jamoasiga qarshi bahsda hisobni tenglashtiruvchi gol muallifi boʻlidi. Oʻyin 1:1 hisobida yakunlanganidan soʻng shaharliklar penaltilar seriyasida 5:4 hisobida gʻalaba qozongan holda chempionlikni qoʻlga kiritishgan[19].

2023-yilning 1-sentyabr kuni Palmer Premyer-liganing boshqa bir klubi Chelsea bilan yetti yillik shartnoma imzoladi[20][21]. Transfer qiymati 40 million funt sterling va qoʻshimcha 2,5 million funtlik bonuslarni tashkil etadi[21]. Ertasi kuni futbolchi Nottingem Forest klubiga qarshi oʻyinda 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi[22]. 7-oktabr kuni u Chelsea safidagi ilk golini penaltidan kiritdi. Jamoasi Burnley ustidan yirik 4:1 hisobida gʻalaba qozongan Palmer Nikolas Jacksonning goliga golli uzatma ham bergan[23]. 6-noyabr kuni London derbisida Tottenhamga qarshi safarda 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda ham bir gol va golli uzatmamuallifiga aylangan[24]. Olti kundan soʻng Palmer sobiq klubi Manchester Cityga soʻnggi qoʻshib berilgan daqiqalarida penaltidan hisobni tenglashtirdi. Stamford Bridge stadionida kechgan oʻyin 4-4 hisobidagi jangovor durrang bilan yakunlandi[25].

2023-yilning yakunlovchi bahsida Palmer professional karyerasidagi ilk dubl muallifiga aylanadi va shuningdek Noni Maduekening goliga ham assistentlik qiladi[26]. Dekabr oyida toʻrtta gol va ikkita golli uzatma qayd etgan Palmer Premyer-liganing oy oʻyinchisi boʻlishiga nomzod sifatida koʻrsatildi. Bundan tashqari Luton Town jamoasiga kiritgan ikkinchi goli ham oy goli nomzodlari qatoriga kirtildi[27][28][29]. U 4-fevral kuni mavsumdagi oʻninchi golini qoʻlga kiritdi va 21 yoshdan kichik holda bu natijani qayd etgan Chelsea tarixidagi ilk futbolchiga aylandi[30]. 29-fevral kuni boʻlib oʻtgan 2024-yilgi London Football Awards taqdirlash marosimida Palmer London jamoalarining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi[31][32]. 2-mart kuni Axel Disasiga golli uzatmani amalga oshirgan futbolchi Chelsea safida 21 yoshdan kichik futbolchilar orasida eng koʻp golda ishtirok etgan futbolchi boʻldi va 2004-05-yilgi mavsumdagi Arjen Robbenning natijasini yangiladi[33][34].

4-aprel kuni mart oyi davomida uchta gol va ikkita golli uzatma amalga oshirgan Palmer ikkinchi bor Premyer-liga oy oʻyinchisi boʻlish uchun nomzodlar qatoriga kiritildi[35]. Oʻsha kuni u karyerasidagi dastlabki hat-triki muallifiga ham aylandi. Premyer-liga doirasida Manchester Yunayted jamoasiga qarshi kechgan 4-3 hisobidagi uchrashuvdagi barcha gol Palmer tomonidan kiritildi. Bu orqali futbolchi Premyer-liga tarixida hat-trik qayd etgan 200-futbolchi boʻldi. Manchester Yunaytedga qarashi bu natijani qila olgan uchinchi eng yosh futbolchiga aylandi[36]. Ushbu uchrashuvdagi harakatlari uchun u mavsum yakunida Premier League Game Changer of the Season mukofotiga ham loyiq koʻrildi[37]. 15-aprel kuni Everton klubiga qarshi liga bahsida Palmer 4 ta gol muallifi boʻldi. Bu orqali Premyer-liganing bir oʻyinida 4 gol kirita olgan 31-futbolchiga aylandi[38][39][40]. Bundan tashqari u debyut mavsumida 20 ta va undan ortiq gol kiritgan Jimmy Floyd Hasselbaink (2000-2001-yilgi mavsum) va Diego Costadan (2014-2015-yilgi mavsum) keyingi Chelsea jamoasining uchinchi oʻyinchisi boʻldi[41].

