Location via proxy:   [ UP ]  
[Report a bug]   [Manage cookies]                
Kontent qismiga oʻtish

Joselu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Joselu
Joselu with Espanyol in 2022
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi José Luis Mato Sanmartín[1]
Tavallud sanasi 27-mart 1990-yil (1990-03-27) (34 yosh)[2]
Tavallud joyi Stuttgart, Gʻarbiy Germaniya
Boʻyi 1.91 m[3]
Ampluasi Striker
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Real Madrid
(Espanyol dan ijaraga olingan)
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999-2002 SD Silleda
2002-2008 Celta
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2009 Celta B 21 (4)
2008—2009 Celta 2 (0)
2009—2012 Real Madrid B 67 (33)
2009—2010Celta (ijara) 24 (4)
2011—2012 Real Madrid 1 (1)
2012—2014 TSG Hoffenheim 25 (5)
2013—2014Eintracht Frankfurt (ijara) 24 (9)
2014—2015 Hannover 96 30 (8)
2015—2017 Stoke City 22 (4)
2016—2017Deportivo (ijara) 20 (5)
2017—2019 Newcastle United 46 (6)
2019—2022 Alavés 110 (36)
2022— Espanyol 34 (16)
2023—Real Madrid (ijara) 32 (9)
Milliy terma jamoa
2008—2009 Ispaniya U19 11 (3)
2009 Ispaniya U20 1 (0)
2009—2010 Ispaniya U21 4 (1)
2016 Galisiya 1 (0)
2023— Ispaniya 10 (5)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(4-may uchun)

José Luis Mato Sanmartín (1990-yil 27-mart), Joselu nomi bilan tanilgan, professional futbolchi, La Liganing „Real Madrid“ klubi hujumchisi, Segunda Divizioni ishtirok etadigan „Espanyol“ klubidan ijaraga olingan. Germaniyada tugʻilgan, Ispaniya terma jamoasida oʻynaydi[4].

Joselu faoliyatini „Selta de Vigo“ jamoasida boshlagan, 2009-yilning yozida „Real Madrid“ tomonidan sotib olingan. Joselu Real Madridning B-jamoasida 72 ta oʻyinda 40 ta gol urdi, ammo u asosiy jamoa tarkibga kira olmadi va 2012-yilning avgustida Bundesliga vakili TSG Hoffenheim klubiga sotilgan. 2013/2014-yillarda Bundesliganing boshqa bir ishtirokchisi, Frankfurtning „Ayntraxt“ klubiga ijaraga berilgan. Joselu 2014-yil iyun oyida „Gannover 96“ klubi bilsn shartnom imzolagan boʻlsa, bir yildan soʻng Premyer-liga vakili „Stok Siti“ klubiga 5,75 million funt sterling evaziga transfer qilingan edi. 2017-yilda u 5 million funt evaziga „Nyukasl Yunayted“ jamoasiga oʻtgan. Newcastle United F. C. jamoasida ikki mavsum oʻtkazgan va 2019-yil yozida maʼlum qilinmagan toʻlov evaziga Alaves klubiga tarnsfer qilingan. 2022-yilgi mavsum, yozgi transfer oynasida „Espanyol“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va 2023/2024 yilgi mavsumda „Real“ klubiga ijaraga berilgan.

Hayotning boshlangʻich davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joselu Gʻarbiy Germaniyaning Stuttgart shahrida tugʻilgan va oilasi Ispaniyaning Galisiyaga qaytishidan oldin toʻrt yil davomida mamlakatda maktabda oʻqigan[5].

Klub faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Joselu 2009-yilda "Selta de Vigo" da jamoadoshlari bilan saf tortgan

Joselu 2008/2009-yilgi mavsum oxirida mahalliy Selta de Vigo jamoasi tarkibida ikkinchi divizionda oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazdi va mavsum davomida jami ikkita oʻyinda ishtirok etdi. 18 yoshidan boshlab, bir vaqtning oʻzida u asosiy jamoa tarkibda debyut qildi va uchinchi darajali B-jamoasi tarkibida ham oʻynagan.