5-may kuni Palmer West Ham United klubiga qarshi 5-0 hisobida yakunlangan oʻyinda ham oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻygan holda Premyer-ligada bir mavsum davomida 30 va undan ortiq golda ishtirok etgan tarixdagi uchinchi futbolchi boʻldi[42]. Keyinchalik mavsum muhlislar va klub futbolchilari talqiniga koʻra ham Chelsea klubida yil futbolchisi deb topildi. Undan tashqari 2024-yil aprel oyida Premyer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi va oyning eng yaxshi goli nomitasiyalarida gʻalaba qozonga holda ikkala mukofotni ham bir oyning oʻzida qoʻlga kiritgan aristokratlarning tarixdagi birinchi futbolchisiga aylandi[43][44][45]. 11-may kuni Palmer Premyer-ligadagi 50-uchrashuvini oʻtkazdi va Nottingem Forestga qarshi safarda 3:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda golli uzatmani amalga oshirdi. Shunday qilib, Palmer Premyer-liga tarixida bir mavsumda 20 yoki undan ortiq gol urgan va 10 yoki undan ortiq golli uzatmani amalga oshirgan 13-futbolchiga aylandi[46].

Palmer mavsumni barcha musobaqalarda jami 27 gol va 15 golli uzatma bilan yakunladi. U Preymer-liganing 2023-24-yilgi mavsumida boshqa oʻyinchilarga qaraganda eng koʻp golda (33: 22 gol, 11 golli uzatma) ishtirok etgan futbolchi boʻldi. U Chelsea safidagi aqlbovar qilmas birinchi mavsumi uchun Premyer-ligada mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi va PFA muxlislari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotlarini qoʻlga kiritdi, shuningdek, Premyer-ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi va FWA yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotlariga nomzodlar safiga kiritildi[47][48][49][50][51]. Uning aprel oyida Everton jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan gʻalaba goli Premyer-ligada mavsum goli uchun nomzodlar qatoriga kirtildi[52].

Terma jamoadagi faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Palmer Angliya yoshlar terma jamoasi bilan 2019-yilgi UEFA Yevropa U-17 turnirida ham ishtirok etgan[53].

2021-yilning 27-avgustida Palmer Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga birinchi chaqiruvni oldi[54]. U 2023-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionati saralashida Kosovo ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda debyuitini oʻtkazdi va aynan shu uchrashuvda debyut golini ham kiritdi[55]. Keyinchalik Palmer 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2023-yilgi Yevropa chempionatida inglizlar bilan birga ishtirok etdi va „Yosh sherlar“ turnirda zafar quchishdi[56][57].

2023-yil 13-noyabr kuni Palmer birinchi marta UEFA Yevro 2024 turniri saralashi doirasida Malta va Shimoliy Makedoniyaga qarshi oʻyinlar uchun terma jamoadan ilk chaqiruvni oldi[58][59]. U 17-noyabr kuni Wembley stadionida kechgan Malta terma jamoasiga qarshi uchrashuvning 61 daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan holda terma jamoasi safidagi debyutini oʻtkazgan[60].

2024-yil may oyida u UEFA Yevro 2024 turniri uchun Angliya eʼlon qilgan dastlabki 33 kishilik tarkibga kiritildi[61]. Palmer terma jamoadagi ilk golini 3-iyun kuni boʻlib oʻtgan Bosniya va Gersogovinaga qarshi turnirolldi oʻrtoqlik oʻyinida kiritadi[62]. Uch kundan soʻng u Gareth Southgate eʼlon qilgan yakuniy tarkibdan ham oʻrin oldi[63]. U Yevro turnirining C guruhi yakuniy oʻyinida zaxiradan maydonga tushirildi[64]. Besh kundan soʻng turnirning nimchorak finalida Slovakiyaga qarshi bahsning 66-daqiqasida yana zaxiradan Kieran Trippier oʻrniga maydonga tushirildi[65].