2009-yil yozining oxirida Joselu „Real Madrid“ tomonidan sotib olindi va keyingi mavsum oldidan darhol sobiq jamoasiga ijaraga berilgan[6]. U ikkinchi divizion mavsumida nisbatan kam oʻyinlarda ishtirok etdi. Selta de Vigo jamoasi mavsum yakunida 12-oʻrinni egallagan va Joselu klub tarkibida toʻrtta gol urgan.

Joselu 2011-yilda "Real" da oʻynagan

Joselu 2010/2011-yilgi mavsumda Alvaro Morata bilan birga „Real Madrid Kastilya“ning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2011-yilning 21-mayida u oʻzining asosiy jamoa tarkibidagi ilk debyut oʻyinini La Ligada Almeriyaga qarshi oʻyinning soʻnggi oʻn daqiqasida, Karim Benzema oʻrniga maydongga tushgan. Maydongga tushanidan soʻnga hech qancha oʻtmay Cristiano Ronaldoning uzatmasidan soʻng mezbonlar darvozasiga gol urdi va jamoasi foydasiga 8:1 koʻrinishiga keltirgan[7].

2011-yil 20-dekabrda asosiy tarkibdagi ikkinchi rasmiy uchrashuvida Joselu Ispaniya Kubogi uchun „Ponferradina“ klubiga qarshi uy uchrashuvining 77-daqiqasida Benzemaning oʻrniga maydongga tushgan. Joselu maydonga tushganidan ikki daqiqadan soʻng gol urdi va oʻyinni 4:1 koʻrinishiga keltirdi. Oʻyin yakunida Real Madrid jamoasi yana bir gol urib 5:1 hisobida gʻalaba qozongan[8].

„Kastilya“ jamoasidagi ikkinchi mavsumida Joselu bosh murabbiy Alberto Toril uchun muhim hujumchi boʻldi va bunga javoban 26 ta gol (19 ta mavsum davomidagi oʻyinlarda va 7 tasi pley-off oʻyinlarida) urgan. Natijada musobaqaning eng yaxshi toʻpurariga aylangan. Keyinchalik u Yevropaning bir qancha klublarining eʼtiborini tortgan[9].

Joselu 2015-yilda „Real Madrid“ klubida oʻtkazgan vaqtidan afsuslanmasligini, asosiy jamoadagi imkoniyatlari cheklanganiga qaramay, asosiy jamoa oʻyinchilari va bosh murabbiyi José Mourinho bilan mashgʻulotlar olib borishi unga koʻp bilimlar berganini bildirib oʻtgan[10].

TSG Xoffenxaym

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilning 8 avgustida Joselu TSG 1899 Hoffenheim jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan[11]. Joselu Bundesligadagi debyutini 16-sentyabr kuni „Frayburg“ jamoasiga qarshi safarda 3:5 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda 30 daqiqa oʻtkazgan[12]. Oʻn kundan soʻng yangi klubi uchun birinchi golini urdi va „VfB Shtutgart“ da 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozonishiga hissa qoʻshdi[13] va 2012-yil 19-oktabrda SpVgg Greuther Furthga qarshi dublni qoʻshdi[14] U „1899 Hoffenheim“ safida 25-marta oʻynab, 16-oʻrinni egallab, beshta gol urgan[15].

Hoffenhiemdagi birinchi mavsumi oxirida Joselu yangi muhitga moslashishda qiynalganini va 2013-14-yilgi mavsumda Bundesligadagi raqib jamoa Eintracht Frankfurt klubiga ijara asosida oʻtishi maʼlum qilgan[15]. U „Commerzbank-Arena“da Frankfurt bosh murabbiyi Armin Veh qoʻl ostida oʻz formasini qayta kashf etdi va klub 33 oʻyinda 14 ta gol urdi. Shuningdek mavsum davomida jamoasi bilan birgalikda UEFA Yevropa Ligasi pley-off bosqichiga chiqgan[15].

2014-yilning 9-iyunida Joselu Hannover 96 jamoasi tarkibigaga 5 million yevro transfer narxi evaziga toʻrt yillik shartnoma asosida qoʻshilgan[16]. Oʻzining klub tarkibidagi yagona mavsumida u 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan[17].