Palmer chorak final doirasidagi Shveysariya terma jamoasiga qarshi oʻyinning 78-daqiqasida maydonga tushirildi va penaltilar seriyasidagi birinchi zarbani aniq ravishda amalga oshirildi[66]. 10-iyul kunida boʻlib oʻtgan yarim final uchrashuvida Palmer 81-daqiqada Ollie Watkins bilan bir vaqtda maydonga tushdi aynan shu hujumchiga golli uzatma bergan holda jamoasi finalga chiqishini taʼminladi[67]. Toʻrt kun oʻtgach 14-iyul kuni Palmer finalda Ispaniyaga qarshi 70-daqiqasida yana zaxiradan maydonga tushirilda va oʻyinda hisobni tenglashtiruvchi gol muallifi boʻldi. Biroq qizil furiya qoʻshib berilgan daqiqalarning yakuniga yaqin gol urgan holda gʻalabani ilib ketdi[68].

2024-yil 19-may holatiga koʻra
Klub safidagi liga oʻyinlari doirasidagi va umumiy statistika
Klub Mavsum Liga Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Manchester City 2020–21[69] Premyer Liga 0 0 2 0
2021–22[70] Premyer Liga 4 0 11 3
2022–23[71] Premyer Liga 14 0 25 1
2023–24[72] Premyer Liga 1 0 3 2
Umumiy 19 0 41 6
Chelsea 2023–24[72] Premyer Liga 33 22 45 25
Umumiy 52 22 89 32
2024-yil 14-iyul holatiga koʻra[73]
Terma jamoa safidagi statistikasi
Milliy jamoa Yil Ilovalar Maqsadlar
Ingliz 2023 2 0
2024 7 2
Umumiy 9 2

Manchester City

Chelsea

  • Liga kubogi finalchisi: 2023-24[78]

Angliya U-21

  • UEFA U-21 Yevropa chempionati: 2023[79]

Angliya

Shaxsiy

  • London Football Awards Menʼs Young Player of the Year: 2024[81]
  • Chelsea klubining mavsum futbolchisi: 2023-2024[82]
  • Chelsea futbolchilar talqiniga koʻra klubning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi: 2023-24[82]
  • Premyer-liga oy oʻyinchisi: 2024-yil aprel [83]
  • Premyer-liga oyning eng yaxshi goli: 2024 yil aprel oyida[84]
  • Premyer-liga mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2023-24[83]
  • PFA muhlislar alqiniga koʻra mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2023-24[85]
  • Premier League Game Changer of the Season: 2023-24 [86]
  1. 1,0 1,1 „Cole Palmer“. Chelsea F.C.. 2023-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-sentyabr.
  2. „Palmer 'one of the best young players in Europe'“. BBC Sport. BBC (2023-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 18-may.
  3. Horn. „Gary Lineker issues glowing two-word Cole Palmer verdict after Chelsea hat-trick vs Everton“. Football.London (2024-yil 15-aprel). Qaraldi: 2024-yil 18-may.
  4. „Palmer“. www.premierleague.com. Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.
  5. „Premier League clubs publish 2019/20 retained lists“. Premier League (2020-yil 26-iyun). 2021-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.
  6. „Cole Palmer“. 11v11.com. AFS Enterprises. 2022-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-noyabr.
  7. „Cole Palmer – Everything you need to know“. Manchester City F.C. (2020-yil 30-sentyabr). 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-sentyabr.
  8. Ducker, James. „How Wythenshawe – the home of Tyson Fury and Shameless – formed Cole Palmer“. The Daily Telegraph (2024-yil 19-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-may.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 Ducker, James. „How Wythenshawe – the home of Tyson Fury and Shameless – formed Cole Palmer“. The Daily Telegraph (2024-yil 19-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-may.Ducker, James (19 April 2024).
  10. „Manchester City Academy“. St Bede's College (2022-yil 4-aprel). 2023-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
  11. „Dead Mad“. The Players' Tribune. Minute Media (2022-yil 14-iyul). 2023-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-avgust.
  12. „Cole Palmer – Everything you need to know“. Manchester City F.C. (2020-yil 30-sentyabr). 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-sentyabr.
  13. Clayton. „Palmer handed debut as City make four changes“. Manchester City F.C. (2020-yil 30-sentyabr). 2020-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-sentyabr.
  14. „Manchester City 6–1 Wycombe: Holders come from behind to reach last 16“. BBC Sport (2021-yil 21-sentyabr). 2022-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-sentyabr.
  15. „Manchester City's Cole Palmer hit a hat-trick for U23 side hours after appearing for first team“. Eurosport (2021-yil 17-oktyabr). 2023-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
  16. Rose, Gary. „Club Bruges 1–5 Manchester City: Cole Palmer scores as Pep Guardiola's side claim dominant win“. BBC Sport (2021-yil 19-oktyabr). 2022-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
  17. Aloia, Andrew. „FA Cup: Covid-hit Manchester City beat Swindon 4–1 to reach fourth round“. BBC Sport (2022-yil 7-yanvar). 2022-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-yanvar.
  18. „Man City fans ooze over Cole Palmer goal after replacing Erling Haaland against Arsenal“. talkSPORT (2023-yil 6-avgust). 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
  19. „Man City-Sevilla | UEFA Super Cup 2023 Final“. UEFA. 2023-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-avgust.
  20. „Cole Palmer signs for Chelsea“. Chelsea F.C. (2023-yil 1-sentyabr). 2024-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-sentyabr.
  21. 21,0 21,1 „Chelsea sign Cole Palmer from Manchester City in £42.5m deal“. BBC Sport (2023-yil 1-sentyabr). 2024-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-sentyabr.
  22. „Games played by Cole Palmer in 2023/2024“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2024-yil 19-may.„Games played by Cole Palmer in 2023/2024“.
  23. „Burnley 1–4 Chelsea: Raheem Sterling stars as Blues hit back to defeat Clarets“. BBC Sport (2023-yil 7-oktyabr). 2023-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
  24. „Tottenham Hotspur 1–4 Chelsea: Nicolas Jackson scores hat-trick against nine-man Spurs“. BBC Sport (2023-yil 6-noyabr). 2023-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-dekabr.