2015-yilning 16-iyunida Joselu Angliyaning „Stoke City“ jamoasiga 5,75 million funt sterling evaziga qoʻshildi[18][19]. Shuningdek Joselu Angliya oliy divizionida oʻynash orzusi amalga oshirganini maʼlum qilgan[20]. U Premyer-ligadagi debyutini 15-avgust kuni mehmonda „Tottenxem“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi, 59-daqiqada Jonatan Uoltersning oʻrniga maydonga tushgan[21][22]. 28-dekabr kuni vatandoshi Bojan oʻrniga maydonga tushganidan soʻng, Joselu „Everton“ jamoasiga qarshi oʻyinda 4:3 hisobida gʻalaba qozongan „Kulollar“ safidagi ilk golini urgan[23]. U 2015/2016-yilda „Stok“ safida 27 marta oʻynadi va toʻrtta gol urdi. Mavsum yakuni jamoa toʻqqizinchi oʻrinni egallagan[24][25][26]. Mavsum yakunida „Stok“ murabbiyi Mark Hughes Joselu uchun ingliz futbolidagi hayoti sekin boshlaganini aytgan[27].

2016-yilning 31-avgustida Joselu Galisiyaga qaytib, Seltaning raqibi Deportivo de La Korunya klubiga mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan[28][29]. Joselu jamoadoshi Axilles jarohati tufayli mavsum davomida klubning asosiy hujumchisiga aylandi va Deportivo uchun 24 oʻyinda 6 ta gol urgan[30].

Nyukasl Yunayted

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 16-avgustda Joselu Premyer-liganing „Nyukasl Yunayted“ jamoasiga 5 million funt sterling evaziga uch yillik shartnoma asosida qoʻshilgan[31]. U toʻrt kundan soʻng „Xaddersfild Taun“ jamoasiga qarshi noʻyinda Duayt Geylning oʻrniga 52-daqiqada oʻyinda maydonga tushgan[32]. 26-avgustda „Vest Xem Yunayted“ ga qarshi oʻyinda (3:0) klub uchun birinchi golini kiritgan[33]. Boshqa hujumchilar singari, Joseluning sport formasi ham bir xil emas edi[34][35]. U mavsumni Gayl va Ayoze Peresdan keyin jamoadagi uchinchi eng yaxshi toʻpurar sifatida yakunlagan.

2018/2019-yilgi mavsumda Joselu, Ayoze Peres va yangi imzolangan Salomón Rondón va Yoshinori Mutodan keyin toʻrtinchi tanlovga aylangan edi. U butun mavsumda urgan ikkita gol urgan[36][37]. Uning klub uchun soʻnggi goli 2019-yil 15-yanvarda Angliya kubogining uchinchi bosqichida Blekbern Rovers ustidan qozonilgan gʻalabaga erishdi[38], ammo mart oyidan soʻng asosiy jamoa tarkibida umuman tarkibda koʻrinish bermadi.

2019-yilning 15-iyulida Joselu La Ligaga qaytib, „Alaves“ jamoasiga uch yillik shartnoma asosida qaytdi[39][40]. 18-avgustdagi debyutida u oʻz uyida „Levante“ darvozasiga yagona gol urgan boʻlsa,[41] 24-noyabrda esa Baskning boshqa bir jamoasi „Eybar“ klubi mehmoni boʻlganida soʻnggi olti daqiqada ikkala golni ham kiritgan[42]. 2020/2021-yillarda u „Real Madrid“ jamoasiga qarshi uy va safar oʻyinlarida gol urdi, shu jumladan, 28-noyabr kuni „Santyago Bernabeu“ stadionida 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, 2000-yilning may oyidan buyon oʻz klubining ushbu maydondagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi[43].

Joseluning 2022-yildagi shartnomasi tugaguniga qadar, Mendizorrotsa stadionida oʻtkazgan soʻnggi mavsumida u 37 oʻyinda 14 ta gol urgan holda liganing eng koʻp goʻl urgan yettinchi futbolchisi boʻlgan[44].