  25. „Chelsea 4–4 Manchester City: Cole Palmer hits late penalty to deny former club victory“. BBC Sport (2023-yil 12-noyabr). 2023-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-dekabr.
  26. „Luton Town 2–3 Chelsea: Cole Palmer double earns Chelsea win“. BBC Sport (2023-yil 30-dekabr). 2024-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-dekabr.
  27. „Pick your EA SPORTS Player of the Month“. Premier League (2024-yil 4-yanvar). 2024-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
  28. „Select your Budweiser Goal of the Month“. Premier League (2024-yil 4-yanvar). 2024-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
  29. „Chelsea 6–1 Middlesbrough (Agg: 6–2): Blues blow away Boro to reach Carabao Cup final“. BBC Sport (2024-yil 23-yanvar). 2024-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
  30. „Chelsea 2–4 Wolverhampton Wanderers: Matheus Cunha hat-trick as Wolves stun Blues“. BBC Sport (2024-yil 4-fevral). 2024-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  31. „London Football Awards – 2023/24 Winners“. London Football Awards (2024-yil 29-fevral). 2020-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-fevral.
  32. „Palmer scoops London award“. BBC Sport (2024-yil 1-mart). 2024-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-mart.
  33. „Nico Jackson and Cole Palmer set admirable feats in eventful Brentford clash“. Tribuna (2024-yil 3-mart). 2024-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-mart.
  34. „Why Cole Palmer is so special for Chelsea and England“. soccersat.com. 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
  35. „Pick your EA SPORTS Player of the Month“. Premier League (2024-yil 4-aprel). 2024-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-aprel.
  36. Jones, Matt. „Chelsea 4–3 Manchester United – Cole Palmer scores twice in added time as Chelsea stun Man Utd in chaotic affair“. Eurosport (2024-yil 4-aprel). 2024-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-aprel.
  37. „Palmer claims Castrol Game Changer of the Season award“. Premier League (2024-yil 26-may).
  38. Tyers, Alan. „Cole Palmer scores four as Chelsea stun abject Everton“. The Daily Telegraph (2024-yil 15-aprel). 2024-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-aprel.
  39. „Can you name every player to score four or more goals in a single PL match?“. Planet Football (2024-yil 16-aprel). Qaraldi: 2024-yil 16-aprel.
  40. Orme, Daniel. „Jamie Carragher makes bold Cole Palmer claim as Chelsea star breaks more records“. Daily Mirror (2024-yil 15-aprel). 2024-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-aprel.
  41. Rindl. „Cole Palmer & Premier League golden boot race: The 'amazing' rise of Chelsea's top scorer“. BBC Sport (2024-yil 15-aprel). 2024-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
  42. „Five-goal Chelsea ease past West Ham to boost hopes of Europe“. Premier League. Qaraldi: 2024-yil 6-may.
  43. „End of Season Award winners revealed!“. Chelsea F.C.. Qaraldi: 2024-yil 8-may.
  44. „Palmer voted EA SPORTS Player of the Month“. Premier League (2024-yil 10-may). Qaraldi: 2024-yil 10-may.
  45. „Palmer wins awards DOUBLE with Budweiser Goal of the Month“. Premier League (2024-yil 10-may). Qaraldi: 2024-yil 10-may.
  46. „Nottingham Forest 2–3 Chelsea: Nicolas Jackson hits winner for Chelsea“. BBC Sport (2024-yil 11-may).
  47. „Premier League's Young Player of the Season confirmed“. 90min.com (2024-yil 17-may). Qaraldi: 2024-yil 17-may.
  48. „Palmer voted 2023/24 Hublot Young Player of the Season“. Premier League. Qaraldi: 2024-yil 17-may.
  49. „Cole Palmer vote PFA Premier League Fans' Player of the Year“. BBC Sport (2024-yil 22-may).
  50. „EA SPORTS 2023/24 Player of the Season nominees“. Premier League (2024-yil 9-may).
  51. „Phil Foden named FWA Footballer of the Year: Man City's standout player took a step forward, writes Adam Bate“. Sky Sports (2024-yil 3-may).
  52. „Vote for your Budweiser Goal of the Season“. Premier League (2024-yil 22-may).
  53. „England held by France in European Under-17 Championship opener“. BBC Sport (2019-yil 3-may). 2021-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.
  54. „Carsley names first MU21s squad“ (2021-yil 27-avgust). 2021-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  55. „England U21 2–0 Kosovo U21“. BBC Sport (2021-yil 7-sentyabr). 2021-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.