2022-yil 27-iyun kuni Joselu erkin agent sifatida „Espanyol“ bilan uch yillik shartnoma imzoladi[45]. U klubdagi debyutini 13-avgust kuni sobiq klubi „Selta“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va u yerda penaltidan gol urdi, oʻyin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan[46]. Kataloniyaliklar safida 34 oʻyinda 16 ta gol urib, La Liganing eng koʻp toʻpurari boʻlgan „Barselona“ jamoasidan Robert Levandovski va „Real“ klubi futbolchisi Karim Benzemadan keyin uchinchi oʻrinni egalladi[47].

Real Madridga ijara asosida qaytish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yilning 19-iyunida „Real Madrid“ Joseluni 2024-yilning 30-iyuniga qadar ijara shartnomasi asosida, mavsum oxirida sotib olish huquqi bilan oʻz tarkibiga qoʻshib olganini eʼlon qilgan[48][49]. 2023-yilning 12-avgustida u ligada „Atletik Bilbao“ jamoasiga qarshi oʻyinda (2:0) 80-daqiqad ilk bor maydonga tushdi[50]. 2023-yil 2-sentyabrda Joselu mavsumdagi ilk golini „Xetafe“ klubiga qarshi oʻyinda (2:1) kiritdi[51].

2023-yil 20-sentabrda Xoselu UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk bor guruh bosqichida „Union Berlin“ ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[52]. 29-noyabr kuni u Chempionlar ligasidagi ilk golini urdi va „Napoli“ jamoasiga qarshi oʻyinda 4:2 hisobida gʻalaba qozondi[53]. 1- dekabr kuni u safarda „Union Berlin“ga qarshi oʻyinda (3:2) dubl qayd etdi va „Real Madrid“ oltita oʻyindan oltita gʻalaba bilan „C“ guruhida birinchi oʻrinni egalladi[54]. 14-yanvar kuni Joselu oʻzining klublar miqiyosidagi faoliyatidagi ilk sovrinini qoʻlga kiritdi. 2023/24-yilgi Ispaniya Superkubogi qatnashib, Madridning „Atletiko Madrid“ jamoasiga qarshi yarim finalda gʻalaba golini urdi va finalda „Barselona“ klubiga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi va yakunda gaʼlaba qozonib klublar miqiyosidagi dastlabki sovrinini qoʻlga kiritgan[55][56].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joselu Ispaniya yoshlar terma jamoalarini 19 yoshgacha, 20 yoshgacha va 21 yoshgacha himoya qilgan, biroq u qariyb 33 yoshga toʻlguniga qadar hech qachon kattalar jamoasi tarkibiga chaqirilmagan. U 2016-yilda Galisiya terma jamoasi safida ham maydonga tushgan[57].

2023-yil 17-mart kuni Joselu Ispaniya terma jamoasiga Yevro-2024 saralash bosqichi doirasidagi Norvegiya va Shotlandiyaga qarshi oʻyinlar uchun ilk bor chaqiruv oldi[58]. U 25-mart kuni Norvegiyaga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib, 2006-yildan buyon Ispaniya termasining eng keksa debyutantiga aylandi[59] va ikki daqiqa ichida ikkita gol urib, Ispaniyaga 3:0 hisobida gʻalaba qozonishga yordam bergan[60]. 2023-yilning 15-iyunida u Millatlar ligasi yarim finalida Italiya ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, 88-daqiqada, maydonga tushganidan toʻrt daqiqa oʻtib, Ispaniyaga gʻalaba keltirgan golni urdi[61].

Oʻyin uslubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joselu hujumchi sifatida oʻynaydi va uning sobiq murabbiyi Mark Hughes tomonidan „texnik jihatdan mohir hujumchi“ deb taʼriflangan. U yaxshi texnik oʻyinchi, u yaxshi qobiliyatga ega va menga uning harakati yoqadi. Uning bir-biriga bogʻlangan oʻyini juda yaxshi. Mashgʻulotlarda birgalikda erishgan natijalarimiz uchun men juda xursand boʻldim. U texnik jihatdan juda mohir, tavakkal qilish uchun tanasidan toʻgʻri holatda foydalana olgan"[62].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
match played 10 February 2024[63][64]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok[lower-alpha 1] League cup[lower-alpha 2] Continental Other Jami
Divizion Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
Celta Vigo B 2008-09 Segunda División B 21 3 21 3
Celta Vigo 2008-09 Segunda División 2 0 0 0 2 0
Celta Vigo (loan) 2009-10 Segunda División 24 4 4 0 28 4
Jami 26 4 4 0 30 4
Real Madrid B 2010-11 Segunda División B 34 14 2 0 36 14
2011-12 Segunda División B 33 19 4[lower-alpha 3] 7 37 26
Jami 67 33 6 7 73 40
Real Madrid 2010-11 La Liga 1 1 0 0 0 0 1 1
2011-12 La Liga 0 0 1 1 0 0 1 1
Jami 1 1 1 1 0 0 2 2
TSG Hoffenheim 2012-13[65] Bundesliga 25 5 0 0 25 5
Eintracht Frankfurt (ijara) 2013-14[66] Bundesliga 24 9 2 4 7 1 33 14
Hannover 96 2014-15[17] Bundesliga 30 8 2 2 0 0 32 10
Stoke City 2015-16[67] Premier League 22 4 2 0 3 0 27 4
Deportivo La Coruña (ijara) 2016-17[68] La Liga 20 5 4 1 24 6
Newcastle United 2017-18[69] Premier League 30 4 1 0 1 0 32 4
2018-19[70] Premier League 16 2 3 1 1 0 20 3
Jami 46 6 4 1 2 0 52 7
Alavés 2019-20[71] La Liga 36 11 1 0 37 11
2020-21[72] La Liga 37 11 1 0 38 11
2021-22[72] La Liga 37 14 1 0 38 14
Jami 110 36 3 0 113 36
Espanyol 2022-23[73] La Liga 34 16 4 1 38 17
Real Madrid (ijara) 2023-24[74] La Liga 24 7 2 2 5 3 2 1 33 13
Umumiy faoliyat 450 137 28 12 5 0 12 4 8 8 503 161
  1. Includes Copa del Rey, DFB-Pokal, FA Cup
  2. Includes EFL Cup
  3. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Pro
match played 16 November 2023[75]
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Isht Gol
Ispaniya
2023 9 5
Jami 9 5
match played 16 November 2023
Scores and results list Spainʼs goal tally first.[75]
Xoselu tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Sana Joy Oʻyin Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2023-yil 25-mart La Rosaleda, Malaga, Ispaniya 1  Norvegiya 2-0 3-0 UEFA Evro-2024 saralashi
2 3-0
3 2023-yil 15-iyun De Grolsch Veste, Enschede, Niderlandiya 3  Italiya 2-1 2-1 2023 UEFA Millatlar ligasi finali
4 2023-yil 12-sentyabr Nuevo Estadio de Los Carmenes, Granada, Ispaniya 6  Kipr Respublikasi 3-0 6-0 UEFA Evro-2024 saralashi
5 2023-yil 16-noyabr Alphamega stadioni, Limassol, Kipr 9  Kipr Respublikasi 3-0 3-1 UEFA Evro-2024 saralashi