  56. „England MU21s squad named for EURO Finals“. The Football Association (2023-yil 14-iyun). 2023-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-iyun.
  57. „England win U21 EURO title after 1–0 win over Spain“. The Football Association (2023-yil 9-iyul). 2023-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyul.
  58. Walker. „England men's squad updates: Lewis, Palmer and Konsa called up“. The Football Association (2023-yil 13-noyabr). 2023-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
  59. „Cole Palmer, Ezri Konsa and Rico Lewis are called up to England squad for Euro 2024 qualifiers“. BBC Sport (2023-yil 13-noyabr). 2023-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
  60. Emons, Michael. „England 2–0 Malta“. BBC Sport (2023-yil 17-noyabr). 2023-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  61. Veevers, Nicholas. „England squad named for EURO 2024 training camp and games“. English Football Association (2024-yil 21-may). Qaraldi: 2024-yil 21-may.
  62. Howell, Alex; Cryer, Andy. „Southgate's 'secret weapon'? – Palmer's rise to England hopeful“. BBC Sport (2024-yil 3-iyun). Qaraldi: 2024-yil 4-iyun.
  63. „Eze & Wharton named in England squad for Euro 2024“. BBC Sport (2024-yil 6-iyun). Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  64. „England vs Slovenia: Line-ups“. UEFA. Qaraldi: 2024-yil 1-iyul.
  65. „England vs Slovakia: Line-ups“. UEFA. Qaraldi: 2024-yil 1-iyul.
  66. „England 1-1 Switzerland (5-3 pens): Pickford and Saka lead England to semi-finals“. UEFA.com (2024-yil 6-iyul). Qaraldi: 2024-yil 7-iyul.
  67. McNulty. „Late Watkins winner sends England into Euro 2024 final“. BBC Sport (2024-yil 10-iyul). Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  68. McNulty, Phil. „Spain 2–1 England: Heartbreak for England in Euro 2024 Final“. BBC Sport (2024-yil 14-iyul). 2024-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-iyul.McNulty, Phil (14 July 2024).
  69. „Games played by Cole Palmer in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  70. „Games played by Cole Palmer in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  71. „Games played by Cole Palmer in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  72. 72,0 72,1 „Games played by Cole Palmer in 2023/2024“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
  73. „Cole Palmer: Internationals“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. 2023-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.
  74. „Cole Palmer: Overview“. Premier League. 2020-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-may.
  75. McNulty, Phil. „Manchester City 2–1 Manchester United“. BBC Sport (2023-yil 3-iyun). 2023-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyun.
  76. McNulty, Phil. „Manchester City 1–0 Inter Milan“. BBC Sport (2023-yil 10-iyun). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
  77. McNulty, Phil. „Manchester City 1–1 Sevilla“. BBC Sport (2023-yil 16-avgust). 2023-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  78. McNulty, Phil. „Chelsea 0–1 Liverpool“. BBC Sport (2024-yil 25-fevral). 2024-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-mart.
  79. Howell, Alex. „England U21 1–0 Spain U21“. BBC Sport (2023-yil 8-iyul). 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  80. McNulty, Phil. „Spain 2–1 England: Heartbreak for England in Euro 2024 Final“. BBC Sport (2024-yil 14-iyul). 2024-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-iyul.
  81. „London Football Awards – 2023/24 Winners“. London Football Awards (2024-yil 29-fevral). 2020-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-fevral.„London Football Awards – 2023/24 Winners“.
  82. 82,0 82,1 „End of Season Award winners revealed!“. Chelsea F.C.. Qaraldi: 2024-yil 8-may.„End of Season Award winners revealed!“.
  83. 83,0 83,1 „Cole Palmer: Overview“. Premier League. 2020-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-may.„Cole Palmer: Overview“.
  84. „Palmer wins awards DOUBLE with Budweiser Goal of the Month“. Premier League (2024-yil 10-may). Qaraldi: 2024-yil 10-may.
  85. „Cole Palmer vote PFA Premier League Fans' Player of the Year“. BBC Sport (2024-yil 22-may).„Cole Palmer vote PFA Premier League Fans' Player of the Year“.
  86. „Palmer claims Castrol Game Changer of the Season award“. Premier League (2024-yil 26-may).„Palmer claims Castrol Game Changer of the Season award“.
  • Chelsea FC veb-saytidagi futbolchi Profili