Real Madrid

Ispaniya

  • UEFA Millatlar ligasi : 2022-23[77]
  1. „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2018-yil 2-fevral). Qaraldi: 2018-yil 15-fevral.
  2. UEFA.com „Joselu – Spain – European Qualifiers“. UEFA. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  3. „Joselu Mato“. Real Madrid CF. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
  4. „Joselu - Soccerway“. Soccerway. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
  5. „Joselu: "Somos el mejor equipo de la segunda vuelta"“ (es). Real Madrid C.F. (2011-yil 1-fevral). 2012-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr.
  6. „El Real Madrid ficha y cede a Joselu al Celta de Vigo“ (es). El País (2009-yil 31-avgust). Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr.
  7. „Ronaldo breaks record in rout“. ESPN Soccernet (2011-yil 21-may). 2011-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr.
  8. „El Madrid ficha hacia octavos“ (es). Marca (2011-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr.
  9. „El West Ham viene a por Joselu, joya del Castilla“ (es). Diario AS (2012-yil 17-iyun). Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr.
  10. Spinks, Martin. „Stoke City: Joselu has no regrets over Real Madrid failure“. Stoke Sentinel (2015-yil 20-iyun). 2015-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-dekabr.
  11. „Joselu joins TSG 1899 Hoffenheim“. TSG 1899 Hoffenheim (2012-yil 8-avgust). 2012-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr.
  12. „SC Freiburg 5–3 TSG Hoffenheim“. ESPN Soccernet (2012-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 20-may.
  13. „VfB Stuttgart 0–3 TSG Hoffenheim“. ESPN Soccernet (2012-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 20-may.
  14. „Hoffenheim VS. Greuther Fürth 3 – 3“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 20-iyun.
  15. 15,0 15,1 15,2 „Joselu signs for Hannover 96“.
  16. „Hannover 96 verpflichtet Joselu“ (de). Hannover 96 (2014-yil 9-iyun). 2014-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-iyun.
  17. 17,0 17,1 „Games played by Joselu in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 19-iyun. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "2014/2015" defined multiple times with different content
  18. „Potters Land Joselu“. Stoke City. Qaraldi: 2015-yil 16-iyun.
  19. „Mark Hughes delighted at £5.75m Joselu signing“. Stoke Sentinel. 2015-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-iyun.
  20. „Joselu – 'This Is A Dream'“. Stoke City. Qaraldi: 2015-yil 11-iyul.
  21. Abraham, Timothy. „Tottenham 2–2 Stoke“. BBC Sport (2015-yil 15-avgust). Qaraldi: 2015-yil 15-avgust.
  22. „Tottenham 2, Stoke City 2: Jinking Joselu delighted with good first impression“. Stoke Sentinel. 2015-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-avgust.
  23. Reddy, Luke. „Everton 3–4 Stoke“. BBC Sport (2015-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 28-dekabr.
  24. „Stoke 3–1 Norwich“. BBC Sport. Qaraldi: 2016-yil 25-may.
  25. „Bournemouth 1–3 Stoke“. BBC Sport. Qaraldi: 2016-yil 25-may.
  26. „Watford 1–2 Stoke“. BBC Sport. Qaraldi: 2016-yil 25-may.
  27. „Slow burner Joselu back in manager's good books“. Stoke Sentinel. Qaraldi: 2016-yil 25-may.[sayt ishlamaydi]
  28. „Joselu Joins Deportivo“. Stoke City F.C. (2016-yil 31-avgust). Qaraldi: 2016-yil 31-avgust.
  29. „Sergio Ramos does it again as Real Madrid grab late win over Deportivo“. The Guardian. Associated Press (2016-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 23-dekabr.
  30. „Pepe Mel's problems mount with Joselu out for the season“. AS (2017-yil 28-aprel). Qaraldi: 2017-yil 22-may.[sayt ishlamaydi]
  31. „Joselu: Newcastle United sign Stoke's Spanish striker“. BBC Sport. Qaraldi: 2017-yil 16-avgust.
  32. Chowdhury, Saj. „Huddersfield Town 1–0 Newcastle United“. BBC Sport (2017-yil 20-avgust). Qaraldi: 2017-yil 18-dekabr.
  33. „Newcastle United 3–0 West Ham United“. BBC Sport. Qaraldi: 2017-yil 26-avgust.
  34. Emons. „Newcastle United 1–1 Swansea City“. BBC Sport (2018-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  35. Johnston. „Newcastle United 1–1 Burnley“. BBC Sport (2018-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  36. Sutcliffe. „Newcastle United 1–2 Tottenham Hotspur“. BBC Sport (2018-yil 11-avgust). Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  37. Chapman. „Newcastle United 1–2 Chelsea“. BBC Sport (2018-yil 26-avgust). Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  38. „Blackburn Rovers 2–4 Newcastle United (AET)“. BBC Sport (2019-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  39. „Joselu reforzará la delantera del Deportivo Alavés“ (es). Deportivo Alavés (2019-yil 15-iyul). Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  40. Ryder. „Newcastle United complete deal to sell Joselu to La Liga club – here's how much Magpies will earn from sale“. Newcastle Chronicle (2019-yil 15-iyul). Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  41. Lara, Lorenzo. „Joselu y Pacheco dan la primera victoria al Alavés“ (es). Marca (2019-yil 18-avgust). Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
  42. García de Pedro, Javier. „Joselu resuelve en cinco minutos“ (es). Marca (2019-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
  43. Skilbeck, John. „Real Madrid 1–2 Deportivo Alaves: Hazard blow as ramshackle champions come unstuck“. Goal (website) (2020-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
  44. „Joselu se despide del Alavés“ (es). Mundo Deportivo (2022-yil 23-may). Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
  45. „Joselu joins RCD Espanyol“. RCD Espanyol (2022-yil 27-iyun). Qaraldi: 2022-yil 12-iyul.
  46. Peinado, Alejandro. „El VAR y Joselu silencian Balaídos“ (es). Marca (2022-yil 13-avgust). Qaraldi: 2023-yil 14-iyun.
  47. Vázquez, Nino. „Barcelona striker Lewandowski wins Pichichi in first season in LaLiga“. Sport (2023-yil 4-iyun). Qaraldi: 2023-yil 14-iyun.
  48. „Official Announcement: Joselu“. Real Madrid CF. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
  49. „Joselu is a new Real Madrid player“. Real Madrid CF. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
  50. „Athletic Bilbao 0–2 Real Madrid: Jude Bellingham scores on his debut as Real win“. BBC (2023-yil 12-avgust). Qaraldi: 2023-yil 12-avgust.
  51. „Joselu: "The stadium is impressive and helped spur us on to victory"“. Real Madrid CF. Qaraldi: 2023-yil 13-sentyabr.
  52. „Real Madrid–Union Berlin: UEFA Champions League 2023/24 Group stage“ (en). UEFA (2023-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  53. „Real Madrid secure top spot after recovering to beat Napoli 4-2“. Reuters (2023-yil 29-noyabr).
  54. „Real Madrid secure victory over Union Berlin through Joselu and Dani Ceballos following late drama“. Marca (2023-yil 12-dekabr).
  55. „Real Madrid 5–3 Atlético Madrid: Real win Spanish Super Cup semi-final thriller“. BBC Sport. BBC (2023-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 15-yanvar.
  56. „Spanish Super Cup champions!“. Real Madrid CF (2023-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 15-yanvar.
  57. Bennett, George. „Joselu aiming to write his name into Spain history books after first call-up“. ChronicleLive (2023-yil 25-mart).
  58. „OFICIAL | Lista de convocados para los encuentros clasificatorios frente a Noruega y Escocia“ (es). Real Federación Española de Fútbol (2023-yil 17-mart). Qaraldi: 2023-yil 19-mart.
  59. „Joselu basks in unforgettable Spain debut: 'I still don't believe it!'“. Yahoo! Sports (2023-yil 25-mart).
  60. „Spain 3–0 Norway“. BBC Sport (2023-yil 25-mart).
  61. Lowe. „Joselu hits late winner to send Spain past Italy and into Nations League final“. The Guardian (2023-yil 15-iyun).
  62. „Mark Hughes already impressed by Joselu's goal instinct“. Stoke Sentinel. 2015-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-iyul.
  63. Joselu Soccerway saytida. Qaralgan sana: 14 January 2024.
  64. „Joselu“. BD Futbol. Qaraldi: 2024-yil 14-yanvar.
  65. „Games played by Joselu in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 19-iyun.
  66. „Games played by Joselu in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 19-iyun.
  67. „Games played by Joselu in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 19-iyun.
  68. „Games played by Joselu in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2017-yil 7-sentyabr.
  69. „Games played by Joselu in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2018-yil 14-may.
  70. „Games played by Joselu in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2018-yil 27-noyabr.
  71. „Games played by Joselu in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 25-noyabr.
  72. 72,0 72,1 „Games played by Joselu in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 27-noyabr.
  73. „Games played by Joselu in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
  74. „Games played by Joselu in 2023/2024“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
  75. 75,0 75,1 „Joselu“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2024-yil 14-yanvar.
  76. „El Real Madrid recupera su corona en la Supercopa (4-1)“ (es). Real Federación Española de Fútbol (2024-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 15-yanvar.
  77. Smith, Emma. „Spain win Nations League final on penalties“. BBC Sport (2023-yil 18-iyun). Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.